Innovatsion taʻlim texnologiyalari tushunchasi, uning taʻriflari, metodikadan farqi Innovatsion taʻlim texnologiyasi - bu oʻquv jarayonining
samaradorligini oshirish va taʻlim faoliyati uchun eng yaxshi shart-
sharoitlarni yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni yangilash
yoki sifat jihatidan yaxshilashni oʻz ichiga olgan oʻquv va taʻlim
faoliyatini tashkil etish metodologiyasidir.
Taʻlimdagi innovatsiyalar esa oʻqitish va oʻrgatish sohasidagi
innovatsiyalarning paydo boʻlishiga qaratilgan kompleks tadbirlarni
oʻz ichiga oladi. Bu innovatsiyalar taʻlim jarayonini tashkil etishning
usul va uslublari, taʻlim va tarbiya jarayonida foydalaniladigan
resurslar,
ilmiy
nazariyalar
va
tushunchalarni
ifoda
etadi.
Innovatsiyalar taʻlim faoliyati jarayonida ham rivojlanadi. Oʻquv
jarayonida bilim oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlari
rivojlanadi, keyinchalik ular amaliy hayotning innovatsiyalar yaratish
bilan bogʻliq turli sohalarida qoʻllanilishi mumkin.
Pedagogik innovatsiyada
"yangi" tushunchasi markaziy oʼrinni
egallaydi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va
subyektiv
yangilikka
qiziqish
uygʼotadi. Xususiy
yangilik,
V.А.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan
tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni koʼzda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi maʼlum
unsurlarning yigʼindisi shartli yangilik hisoblanadi.
Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va
boshqalar. V.I.Zagvyazinskiy “yangi” tushunchasiga taʼrif berib,
pedagogikadagi “yangi” bu faqatgina gʼoya emas, balki hali
foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu
pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan
unsurlari boʼlib, oʼzgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda taʼlim va
tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilgʼor boshlanmalarini
oʼzida aks ettiradi. R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka oʼqitish va
14
tarbiya berishda avval maʼlum boʼlmagan va avval qayd qilinmagan
holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi
pedagogik voqelikning oʼzgarib turishi mumkin boʼlgan mazmuni
sifatida qaraydi.