Ijtimoiy fanlar fakulteti


O`zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta`minlash borasidagi davlat siyosati



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə7/9
tarix22.09.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#146718
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Mustaqillik yillarida ma`naviy va ma`rifiy hayot

2.3. O`zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta`minlash borasidagi davlat siyosati
Xalq, millat ozodligi yo‘lida kurashgan va shu yo‘lda jon fido qilgan o‘zbek xalqining asl o‘g‘lonlari nomini hamisha, har doim eslab, yod etib turmoq istiqlol nashidasini surayotgan bugungi kun kishilari uchun, ayniqsa, yoshlar uchun ham qarz, ham farzdir. Mana shunday tinch hayot, musaffo osmon, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir yo‘qotish, sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yosh avlodga anglatadigan, ulaming qalbi va ongiga milliy mustaqillik g‘oyasini yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlami yanada kuchaytirishni zamonning o‘zi taqozo qilmoqda. Bugungi tahlikali va murakkab zamonda dunyoda yuz berayotgan keskin ziddiyatlar, to‘qnashuvlar, turli qarama-qarshiliklar, millat va dinlar o‘rtasidagi har xil mojarolami hamma ko‘rib, bilib turibdi. O`zbekistonda yashab faoliyat ko‘rsatayotgan turli konfessiya vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo‘l ochildi. Din davlatning ma’naviy-madaniy hayotining uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga boMgan munosabat tubdan o‘zgardi. Dinga bo‘lgan yangicha munosabat mamlakat rahbari tomonidan ko‘rsatilgan “Dunyoviylik — dahriylik emas” tamoyili asosida belgilab berildi. Bugungi kunda mamlakatda turli e’tiqodga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘rnatilishi uchun, ko‘p konfessiyalikning real ijtimoiy holat ekani va uning kelajakda ham saqlanib qolishini hisobga olgan holda, diniy bag‘rikenglik uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasining davlat va din munosabatlari masalasiga taalluqli asosiy bandlari rivojlangan jamiyatlarning huquqiy me’yorlariga mos keladi.
Konstitutsiyaning 18, 31 va 61-moddalari hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi tahriri 1998-yil 1-mayda qabul qilingan) har bir insonning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’minlovchi, diniy qarashlami majburan singdirishni ta’qiqlovchi bandlari milliy, irqiy va diniy kelib chiqishidan qat’i nazar, jamiyatning barcha a’zolari o‘rtasidagi totuvlikni hayotga tatbiq etish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Din davlat siyosatiga aralashmaydi, shu bilan birga har qanday din, avvalo, ma’naviy-axloqiy hodisa bo‘lib, u muayyan bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini to‘laligicha o‘zida majassamlashtirishga da’vo qilolmaydi. Aks holda, din o‘z maqsad va vazifalaridan chetlashib ketadi. Ana shulardan kelib chiqib, mamlakatda diniy siyosiy partiyalar tuzish taqiqlanadi. Dunyoviy davlat tuzumi amal qilayotgan O`zbekistonda barcha dinlarga bir xil va teng munosabatda bo‘lish bugun hayotiy voqelikka aylandi. Din va davlat munosabatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning asosiy vazifalari: vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshirish, davlat organlarining mamlakat hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan aloqasini amalga oshirish, diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o‘rtasida o‘zaro bir-birini tushunish va sabr-toqatlilikni mustahkamlash siyosatini o‘tkazish, mamlakatda va chet ellarda diniy tashkilotlar o‘rtasida aloqalar o‘matilishini tashkil etish, fuqarolaming mamlakatdan tashqaridagi muqaddas joylarga ziyoratga borishi, xalqaro anjumanlar o‘tkazilishini uyushtirishdan iborat. O`tgan davr mobaynida bu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va dinlararo totuvlik ta’minlandi. Bugun O’zbekiston Respublikasida 17 konfessiyaga mansub 3000 dan ortiq diniy tashkilot bilan birga Imom Buxoriy nomidagi Islom universiteti, 9 ta o‘rta-maxsus islom bilim yurtlari hamda pravoslav va protestant seminariyalari ishlab turibdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1991-yil 11-aprel va 20-iyundagi Farmoniga binoan “Iyd al-Fitf’ (Ro‘za) va “Iyd al-Adho” (qurbon) hayit bayramlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Istiqlol davrida 90 mingdan ortiq o'zbek fuqarolari haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. Har yili boshqa diniy jamoalarning yuzlab vakillari Isroil va Rossiyadagi muqaddas ziyoratgohlarga tashrif buyurmoqda. 2004-yil aprelda respublikadagi turli konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash, millatlararo va dinlararo hamjihatlik yuzasidan takliflar va chora-tadbirlami birgalikda ishlab chiqish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qoshida konfessiyalar ishlari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Ajdodlaming bebaho merosini mukammal o‘rganish va oliy maMumotli kadrlar tayyorlash maqsadida Prezidentning farmoni bilan 1999-yilda Toshkent islom universiteti ochildi. Bu ta’lim maskanida bugungi yosh avlodga ulkan va boy madaniyatning uzviy masalalari - islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi, tabiiy fanlar chuqur o‘rgatilmoqda.
Universitet xalq ma’naviyatini yuksaltirishga, tarixi ming yildan ko‘hnaroq islomiy merosni yanada teranroq o‘rganish, din ravnaqi, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan, diniy va dunyoviy-zamonaviy bilimlami puxta egallagan mutaxassislami tayyorlab kelmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlariga misol tariqasida O’zbekistonRespublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevralda imzolagan “Hazrati Imom” jamoatchilik jamg‘armasini qoilab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarorining chop qilinishi mamlakatda bunyodkorlik ishlari rivojiga yana bir turtki bo‘ldi. Ushbu qarorda Hazrati imom majmuasining tarix, mamlakat ma’naviy hayotidagi o‘mi va ahamiyati inobatga olinib, uning asl tarixiy qiyofasini tiklash, bu yerda keng koiamli qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, majmuaning infratuzilmasini har tomonlama rivojlantirish kun tartibiga qo‘yildi, bu savobli ishga tezkorlik, kuch-g‘ayrat bilan kirishildi va qisqa muddatlarda mahobatli majmua barpo etildi. Bu jarayonda obidalami nafaqat qayta tiklash va ta’mirlash, ayni vaqtda ulaming yon atrofidagi o‘ziga xos tabiiy muhitni asl holida saqlab qolish kabi masalalarga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Islom konferensiyasi tashkiloti qoshidagi Taiim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi AYSESKO tomonidan 2007-yilda Toshkent shahrini “Islom madaniyati poytaxti” deb e’tirof etilishi mamlakat hayotidagi ulkan madaniy-ma’naviy voqea boiib, xalq tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Sharq darvozasi deb nom olgan azim Toshkentning ana shunday yuksak maqomga erishgani nafaqat xalqqa, ayni vaqtda yaqin va uzoqdagi do‘stlarga ham g‘urur va ifltixor bagishladi.
O‘zbekistondan yetishib chiqib, islom olamida shuhrat qozongan allomalar- Bahouddin Naqshbandning 675 (1993-yil sentabr), Xoja Ahror Valiyning 590 (1995-yil noyabr), Mahmud az-Zamaxshariyning 920 va Najmiddin Kubroning 850, Imom Buxoriyning 1225 va Ahmad Farg‘oniyning 1200 (1998- yil oktabr), Imom Motirudiyning 1130 va Burhoniddin Marg‘inoniyning 910 (2000-yil noyabr) yillik yubileylari keng nishonlandi, ularning nomi bilan bog‘liq qadimiy yodgorlik majmualari obod qilindi. 1995-yilda “Bir samo ostida” shiori bilan tashkil etilgan xalqaro xristian- musulmon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, uning ishida Jahon cherkovlari kengashi, turli xorijiy cherkov vakillari ishtirok etdi. 1996-yilda Rus Provaslav cherkovi Toshkent va O`rta Osiyo eparxiyasining 125 yilligi nishonlandi.
Tantanalarda cherkov tarixida ilk bor Moskva va Butun Rus Patriarxi Aleksey Ikkinchi Markaziy Osiyo hududiga tashrif buyurdi. 2001-yilda Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi o‘zining 130 yilligini nishonladi. 2002-yilda Rim-katolik cherkovi katolikning Markaziy Osiyoda qayta tiklanganligiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbirlarini tashkil etdi. 2003-yilda Samarqand shahrida Arman Apostollik cherkovining 100 yilligi nishonlandi. “Qur’oni Karim”, Hadislar to‘plami, “Injil” (Yangi ahd) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Shuningdek, O’zbekiston“Qur’oni Karim”ni ko‘zi ojizlar uchun maxsus brayl yozuvida nashr qilgan dunyoning uchinchi mamlakatiga aylandi. O’zbekistonmusulmonlari idorasining “Hidoyat” oylik jumali, “Islom nuri” gazetasi, Toshkent va O`rta Osiyo eparxiyasining “Vostok svnshe kiril” jumali chop etilib, mamlakatda diniy aqidaparastlik, ekstremistik harakatlarning oldini olish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatga suqulib kirishga harakat qilgan, xalq orasida mutaassiblik urug‘ini sochishga uringan va bu bilan o‘zining g‘arazli maqsadini amalga oshirmoqchi bo‘lgan turli guruhlar faoliyati fosh etildi. Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri - xalqning diniy e’tiqodiga zid bo‘lgan zararli oqimlaming mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish, an’anaviy, ma’rifiy, mo‘tadil islomni yot g‘oyalar ta’siridan saqlashdan iboratdir.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi.
XULOSA
Maʼlumki, prezident SH. MIrziyoyev ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.
Ana shu ezgu gʻoya Prezidentining Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va sanʼat maktablariga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, ushbu muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani koʻrsatib oʻtildi.
Prezident Sh. MIrziyoyev joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnika bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, ularning faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi. Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil qilish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix darslarining muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilmoqda.
Mamlakatimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumtaʼlim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpogʻistonda 15 foizni tashkil etadi, xolos. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich-panellardan kichik sport zallari va sunʼiy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi. Bunday tadbirkorlarga “Oʻzmilliybank” tomonidan “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Qo’shimcha materiallar:
-Shu o‘rinda qayd etishimiz juda ham lozimki, 1995 yilda 149ta matbaa korxonasi bor edi, xolos. 2017 yilning 27 iyun holatiga esa 118 nashriyot va 1760 matbaa korxonalari davlat ro‘yxatiga olingan. Har yili 7 tilda 60 million nusxadan ortiq kitob chop etilmoqda. Bu esa aholi jon boshiga hisoblanganida, yiliga taxminan 1,8tadan kitob to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib turibdi5.
1991 yilda 395 OAV faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib ularning soni esa 1 ming 600tadan o‘tdi. 689 gazeta, 283 jurnal, 15ta byulleten-axborotnomalar chop etilmoqda6. «UZ» domenlarining soni 2016 yil 1 yanvar holatiga binoan, 25,2 mingdan ortib ketdi. ZiyoNET axborot ta'lim tarmog‘iga bo‘lsa 2015 yilning o‘zida 109 mingdan ziyod yangi material joylashtirildi. 2007 yilda yurtimizda Internetdan foydalanuvchilar soni qariyb 1 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib 15 million kishidan ham oshib ketdi. OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Internet-resurslarning soni bo‘lsa so‘nggi 5 yilda 2 baravarga oshdi.
2016 yili OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan veb-saytlarning soni 332tani tashkil etib, Internet resurslari orqali o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, xitoy va boshqa tillarda betinim axborot tarqatilmoqda7.
Mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini ta'minlash bo‘yicha bosqichma-bosqich va aniq majmuaviy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil 1 yanvar holatiga binoan, respublikamizda faoliyat yuritayotgan OAV soni 1514taga, nashriyotlar 122taga, matbaa korxonalari esa 1760taga yetdi. Judayam e'tiborlisi shundaki, milliy media makonda xususiy sektorning ulushi ham tobora ortib bormoqda. Yurtimizdagi OAVning 975tasi, nashriyotlarning bo‘lsa 57tasi nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Noshirlik va matbaachilik sohasida faoliyat olib borayotgan imtiyoz va yengilliklar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Birinchi Prezidentimizning 2011 yil 30 dekabrda imzolagan «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida»gi qarori bilan soha korxonalari besh yil muddatga bir qator soliq va bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilgan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2016 yilning 27 dekabridagi «O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, mazkur imtiyozlar 2019 yilgacha uzaytirildi. Shuningdek, mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga mansub bo‘lgan matbaa tashkilotlari uchun yagona soliq to‘lovining stavkasi 6 foizdan 5 foizga qadar kamaytirildi. «Ijod» jamoat fondiga to‘lanadigan majburiy ajratmalar miqdori 2 foizdan 1 foizgacha pasaytirildi8.
-Birinchi Prezident Farmoniga asosan esa «O‘zbekteatr» ijodiy birlashmasi tashkil etildi. Ma'naviy hayotimiz uchun benihoya muhim ahamiyatga molik san'at sohasining keyingi taraqqiyotiga beminnat xizmat qiluvchi «Teatr» nomli jurnalga ham asos solindi. Hozirgi davrda mamlakatimizda 37ta teatr, jumladan, 1ta opera va balet, 6 ta drama teatri, 1ta musiqali komediya, 13ta musiqali drama, 4ta yosh tomoshabinlar, 1ta satira, 10ta qo‘g‘irchoq teatri, 1ta teatr studiyasi hamda 43ta havaskorlik xalq teatri jamoalari elimizning ma'naviy ehtiyojlarini, ma'lum bir darajada, qondirib kelmoqda. Birgina 2016 yilning o‘zida yurtimiz teatrlarida 15 mingga yaqin spektakl namoyish etildi va ularni 5 milliondan ziyodroq yaqin tomoshabin ko‘rdi. Ko‘zlarni va dillarni, ko‘ngilni yanada quvontiradigan ushbu raqam yildan-yilga tobora oshib borayotganligidan esa o‘zingiz ham, doimo teatrga tushib turganingiz tufayli, juda yaxshi boxabarsiz.
O‘zbekistonning teatr jamoalari xorijiy davlatlarda tashkil qilingan bir qator xalqaro teatr anjumanlaridayam muvaffaqiyatli ravishda ishtirok etib kelayotganini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz.
2011 yilda «Diydor» teatr-studiyasining Fransiya davlatida ijodiy safarda bo‘lishi, Yoshlar teatrining esa Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan «Boltiq uyi» xalqaro festivalidagi muvaffaqiyatli ishtiroki, poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan «Toshkent bahori» an'anaviy xalqaro teatr festivali teatr san'atining haqiqiy muxlislariga betakror hamda g‘oyat ulkan quvonchni bag‘ishladi. Ko‘pgina chet ellik mashhur teatr arboblari ham yurtimizga kelib, o‘z jamoalari bilan o‘zlarining san'atlarini namoyish etmoqdalar, o‘zbek milliy teatr san'atining yutuqlaridan, aktyorlarimizning mahoratidan nihoyatda hayratlanib, bu boradagi bizning tajribamizni jiddiy ravishda o‘rganib, o‘z navbatida o‘zlarining o‘ziga xos tajribalari bilan ham beminnat ravishda o‘rtoqlashishda davom etmoqdalar.
Hozirgi kunlarda o‘rtacha har bir million kishiga hisoblaganda teatrlar soni bo‘yicha O‘zbekiston dunyodagi eng yuqorigi o‘rinlardan birini munosib ravishda egallab turibdi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri o‘zining beqiyos san'ati, mahorati, klassik asarlarning betakror ijrosi bilan nafaqat milliy san'atimiz muxlislarini, shu bilan birga dunyodagi manaman degan teatrlarning juda mashhur rejissyor va aktyorlarini, ularning eng nozikta'b teatrshunoslarini ham doimiy tarzda behad havas va beqiyos hayratga solib kelmoqda.
O‘zbek Milliy akademik drama teatrining nafaqat o‘z diyorimiz, shu bilan birga, Markaziy Osiyo mintaqasida professional teatr san'atiga asos solish va uni yanada yuqori darajada rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosi va an'analarini asrab-avaylash, yurtdoshlarimiz, ayniqsa yosh avlodimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar, Ona Vatanga, Ota makonga chin mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi eng ulkan xizmatlarini inobatga olib hamda tashkil etilganligining 100 yilligini o‘ta munosib ravishda nishonlash maqsadida 2014 yilning 22 yanvarida maxsus qaror qabul qilinganligi va bayram tantanalaridan esa o‘zingizam boxabarsiz.
Butun dunyoning aksariyat katta yoshli ahli qirg‘inbarot 1- jahon urushi janggohlarida bir-birini o‘ldirish, butunlay qirib tashlash bilan benihoya band bo‘lib turgan o‘sha 1914 yilning o‘zida bizning ulug‘ taraqqiyparvar, ma'rifatparvar jadid bobolarimiz tinchlik-omonlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi kattalar maktabi, ibratxona bo‘lmish buyuk, zamonaviy teatr san'atiga asos solgan edilar.
O‘zbekiston Respublikasi davlati boshlig‘ining «O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi tarixiy qarorining o‘ta samarali ijrosi mustaqil mamlakatimizda barcha aholi, ayniqsa, yoshlarning orasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishda yangi, mislsiz bosqich bo‘lishiga esa hyech qanday shak-shubha bo‘lishi mumkin emas. Islom Karimovning 2014 yilning 28 noyabrida O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasiga yo‘llagan tabrigidagi ayrim bir fikr-mulohazalarni tag‘in yodga olsak, foydadan xoli bo‘lmasa kerak: «Bugun biz Milliy teatrimizning tamal toshini qo‘ygan, bu yo‘lda qanday og‘ir to‘siq va sinovlarga duch kelmasin, o‘zligidan o‘z maslagi va maqsadidan qaytmagan, «Teatr – bu ibratxonadir» degan hikmatga asoslanib, ma'naviy jasorat namunasini ko‘rsatib yashagan Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy, Cho‘lpon singari ma'rifatparvar bobolar, sahna san'ati fidoyilarining so‘nmas xotirasi oldida boshni egib ta'zim qilamiz. Mustabid tuzum mafkurasi tazyiqlariga qaramay, gumanistik g‘oya va yuksak ijodiy prinsiplarga sodiq qolgan Mannon Uyg‘ur, yetim Bobojonov, Olim Xo‘jaev, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov, Nabi Rahimov, Obid Jalilov, Sora Eshonto‘raeva, Zaynab Sadrieva, Toshxo‘ja Xo‘jaev, Aleksandr Ginzburg, G‘ani A'zamov kabi atoqli ijodkorlarning nomlarini minnatdorlik bilan eslaymiz.
Bu mo‘tabar sahnada yaratilgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari juda buyuk ajdodlarimizning barhayot siymolari esa ming-minglab tomoshabinlarga insoniylik, adolat va ezgulik, mehr-oqibat hamda olijanoblikdan saboq bergani, ularni go‘zallik va nafosat olamiga oshno etib kelayotgani tahsinga loyiqdir...
Siz, azizlar mamlakatimiz teatr san'atining yang yaxshi an'ana va yo‘lini boyitib, yangi avlodlarga bezavol yetkazasiz, yuksak badiiyat va haqqoniylik, eng ezgu maqsadlarga xizmat qilishning ruhi bilan sug‘orilgan yetuk asarlaringiz bilan xalqimiz, eng avvalo, yoshlarimiz ma'naviy olamini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shasiz, deb ishonaman» («Erishgan marralar bilan chegaralanmasdan, boshlagan islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish – bugungi kundagi eng dolzarb vazifamizdir»9.


Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin