Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


“innovatsiya”, “taʻlim”, “texnologiya



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

“innovatsiya”, “taʻlim”, “texnologiya
” tushunchalarining har biriga 
alohida toʻxtalib oʻtish zarur.
“Innovatsiya”
(ing. innovation — kiritilgan yangilik, ixtiro)
 
soʻzi - ishlab chiqarish sohasida paydo boʻlgan. Dastavval bu 
tushuncha texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni 
taʼminlash uchun sarflangan iqtisodiy mablagʻlar, ilmiy-texnika 
2
Подласий И.П. Педагогика: дарслик. Москва. Высшее образование. 2007. Б -326 
3
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan 
foydalanish mexanizmlari. R.G.Safarova va boshq. Toshkent. “Tafakkur qanoti”, 2017, b-3 


10 
yutuqlari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, 
boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, 
shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi 
kabi tushunchalar bilan izohlangan.
Innovatsiya
yangi ilmiy bilimlarni, qandaydir kashfiyotlarni, 
ixtirolarni olishga qaratilgan tadqiqot faoliyatidan foydalanish orqali 
rivojlanadi. Bundan tashqari, innovatsiyalarning paydo boʻlishi 
loyihalash ishlarining natijasi boʻlishi ham mumkin. Bunda mavjud 
ilmiy nazariyalar va tushunchalar asosida amaliy harakatlarni amalga 
oshirish imkoniyatini aks ettiruvchi instrumental va texnologik 
bilimlar rivojlanadi. Shunday qilib, innovatsion loyihalar yaratiladi, bu 
esa keyinchalik yangi texnologiyalarning paydo boʻlishiga olib keladi. 
“Taʼlim” tushunchasi (arabcha “ilm olmoq” – 
oʻqish, 
oʻrganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar 
majmui) bilim berish, 
malaka va koʻnikmalar hosil qilish 
jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. 
Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. 
Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat 
turli xildagi oʻquv tashkilotlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab 
chiqarish va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham 
anglatadi. Chunki taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning 
moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy 
munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning 
kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab 
kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida taʼlimning 
mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib yanada takomillashib 
borgan. 
Taʼlim - mashgʻulot berish jarayonini, yaʼni pedagog 
(oʻqituvchi) faoliyatini, umuman, bolaning bilish, oʻrganish 
faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni bola 
faoliyatini bildiradi.
Taʼlim jarayoni
- taʼlim beruvchi — pedagog va taʼlim 
oluvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya 
jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim 
avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning 
ijtimoiy, tarixiy tajribalari yosh avlodga taʼlim orqali oʻtadi. 
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar 
taʼlimni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan 


11 
hodisa sifatida baholasalar, baʼzilari taʼlimning sinfiy xarakterga ega 
ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, 
axloqiy, 
huquqiy 
qarashlarni 
shakllantirish 
maqsadi 
sari 
qaratilganligini taʼkidlaydi. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin