Ijtimoiy fanlar fakulteti


-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA TURLI SOHALARNING RIVOJLANISHI



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə5/9
tarix22.09.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#146718
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Mustaqillik yillarida ma`naviy va ma`rifiy hayot

2-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA TURLI SOHALARNING RIVOJLANISHI
2.1. Madaniyat va san`at sohasining rivojlanishi.
Asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar xalqining betimsol boyligi, istiqlolning mustahkam poydevori va porloq istiqbol kafolatidir. Bugungi globallashuv davrida inson ongi va tafakkurini egallash yo‘lidagi kurash keskinlashayotgan, yoshlarni yot g‘oya va mafkura, salbiy illatlar ta’siriga tortishga urinishlar tobora kuchayayotgan bir sharoitda ajdodlaming orzu-umidlari, intilishlari va boy tafakkurini o‘zida mujassam etgan bunday bebaho boylikni ko‘z qorachig‘iday asrash va uni ulg‘ayib kelayotgan avlodning ong-u shuuriga chuqur singdirish vazifasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tarixiy an’analarga sadoqat, ajdodlardan faxrlanish, ijtimoiy hayotning eng muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish mustaqil siyosat va milliy g‘oyaning eng muhim hayotbaxsh omillariga aylandi. Tarix va madaniy meros millatning asosiy boyligi. Shu bois, madaniy merosga munosib voris bo‘lish uchun urf-odat va an’analarni asrab-avaylabgina qolmay, ularni yanada takomillashtirish lozim. Prezident Islom Karimov rahnamoligida barcha jabhalar singari milliy madaniyat, san’atni izchil rivojlantirish, bu boradagi an’analami davom ettirish, uning eng yaxshi namunalaridan xalqni bahramand etish, ijodkorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlami yaratish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda turli vazirlik va idoralar, muassasalar, ijodiy birlashmalar bilan birgalikda jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining faoliyati buning dalilidir.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda madaniyat, fan va ta’lim sohasida avvalgi davr bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yutuqlarga erishildi. Chunonchi, mamlakatning barcha viloyatlari uchun an’anaviy bo‘lgan hunarmandchilikka e’tibor kuchaytirilib, bu soha davlat va jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quwatlanib kelinmoqda. Milliy hunarmandchilik sohasi an’ana va udumlarini tiklashga o‘z hissasini qo‘shayotgan kishilarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident va hukumatning milliy hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bir qator farmon va qarorlari qabul qilingani bunga misol b o’la oladi.
Musiqa, amaliy va tasviriy san’at kabi yo‘nalishlar rivojiga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston hatto nufuzli xalqaro musiqa va teatr festivallariga, iste’dodli ijrochilar tanlovlari va ko‘rgazmalarga ham mezbonlik qilmoqda. Yosh avlodni har tomonlama barkamol tarbiyalash ma’naviy-ma’rifiy ishlar markazida turgan eng buyuk vazifaga aylangani quvonchlidir. Shu maqsadda hukumatga qarashli bo’lmagan “Sog’lom avlod uchun” jamg‘armasi tashkil qilinib, shu nomdagi dastlabki orden ta’sis etildi. Mamlakatda “Ona va bola” ijtimoiy dasturi qabul qilinib, onalik va bolalikni muhofaza qilish yo’lida keng koiamli ishlar amalga oshirildi, yangi-yangi skrining va perinatal markazlar, zamonaviy shifoxonalar barpo etildi. Bundan tashqari, mamlakatda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlarini o‘z ichiga olgan uch bosqichli yagona uzluksiz tizimning shakllanib, samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgani ham sogiom avlod tarbiyasida katta rol o‘ynaydi. Nogiron bolalar uchun “Mehribonlik” saxovat festivali muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
O’zbekiston ma’naviy hayotining ajralmas qismi bo’lgan xalqaro kino, teatr va musiqaviy festivallar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Xalq baxshichilik san’atiga e’tibor kuchayib, respublika tanlovlari o‘tkazilmoqda. Xususan, yil sayin ishtirokchilari soni ko‘payib borayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali butun jahon madaniy jamoatchiligi orasida keng shuhrat qozonib ulgurdi. Shuningdek, milliy kurash sport turi xalqaro maqomga ega bo‘lib, bu borada muntazam ravishda jahon chempionatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent miniatyurachi rassomlarining monumental san’at sohasidagi ijodiy ishlari ham muvaffaqiyatli bormoqda. “Sanoi nafis” guruhi tomonidan 1996-yil Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi zallarida bajarilgan miniatyura uslubidagi naqshlar mutaxassis va tomoshabinlaming yuqori bahosini oldi. 90-yillarda kinematografiyada repertuarning yangi kino talqinlariga mos ravishda janrlarning o‘ziga xos va uslubiy hamda texnik yangilanishi kuzatildi. Tarixga, milliy an’analarga, xalq og‘zaki ijodi motivlariga ko‘proq murojaat qilib, xalq ruhiga yaqin asarlar yaratildi. 2004-yil kinematografiyani moliyalashtirish bilan bog‘liq muhim qaror qabul qilindi. Milliy tarix, an’analar va madaniyatni yoritishdagi yutuqlar rag‘batlantirib borilmoqda. Toshkentda 2009-yil oxirida bo‘lib o‘tgan “Art Week Style.uz - 2009” va 2012-yil oktyabrdagi san’at haftaliklari yuqoridagi fikrlarga yaqqol dalil bo‘la oladi. O`tkazilayotgan nufuzli tadbirlar orqali milliy merosni asrab-avaylash, amaliy san’at va hunarmandchilik yo’nalishidagi qadimiy an’analami tiklash, bu borada ijodkorlarga har tomonlama ko‘maklashish, yosh iste’dodlarning faoliyati uchun zarur sharoit yaratish, ularning ijodini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, respublika va xalqaro miqyosda ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Asrlar sadosi”, “Yangi avlod”, “Navqiron O`zbekiston”, “Bazar Art” kabi festivallar, ko‘rik-tanlovlar, milliy hunarmandchilik yarmarkalari, turli ko‘rgazmalar, kontsertlar buga misol bo‘la oladi. Ayni paytda ushbu ijodiy loyihalar ijtimoiy yo‘naltirilgani, katta madaniy-ma’rifiy ahamiyati bilan nafaqat respublikada, balki xorijda ham tobora e’tibor qozonmoqda. 2010-yili Xiva shahrida, 2012-yili Tuproqqal’ada, 2013-yili esa Navoiy viloyatida Sarmishsoy darasida, xuddi shunday tadbirlardan biri - “Asrlar sadosi - 2010”, “Asrlar sadosi - 2012”, “Asrlar sadosi - 2013” madaniyat festivallari tashkil etildi. Mazkur festivallar o‘tmish merosi va an’analarni avlodlarga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda bu navqiron avlodni milliy madaniyat, umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yoshlarda Vatanga, milliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Milliy madaniyat, san’atning o‘ziga xos bayrami sifatida tashkil etilgan ushbu tadbirda folklor va teatr guruhlari, xonandalar, musiqachilar, raqqosalar, qiziqchilar, rassomlar, hunarmandlar bilan birgalikda respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Yangi avlod” festivali ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari ishtirok etmoqda. Mustabid tuzum davrida toptalib kelingan milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlar qayta tiklanib, bugungi milliy-ma’naviy taraqqiyotga xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek: “Ayni paytda yurtimizda milliy tiklanish jarayoni qariyb bir yarim asr davom etgan ijtimoiy-siyosiy qaramlikdan keyin dastlabki paytlarda mutlaqo tabiiy ravishda o‘ziga xos “inkorni inkor” qonuniyati asosida kechganini aytish lozim. Lekin biz, sobiq tuzumning mafkuraviy qarashlarini umuman inkor etishning o‘zi hech qanday bunyodkorlik dasturiga ega bo‘lmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug‘dirishi ehtimolini yaxshi anglar edik. Shu bilan birga. tarixiy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, turmush tarziga orqa-oldini o‘ylamasdan yoppasiga betartib qaytish boshqa bir keskinlik, deylik bugungi davr hayotini qabul qilmaslik, jamiyatni yangilash zaruratini inkor etish kabi nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkinligini ham unutmaslik zarur edi”. Ushbu kitobda ma’naviyatning milliy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati, uni o‘zlashtirish zarurligiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Bu konseptual g‘oya bugungi kunda milliy ma’naviyatni rivojlantirishda davlat siyosatining ustuvor tamoyillaridan biri sifatida ijobiy natijalami bermoqda. Bugungi kunda OAV, xususan, televideniye madaniyatni ommalashtirishning asosiy vositasi va manbayi bo‘lib kelmoqda. Ammo jahon miqyosidagi globallashuv jarayonlari va uning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “ommaviy madaniyat” ekspansiyasi ta’sirida qadriyatlar tizimida sodir boiadigan buzilishlar insonda muayyan o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi, inson va jamiyat o‘z ma’naviy-axloqiy tayanchlaridan mahrum etilishi mumkin. Shu ma’noda, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “... kommunistik mafkura va axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak... Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlaming oldini olish, “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan farzandlarimizning ong-u tafakkurini himoya qilishda ilm-u fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o‘mi va roli tobora ortib bormoqda. Nega deganda, bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bo‘lgan... “ommaviy madaniyat” namunalarini faqat tanqid va inkor qilish yoki ulami taqiqlash bilan biron natijaga erishib bo‘lmaydi.
Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalambor, ezgu insoniy g‘oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha aytganda, bugun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz shart”. Davlat rahbarining ushbu fikr-mulohazalarida “ommaviy madaniyat”ning mazmun-mohiyati, oqibatlari hamda unga qarshi kurashishning izchil vosita va omillari aniq bayon etilgan.


Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin