O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI AMALIY PSIXOLOGIYA YO`NALISHI SOTSIAL PSIXOLOGIYA FANIDAN KURS ISHI
Mavzu: O`zbekiston mustaqillik sharoitida g`oyaviy mafkuraviy sohada amalga oshirilgan o`zgarishlar
Bajardi:Jo`rayeva Shahlo.
Qabul qildi: Qudratova Muxlisa.
Toshkent – 2023 O`zbekiston mustaqillik sharoitida g`oyaviy mafkuraviy sohada amalga oshirilgan o`zgarishlar
MUNDARIJA
KIRISH 3
ASOSIY QISM 6
1-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA MA`NAVIY VA MA`RIFIY HAYOT 6
1.1. Mustaqillik yillarida ma`naviy va ma`rifiy hayot 6
1.2. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati 8
2-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA TURLI SOHALARNING RIVOJLANISHI 11
2.1. Madaniyat va san`at sohasining rivojlanishi 11
2.2. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi 15
2.3. O`zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta`minlash borasidagi davlat siyosati 24
XULOSA 28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 34
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikka erishgandan keyin mustabid tizimning yakka hukmron bо‘lgan kommunistik mafkurasidan bezib, zada bо‘lib qolgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish» siyosatini qо‘llab-quvvatladi. Natijada, mustaqillikning dastlabki yillarida jamiyatda, ma’lum ma’noda «mafkurasizlik», «mafkuraviy bо‘shliq» paydo bо‘lib, sarosimali va tahlikali vaziyat vujudga keldi, mustaqillikning taqdiriga jiddiy xavf tug‘ildi. Buni о‘z vaqtida teran anglagan Prezidentimiz xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning muqobili bо‘lmagan bir yо‘li - о‘zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g‘oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish masalasini о‘rtaga tashladi.
“Mafkura sohasida bо‘shliq, vakkum bо‘lmaydi. О‘zbekiston xalqlarining dunyoqarashi, ma’naviy va siyosiy madaniyatining eng ilg‘or an’analari asosida ishlab chiqilayotgan milliy mustaqillik mafkurasi individualizmning vayron qiluvchi ta’siriga qarshilik kо‘rsatishga qodir. Mafkuraviy ish, mustaqillik, yuksak ma’naviyat, axloqiylik, madaniyat g‘oyalarini targ‘ib qilish о‘tkinchi holga aylanib ketmasligi kerak”1, deydi Prezidentimiz I.Karimov.
Davlatimiz rahbarining ma’naviy-mafkuraviy sohadagi nazariy va amaliy masalalar chuqur tahlil etilgan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan.2