Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Nazorat uchun savollar: 
1.
 
Interaktiv treninglarni tashkil etish qanday shakllarda amalga 
oshiriladi?
 
2.
 
Interfaol texnika qanday tarzda oʻrganishga asoslangan?
 
3.
 
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
“Taʻlim 
toʻgʻrisida”gi 
Qonununing qaysi moddasi aynan “Maktabgacha taʻlim va 
tarbiya”ga bagʻishlangan?
 
 


32 
II BO
ʻ
LIM. XORIJIY DAVLATLARNING ILG
ʻ
OR 
PEDAGOGIK TAJRIBALARI 
2.1. Rossiya va Qozogʻistonning ilgʻor innovatsion pedagogik 
tajribalarini oʻrganish va tahlil qilish 
Reja 
1.
 
Rossiyaning ilgʻor innovatsion pedagogik tajribalari. 
Maktabgacha taʻlim 
2.
 
Qozogʻistonning taʻlim tizimi. Maktabgacha taʻlim 
Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy 
yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos 
ravishda meʻyoriy hujjatlar, oʻquv-metodik adabiyotlar, oʻquv 
metodik majmualarni ishlab chiqish, ilgʻor xorijiy tajriba asosida 
maktabgacha taʻlim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida 
zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar boʻyicha sohaga 
oid bilimlar va koʻnikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb 
masalalar sirasiga kiritilmoqda. Xorijiy mamlakatlardagi maktabgacha 
taʻlim tizimi faoliyatini bir qator davlatlar misolida koʻrib chiqamiz.
Rossiyaning ilgʻor innovatsion pedagogik tajribalari. 
Maktabgacha taʻlim. 
Hozirgi vaqtda maktabgacha taʻlim sohasidagi 
davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yoʻnalishlari: maktabgacha 
taʻlimning mavjudligini taʻminlash va sifatini oshirish hisoblanadi. 
Ushbu muammolar "Rossiya Federatsiyasida taʻlim toʻgʻrisida" 
Federal qonunining 89-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan taʻlim tizimini 
samarali boshqarish orqali hal qilinadi. Taʻlim sohasidagi davlat 
siyosati Rossiya Federatsiyasining "Taʻlim toʻgʻrisida"gi Qonunida 
(1991) oʻz aksini topgan. Qonun maktabgacha taʻlim tashkilotlarining 
huquqiy maqomi, ularning funksiya va majburiyatlarini belgilab, 
maktabgacha taʻlim tashkilotlarining turli dasturlar boʻyicha ishlash 
huquqini taʻminladi.
Rossiya taʻlimining tarkibini oʻquv dasturlari va turli pogʻonali 
davlat standartlari hamda yoʻnalishlari, shuningdek boshqaruvchi 
tashkilotlar – taʻlim tizimidan tashqari va taʻlim tizimiga 
boʻysunuvchi tashkilotlar tashkil etadi. Maktabgacha taʻlim Rossiya 
Federatsiyasi oʻqitish tizimining birinchi pogʻonasi hisoblanadi. 
Bugungi kun taʻlim standartlari «Bolalar huquqlari Хalqaro 


33 
Konvensiya»sida ifodalanib, unda quyidagilar taʻkidlanadi: 
– bolalar taʻlim olish maskanlariga qatnash imkoniyatiga ega 
boʻlishlari kerak;
– kattalar bolalarga oʻqish faoliyati uchun sharoit yaratib 
berishlari lozim;
– taʻlim oʻz ichiga kichik odamni jamiyat doirasida oʻz hayotini 
tushunib yetishga tayyorlash uchun barcha kerakli sharoitlarni qamrab 
olgan boʻlishi zarur;
– oʻquv jarayoni qatnashchilarining oʻzaro harakatlari bolani 
hurmat qilishni ifodalashga asoslangan boʻlishi kerak. Shuning uchun 
taʻlim 
tizimini 
rivojlantirish 
strategiyasi 
kelajakda 
Rossiya 
maktabgacha 
tarbiya 
modernizatsiyasini 
birinchi 
darajali 
masalalaridan biri deb belgilaydi.
Rossiyaning maktabgacha taʻlim tizimi «Oʻquv jarayonni 
modernizatsiyasi Konsepsiyasi»ga asoslangan. Bu konsepsiyada 
taʻlimning sifat koʻrsatkichlarini taʻminlashga muhim ahamiyat 
berilgan. Bu hujjat „Taʻlim toʻgʻrisida“gi qonunga, Rossiya 
Federatsiyasi Konstitutsiyasiga, MTM toʻgʻrisidagi Namunaviy 
nizomlarga va Taʻlim vazirligining boshqa qarorlariga asoslangan. Bu 
Konsepsiyada alohida tashkilotlarning foydali tajribasi asosida 
oʻqitish mazmunini yangilash kerakligi haqida soʻz yuritiladi. Nazariy 
tadqiqotlarning koʻrsatishicha, maktabgacha taʻlim mazmunini 
toʻldirishga stereotip yondashishlarni oʻzgartirish kerak, taʻlim berish 
jarayoni esa quyidagi tamoyillar ketma-ketligi asosida koʻrilishi 
lozim:
– oʻqitishning rivojlantiruvchi xarakteri asosida oʻqitishni olib 
borish bolalarning yashirin va intellektual xislatlarini namoyon qiladi;
– tizimli taʻlim bolalarga hodisalar, oʻrganilayotgan obyektlar va 
hayotiy qadriyatlarning oʻzaro bogʻliqligini aniqlashga yordam beradi;
– bolaning rivojlanishi uning his-tuygʻulari va yoshiga mos bilim 
olishning ratsional shakllariga tayanadi;
– koʻp madaniyatli tarbiyaning mazmunan kichkintoylarni 
madaniyat va oʻzining mahalliy hamda boshqa millat va elatlarning 
urf-odatlarining oʻziga xosligiga yaqinlashtirish, boshqalar fikriga 
chidamliroq boʻlish, oʻzining noroziligi, gʻazablanishi va xafaligini 
meʻyorlangan holda ifodalashdan iborat;
– salomatligining sogʻlom turmush tarzi, gigiena qoidalariga amal 
qilish va sport bilan shugʻullanish ehtiyojiga asoslanadi. 


34 
Shuningdek, 
maktabgacha 
taʻlim 
tashkilotlarining 
asosiy 
vazifalari, bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish 
va mustahkamlash, ularning intellektual va shaxsiy rivojlanishini 
taʻminlash, hissiy jihatdan sogʻlom boʻlishi haqida gʻamxoʻrlik qilish 
belgilab berilgan.

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin