Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari
nutq oʻstirish, 
tevarak – atrof bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat bilan shugʻullanish, 
badiiy adabiyot mashgʻulotlarida nutq, muloqot, kommunikatsiya, 
oʻqish va yozish malakalari rivojlantiriladi. 
Bilish jarayonining rivojlanishi - 
maktabgacha taʻlimda barcha 
faoliyat davomida amalga oshiriladi. Bunda bolaning intellektual 
imkoniyatlari 
rivojlantiriladi. 
Mashgʻulotlar, 
mashgʻulotlardan 
tashqari tadbirlar, sayohatlar davomida bolalarning bilishga boʻlgan 
ehtiyojlari 
qondirib 
boriladi. 
Bu 
ishlar 
asosan, 
matematik 
tasavvurlarni rivojlantirish, atrofdagi olamni ongli ravishda idrok 
qilish va olingan bilim, koʻnikma va qadriyatlardan oʻquv va amaliy 
vazifalarni hal qilish uchun foydalanish malakalari rivojlantiriladi. 
Ijodiy rivojlanish
- bolalarda dunyoni badiiy his qilish va unga 
estetik munosabatda boʻlish hislari shakllantiradi. Bu ishlar musiqiy 
hamda maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, 
tasviriy faoliyat, musiqa va applikatsiya mashgʻulotlarida bolalar 
ijodiy jihatdan rivojlantiriladi. Bu rivojlanish natijasida bolada hayotiy 
vaziyatlarni oqilona hal etish malakalari ham shakllanadi.
Maktabgacha taʻlimga qoʻyiladigan bunday zamonaviy talablar 
tarbiyachilarni ushbu taʻlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltiradi. Bu 
esa 
oʻz 
navbatida 
maktabgacha 
yoshdagi 
bolalar 
uchun 
rivojlantiruvchi, kognitiv, oʻyinli taʻlim, izlanuvchanlik va oʻzaro 
taʻsir elementlarini sintez qiladigan yangi texnologiyalardan 
foydalanish muhitining zarurligini taqozo etadi.
Bolani shunday muhit va shunday munosabatlar tizimi bilan 
oʻrab olish kerakki, bu bolaning eng xilma-xil mustaqil faoliyatini 
ragʻbatlantirsin va unda kerakli vaqtda eng samarali shakllantira 
oladigan 
koʻnikmalarni, 
shu 
jumladan 
asosiy 
qobiliyatlarni 
shakllantirsin. Tabiiyki, bunday muhitni yaratish uchun maktabgacha 
taʻlim tashkilotining oʻquv va taʻlim jarayoniga interfaol xarakterga 
ega boʻlgan, bolaning mustaqil faoliyatini taʻminlaydigan oʻyinli 
texnologiyalarini joriy etish kerak.
Darhaqiqat, zamonaviy taʻlim texnologiyalari, bolalarning 
intellektual rivojlanishiga tayanadi. Oʻyin orqali oʻrganish ushbu 
kontseptsiyaga toʻliq mos keladi. Interfaol texnika harakat orqali 
oʻrganishga asoslangan: inson oʻz qoʻllari bilan qilgan ishni yaxshiroq 
eslab qoladi va oʻzlashtiradi. Maktabgacha yoshdagi bolaning 
shaxsiyatini rivojlantirishning asosiy sharti ham shu hisoblanadi. 


24 
Shuning uchun tarbiyachining vazifasi - bu faoliyatni maxsus tashkil 
etish, uning ichida hamkorlik muhitini, oʻzaro ishonchni - bolalar bir-
biri bilan, bolalar va kattalar bilan oʻzaro harakatda boʻlish muhitini 
yaratishdan iborat. Ushbu muammoni hal qilish uchun tarbiyachi 
interfaol texnologiyalardan foydalanishi zarur. 
Zamonaviy bolalar bogʻchasida interfaol texnologiyalar va 
oʻqitish usullaridan foydalanish maktabgacha tarbiyachining kasbiy 
malakasini koʻrsatadi. Interaktiv treninglarni tashkil etish turli 
shakllarda amalga oshirilishi mumkin: 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin