Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Muharrir:
B.R.Adizov, 
BuxDU professori, p.f.d. 
Taqrizchilar:
G.Sh.Karimova, 
Buxoro viloyat maktabgacha taʻlim
boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 
 
M.M.Axmetjonov, 
BuxMTI professori, p.f.n. 
Oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta 
maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli 
buyrugʻiga asosan nashr etishga ruxsat berilga. Roʻyxatga 
olish raqami 166/2-001. 
ISBN 978-9943-8630-9-5 



KIRISH 
 
Taʻlim tizimini tashkil etishning samarali mexanizmlarini joriy 
etish oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʻnaviy-axloqiy va intellektual 
rivojlantirishini sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarishning eng muhim 
sharti hisoblanadi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonida taʻlimning 
innovatsion shakllari va usullarini qoʻllashga koʻmaklashadi. 
Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar 
taʻlimning shakli, mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlarini 
qayta koʻrib chiqish va bu jarayonga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni 
taqozo etmoqda.
Xususan, 
shu 
kunlarda 
maktabgacha 
taʻlim 
tizimini 
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ushbu 
tizimining ham mazmuni va shakllarini takomillashtirish zaruratini 
keltirib chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil
29-dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha taʻlim tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2707-sonli, 
2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʻlim tizimi boshqaruvini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5198-sonli 
Farmoni, 2017-yil 9-sentabrdagi «Maktabgacha taʻlim tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3261-sonli Qarori, 
shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda 
qabul qilingan OʻRQ-595-sonli “Maktabgacha taʻlim va tarbiya 
toʻgʻrisida”gi Qonuni, 2020-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 802-sonli “Maktabgacha taʻlim va 
tarbiyaning Davlat standartlari”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori kabi 
hujjatlarning qabul qilinishi ushbu tizimning mamlakatimiz taʻlim 
tizimi uchun nechogʻlik muhimligini koʻrsatmoqda. Bu meʻyoriy-
huquqiy hujjatlar zamirida maktabgacha taʻlim tizimini zamonaviy 
talablar darajasiga olib chiqish orqali kelajagimiz davomchilarining 
toʻlaqonli rivojlanishi uchun shart-sharoirlar yaratishdan iborat. 2020-
yil 24-sentyabrda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining 
“Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonununing 8-moddasi aynan “Maktabgacha 
taʻlim va tarbiya”ga bagʻishlangan boʻlib, unda Maktabgacha taʻlim 
va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, 
maʻnaviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, 
shuningdek, bolalarni umumiy oʻrta taʻlimga tayyorlashga qaratilgan 



taʻlim turi ekanligi, maktabgacha taʻlim va tarbiyaning olti yoshdan 
yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʻlimga bir yillik 
majburiy tayyorlashni ham nazarda tutishi, maktabgacha taʻlim va 
tarbiyani 
tashkil 
etish 
tartibi 
ushbu 
Qonun, 
shuningdek, 
«Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston 
Respublikasi Qonuni bilan belgilanishi haqida batafsil maʻlumotlar 
berilgan. 
Uzluksiz 
taʻlim 
tizimida 
innovatsion 
texnologiyalarning 
rivojlanib borishi, taʻlimning yangi metodlaridan keng foydalanish, 
moddiy-texnika 
bazasini 
modernizatsiya 
qilish, 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan taʻlim jarayonida 
samarali foydalanish, masofaviy taʻlimni joriy etish, taʻlim 
tashkilotlarining mintaqaviy va xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi, 
taʻlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning hamda taʻlim sifatini 
boshqarishga xalqaro standartlar talablarini joriy etish tizimni 
rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari hisoblanadi. 
Hozirgi kunda jahon taʻlim tizimida kreativ fikrlashni 
kuchaytirish va yangi texnik fikrlashni izlashning nazariy asoslari va 
uslubiy vositalarining rivojlanishi yoʻnalishi paydo boʻldi. Bu shuni 
koʻrsatadiki, ijodkorlikning ilmiy asoslarini rivojlantirish, kreativ 
jarayonni kuchaytirish usullarini ishlab chiqish, innovatsion taʻlim 
metodlarini oʻrgatish, ilmiy, loyihalash va konstruktorlik va 
texnologik tashkilotlarda, korxonalar va universitetlarda ijod uchun 
qulay sharoitlar yaratish dolzarb ehtiyojga aylandi. 
Zamonaviy taʻlim mutaxassisning kelajakdagi kasbiy faoliyatida 
muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini yaratishi uzoq vaqtdan maʻlum. 
Taʻlim jarayonida zarur bilim va koʻnikmalar, kasbiy munosabat, 
faoliyatning ayrim turlariga va uning tuzilishiga tayyorlik toʻplami 
shakllanadi. Taʻlim maʻlum qobiliyatlarning rivojlanish darajasini 
belgilaydi va hatto mutaxassisning individualligi yoki shaxsiy 
xususiyatlarini toʻgʻrilaydi va shakllantiradi. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“Maktabgacha taʻlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari toʻgrisida” 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori 
hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Ilk qadam” davlat oʻquv 
dasturi ijrosini taʻminlash, maktabgacha taʻlim tashkilotlarida 
yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning taʻlim-
tarbiya jarayonidagi masʻuliyatini oshirish, tarbiyachi faoliyatining 



muvaffaqiyati avvalo taʻlimiy prinsip (qonuniyat)larni qanchalik 
toʻgʻri amalga oshirishiga bogʻliq. Taʻlim qonuniyatlari bu - oʻqitish 
jarayoniga qoʻyiladigan talablar yigʻindisidir.
Taʻlim prinsip (tamoyil)lari deb, taʻlimning barcha bosqichlari 
va hamma predmetlarini oʻqitish uchun asos boʻladigan qonuniyatlar, 
qoidalarga aytiladi. Taʻlim qonuniyatlari tarbiyalanuvchi va tarbiyachi 
orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi.
Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevral 
kuni 
eʻlon 
qilingan 
farmoni 
asosida 
2017—2021-yillarda 
Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha 
Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Bu strategiya loyihasi oʻta dolzarb 
boʻlib, aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni 
kompleks oʻrganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti 
va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari boʻyicha ishlab chiqildi. 
Hujjat internetda eʻlon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng 
muhokamasidan oʻtdi. Ijtimoiy sohalarning rivojlantirishida milliy 
mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va 
umumbashariy qadriyatlarining ustuvorligi asosida taʻlimning barcha 
darajalari va boʻgʻinlarida taʻlim oluvchilarning maʻnaviy va axloqiy 
fazilatlarini rivojlantirishga hamda taʻlimni boshqarish tizimini 
takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, taʻlim 
tashkilotlarini mintaqalashtirishga eʻtabor qaratilgan. 
Maʻlumki, qonuniyat - bu barqaror, zaruriy u yoki bu hodisalar 
va jarayonlar oʻrtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa hisoblanadi. 
Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar oʻquv jarayonining xarakteri, uning 
vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalarini qonuniy 
ravishda aniqlab beradi. Agar oʻqitish jamiyat talablarini eʻtiborga 
olmasa, u holda uni, albatta, qayta koʻrish, takomillashtirish kerak. 
Demak, taʻlim berish, tarbiyalash va tarbiyalanuvchilarning umumiy 
rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ifodalangan 
qonuniy taʻlimiy aloqalarni va oʻqitish qoidalarini ilmiy asoslangan 
oʻzaro bogʻlanishda qoʻllash koʻnikma va malakalarni chuqur, puxta, 
ongli va taʻsirli oʻzlashtirilishini taʻminlaydi. Oʻqitishni aynan 
shunday natijaga qaratish uning onglilik, puxtalik, taʻsirchanlik 
qoidalarini xarakterlaydi.
Taʻlimning mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bogʻlangan 
boʻlganligi 
uchun 
ham, 
vazifalarda 
mamlakatning 
iqtisodiy 
rivojlanishini 
jadallashtirish 
muammolari, 
ishlab 
chiqarishni 



mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish kabilar 
asosida intensivlash oʻz aksini topishi kerak.
Har bir tarbiyachi shuni anglab yetishi muhimki, oʻquv 
jarayonini samarali boʻlishi - bu, ishda oʻzini oqlagan pedagogik 
qonuniyatlar, qoidalar, taʻlimiy qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi 
yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan 
butunlay va oʻzaro aloqada foydalanish demakdir.
Oʻqitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun 
qonuniyatlar birligini va taʻlimiy qoidalarini eʻtiborga olish zarur.
Oʻqitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan 
muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, bu oʻqitish qoidalari deb 
ataladi. Oʻqitish qoidalarini bilish oʻqitishning zarur usullarini yanada 
ishonchliroq tanlashga imkon beradi.
Maktabgacha taʻlim qoidalari - tarbiyachining faoliyatini va 
tarbiyalanuvchilar tomonidan ilmiy bilmlarning oʻzlashtirilishi, 
tegishli koʻnikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yoʻl – 
yoʻriqlarini oʻz ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda taʻlim qoidalari har 
ikkala faoliyatni, yaʻni tarbiyachi va tarbiyalanuvchi tomonidan oʻz 
oldiga 
qoʻyilgan 
vazifalarni 
muvaffaqiyatli 
amalga 
oshirish 
imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib 
beradi.
Maktabgacha 
taʻlim 
tarbiyachining 
faoliyati 
va 
tarbiyalanuvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni oʻzlashtirilishi, tegishli 
koʻnikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonuni va yoʻl-
yoʻriqlarni oʻz ichiga oladi. 
Har bir inson jamiyatda oʻz oʻrnini bilishi, oʻzini jamiyatning 
ajralmas qismi deb his qilishi lozim, zero, bugungi kunning talabi ana 
shundan iborat. Maktabgacha taʻlim esa mazkur jarayonlarda 
bolalikdan ezgulik haqidagi tuygʻularni, tabiat va insoniyatga boʻlgan 
munosabatni, jamiyat hayotiga masʻuliyatni, insoniyatga boʻlgan 
qarashlarni goʻzallik va ulugʻvorlik asosida yaratish imkoniyatini 
rivojlantirish bilan mazmunlidir. 




Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin