12
•
maktabgacha taʻlim va tarbiya;
•
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʻlim;
•
professional taʻlim;
•
oliy taʻlim;
•
oliy taʻlimdan keyingi taʻlim;
•
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
•
maktabdan tashqari taʻlim
kabi turlari keltirilgan.
“Taʻlim
toʻgʻrisida”gi
Qonunning
15-moddasida
esa
mamlakatimizda taʻlim olishning quyidagi:
o
ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʻlim olish (kunduzgi);
o
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʻlim olish (sirtqi, kechki,
masofaviy);
o
dual taʻlim;
o
oilada taʻlim olish va mustaqil taʻlim olish;
o
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga taʻlim berish;
o
inklyuziv taʻlim;
o
eksternat tartibidagi taʻlim;
o
mudofaa, xavfsizlik va huquqni
muhofaza qilish faoliyati
sohasida kadrlar tayyorlash kabi shakllari koʻrsatilgan.
Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, kishilarning imkoniyati va
ehtiyojlariga
muvofiq
taʼlim
tobora
takomillashtirilib,
diversifikatsiyalashib bormoqda.
Texnologiya
(yunoncha
techne
—sanʼat,
mohirlik, uquv) —
sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda
mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari
tartibga
solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va
takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan.
Yoki ilmiy-amaliyot
asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullaridir.
Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi mavjud: kon ishlari
texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi,
qurilish texnologiyasi,
taʻlim texnologiyasi va boshqalar.
Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya
etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan
boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot shunchalik sifatli boʻladi.
Texnologiyaning
fan
sifatidagi
roli
va
vazifasi
mahsulot
tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan
13
iborat. Fan va texnika rivojlanib
borgan sari texnologiya ham
yangilanadi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun
texnologik hujjatlarni oʻrganish, yangi texnologik jarayonlar,
standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan
foydalanishning yagona
tartibi boʻlishi lozim. Shunday ekan, taʻlim texnologiyasi ham kundan
kunga zamonaviylashib, oʻzgarib, innovatsion tarzda takomillashib
borishi zarur.
Dostları ilə paylaş: