Sh. Sh. Olimov, Sh. X. Samiyeva


Klaster tuzish ketma-ketligi



Yüklə 6,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/141
tarix22.09.2023
ölçüsü6,11 Mb.
#147040
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
Jnnavatsion ta\'lim

Klaster tuzish ketma-ketligi: 
Guruh xattaxtasining markaziga mavzuga mos rasm qoʻyiladi. 
Misol uchun olma rasmi. Bolalarga ushbu soʻz yoki iboraga tegishli 
boʻlgan soʻzlar yoki gaplar aytish talab qilinadi: 
Olmaning rangi qizil. Taʻmi shirin. Sariq va yashil olma navlari 
ham bor. Olmalar daraxtda yetiladi. Bahorda gullaydi. Olmadan 
kompot, sharbat, murabbo, qoqilar tayyorlanadi.
Shu tarzda tushuncha yoki gʻoyalar oʻrtasidagi bogʻlanish 
oʻrnatiladi. Shu sababli klaster – har qanday mavzu ustida erkin va 
ochiq fikr yuritishga yordam beradigan usul sanaladi.
«
Juftlikda ishlash
» 
Juftlikda ishlash
usuli juda qulay hisoblanadi. Bunda bolalar 
bir-birlari bilan muloqot qilishni oʻrganadilar, oʻz xohishlariga koʻra 
juftlashadilar va taklif qilingan vazifani bajaradilar. 
Juftlikda ishlash
bolalarga hamkorlikda muzokaralar olib borish, izchil, birgalikdagi 
harakatlarni amalga oshirish qobiliyatini yaxshilaydi.
Juftlikda ishlash
ning mohiyati dialogli taʻlim boʻlib, bu jarayon 
barcha bolalarning doimiy, faol oʻzaro taʻsiri sharoitida amalga 
oshiriladi, bunda bola va tarbiyachi teng huquqli taʻlim subyektlari 
boʻlib, taʻlim jarayonining bir ishtirokchisining boshqasidan, bir 
fikrning boshqasidan ustunligi istisno qilinadi, bolaga oʻzaro muloqot 
imkonini beradi. 
Masalan:
Guruh bolalari juftlikda oʻtiradilar. Ularga turli taʻlimiy 
xarakterdagi tarqatma materiallar beriladi. 


28 
1.2.1-rasm. Juftlikda ishlash uchun namunaviy mashq 
Dastlabki bosqichda tarbiyachi уoʻnaltiruvchi hisoblanadi
chunki bolalar oʻz navbatida vazifani mustaqil bajara olmaydilar. 
Tarbiyachi koʻrsatmasi yordamida bolalar topshiriqni navbatma-
navbat bajarishni oʻrganadilar va shu orqali ularda javobni tinglash va 
bir-birlariga xalaqit bermaslik kabi fazilatlarni singdiriladi. 

Yüklə 6,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin