Ijtimoiy fanlar fakulteti


Milliy sport turlarining rivojlantirilishi



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə6/9
tarix22.09.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#146718
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Mustaqillik yillarida ma`naviy va ma`rifiy hayot

2.2. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi
Qo‘yilayotgan vazifalar, ularning amalga oshirilishi o‘zbek yoshlarini barkamol qilib tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq. Barkamollik esa bir emas, bir necha yo‘nalishdan ozuqa oladi. Ana shu yo‘nalishlardan biri jismoniy tarbiya va sport orqali sog‘lom va baquvvatlikka erishishdir. Respublika hukumati barkamol avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning o‘mi beqiyosligini inobatga olgan holda bir qator chora-tadbirlami amalga oshirishga erishdi. Hukumatning 1999-yil 27-maydagi “O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan ommaviy sport ishlarining yanada takomillashuviga turtki bo‘ldi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida bolalar sporti rivojlandi. 545 ta sport seksiyalari tashkil etilib, ularga 224965 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilib, sog‘lomlashtirish guruhlariga esa 13760 ta o‘quvchilar qatnasha boshladi. Respublika yoshlarining sport bilan shug‘ullanishlari uchun yanada keng imkoniyatlar ochib berishda O’zbekistonPrezidentining 2002-yil 24-oktabrdagi “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi farmoni ham muhim rol o‘ynadi. Davlat va davlat rahbari rahnamoligida o‘tgan davr mobaynida O`zbekistonda sport sohalarini rivojlantirishda ajoyib yutuqlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar, ayniqsa, boks, tennis, o‘zbek kurashi va jahon miqyosida o‘tkazilgan shaxmat musobaqalarida yaqqol ko‘zga tashlandi. 1998-yil may oyida mamlakat alpinistlari jahon miqyosida katta yutuqqa erishdi. Ular Himolay tog‘ tizimidagi dunyoning eng baland “Everest” cho‘qqisiga chiqib, mamlakat dovrug‘ini yana bir marta dunyoga tarannum etishdi.
Mamlakatda tennis eng ommaviy sport turiga aylandi. Toshkent shahrining “Yunusobod” tennis majmuasida bir necha marta xalqaro Prezident kubogi turniri bo‘lib o‘tdi. 1999-yilning iyul oyida Londonda yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada toshkentlik sportchi Iroda To‘laganova Uimbldon uchrashuvining g‘olibiga aylandi. 2000-yil O’zbekistonRespublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil boidi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiyada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘lib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egallashdi.
Sobiq sovetlar davrida shaxmat bo‘yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo‘lsa, endilikda ularning soni 11 nafarga yetdi. Shu yili Turkiyada bo‘lib o‘tgan Jahon shaxmat olimpiyadasida O’zbekiston vakillari 120 dan ortiq mamlakatlar ichida faxrli 11-o‘rinni egalladi. Respublikaning shaxmat bo‘yicha chempioni Rustam Qosimjonov esa o‘z taxtasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bokschilardan Artur Grigoryan, Muhammadqodir Abdullayev, O`tkirbek Haydarov, To‘lqinboy Turg‘unovning nomlari jahon bo‘ylab yangradi. 2000-yildagi Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan XXVII yozgi Olimpiyada o‘yinlarida Muhammadqodir Abdullayev oltin, Artur Taymazov kumush, Sergey Mixaylov va Rustam Saidov bronza medaliga sazolvar boiishdi. O`zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazish an’anaga aylanib, bu musobaqalarda Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvon kabi sportchilarning nomlari butun jahonga taraldi. 2008-yildagi Pekin olimpiyadasida Abdulla Tangriyev kumush medali sohibi boidi.
O‘zbekistonda tuzilgan karate federatsiyasi yosh iste’dodlarni jahonga tanitmoqda. Masalan, bekobodlik Farrux, A’zam va Parviz Abdumavlonovlarning erishgan yutuqlari bilan xalq faxrlanadi. 2009-yilda nogironlar o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonliklar faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Ayniqsa, 2010-yilning iyun-iyul oylarida Janubiy Afrika Respublikasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan XlX jahon chempionatida o‘zbek o‘gioni Ravshan Ermatov va Rafael Ilyasovlar chempionatning haqiqiy hakamlari bo’ldilar. Toshkent shahrida xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy “Bunyodkor” va “Lokomotiv”, Bekobod shahrida “Metallurg” futbol stadionlari bunyod etildi. Sport kurashi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi tashkil qilindi. 2012-yilda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbek vakillari bosh sovrinni qoiga kiritgani, nogironlar o‘rtasida kechgan jahon chempionatida ketma-ket uchinchi marta jahon chempioni unvoniga sazovor boiishi, yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida terma jamoaning kuchli to‘rtlikdan joy olib, navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega boiishi mamlakatda sport sohasida amalga oshirilgan ulkan ishlarning samarasidir.
Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish, hur fikrlikka intilish, kishilarni istiqlolyoiidan olib boruvchi g‘oyaviy qarashlar hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri boiib qoldi. Iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi, Yurtboshi aytganidek, suv bilan havodek zarurdir. Busiz, ya’ni fikrlash, e’tiqod o‘zgarmasdan bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka erishish murakkab vazifa. I.A.Karimov milliy mustaqillik g‘oyasining zarurligi to‘g ‘risida gapirar ekan, “o‘zining kelajagini qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yohud jamiyat, albatta, o‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi kerak”, deb ta’kidlaydi va milliy istiqlol mafkurasining vazifasini ko‘rsatib, uning “...asl ma’nosi eskicha aqidalardan xoli bo‘lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iborat” ekanligini ta’kidlaydi.
Mustaqillik g‘oyasi va mafkurasining xalqimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, uni birlashtiruvchi, buyuk maqsadlar uchun butunkuchlarni uyg‘unlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib, Prezident I.A.Karimov 1993-yil 6-mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II chaqiriq XII sessiyasida “Oldimizda turgan eng muhim masala bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir”, degan edi. Kishilarni qaysi toifa va guruhda bo‘lishidan qat’i nazar ma’naviy inqirozdan chiqaradigan yagona milliy g‘oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir qudratli kuch ana shu milliy mustaqillik mafkurasi hisoblanadi.
Milliy istiqlol g‘oyasi O’zbekiston Respublikasining ko‘p millatli omilini saqlab qolishi va uni rivojlantirishdek buyuk maqsadni o‘zining adolatli, insonparvar huquqiy jamiyat qurish yo‘lidagi ustuvor yo‘nalish, deb qaraydi. O`zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish yo‘lida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy ishlardagi barqarorlik mafkuraviy tahdidlarning oldini olishni muhim vazifa qilib qo‘yadi. Shu maqsadda xalqning an'analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof. sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini kishilar ongiga singdirish lozim bo‘ladi. Milliy mustaqillik g‘oyasining eng muhim vazifalaridan biri mustaqillik tayanchi va kelajagi bo‘lgan yosh avlodni milliy g‘urur, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. Mustaqillik g‘oyalariga e’tiborsizlik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birgina 1999-yil 16-fevral “qonli seshanba” kuni voqealari milliy mustaqillik g‘oyasini yoshlar diliga yetkazish zarurligini, buning uchun g‘oyaviy, mafkuraviy ishlarni kuchaytirish lozimligini ko‘rsatdi. Bu borada Prezident I.A.Karimovning 2000-yil aprelida Oqsaroy qarorgohida ziyolilar bilan o‘tkazilgan muloqotida, o‘sha yilning iyun oyida “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblaridagi milliy istiqlol mafkurasining mohiyati, zarurati, ahamiyati, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy asoslari to‘g‘risidagi ta’limoti istiqlolning buyuk g‘oyalarini kishilar tafakkuriga singdirish borasidagi ishlarning dasturidir.
Milliy istiqlol g‘oyasini, uning tushuncha va tamoyillarini xalq, birinchi navbatda, yoshlar o‘rtasida targ‘ib va tashviq etishning usul-uslublarini shakllantirish yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yildi. “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi qoshida targ‘ibot-tashviqot markazining tuzilgani, jamoatchi ma’ruzachilar ishining yo‘lga qo‘yilgani, ular uchun “Voizga yordam” ruknida risolalar chop etilgani, shuningdek, Prezident farmoni bilan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli maxsus fanning ta’lim tizimining barcha bosqichlariga kiritilishi shular jumlasidandir.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ilm-fanga alohida e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari tugatilib, turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-aprelidagi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangi Nizomi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi Farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qoilab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boiib, Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga alaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki-tashqi bozorda targ‘ib etish va tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya Komissiya (OAK)ning tashkil etilishi bilan FAning mavqeyi yanada ortdi.
O’zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat O`zbekiston, balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi, ko‘pchilik olimlar davlat mukofotlariga sazovor boidi va xorijiy davlatlar akademiyalariga haqiqiy va faxriy a’zolikka saylandi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallari ta’sis etilib, 1993-yilda O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi H.F.Fozilov tabiiy va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al- Xorazmiy nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi boidi. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi birinchi Oltin medal ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi U.I.Karimovga nasib etdi.
1992-yil oktabr oyida esa geologiya-mineralogiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi I.H.Yamroboyev geologiya va geofizika sohasida erishgan muvaffaqiyatlari uchun Habib Abdullayev nomidagi Oltin medalning birinchi sohibiga aylandi va u AQSHda chiqadigan “Global tektonika va metallogeniya” xalqaro ilmiy jurnali tahririyatiga a’zo etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi P.Q.Habibullayev “Fan va texnikada kim haqiqatan kim?” deb nomlangan jahon fan va texnikasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan eng buyuk olimlaming hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qomusga kiritildi.
O‘zbek olimi bu sharafga o‘zining qattiq va yumshoq jismlar issiqlik fizikasining katta muammolarini, energetikaning fizika-texnikaviy muammolarini ishlab chiqqanligi uchun muyassar bo‘ldi. Mustaqillik yillarida FAning 40 ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida yirik olimlar faol mehnat qilib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi FA institutlari olimlari xorijiy davlat olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalami kengaytirib borishmoqda. Natijada, 1992-yil dekabr oyida texnika fanlari doktori G. Umarov K.E.Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika xalqaro akademiyasining a’zosi bo‘ldi. U mazkur Xalqaro akademiyaning a’zosi bo‘lgan birinchi o‘zbek olimi. Shuningdek, o‘zbekistonlik M.S.Bulatov, S.M.Sutyagin, I.I.Notkinlar 1993-yilda Iordaniya Islom Fanlar akademiyasi a’zoligiga, M.S.Salohiddinov YUNESKO Informatsiya xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga, 1994-yil oktabr oyida Xudoyor 0lloyorov, 1995-yil fevral oyida Azamat Shamsiyev Nyu-York FAning faxriy a’zoligiga, Z.S.Salimov, A.A.A’zamxo‘jayev, 1997-yil oktabrida U.Tojixonov va Z.Zaripovlar Tabiat va jamiyat fanlari xalqaro akademiyasining a’zoligiga, akademik E.Yusupov esa Turkiya Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi. Bular O’zbekiston fanining xalqaro miqyosda tan olinishining yaqqol misolidir. Yurtboshi aytganidek, XXI asrda qurolli qo‘shini bo‘lgan davlat emas, balki turli sohalar bo‘yicha kuchli mutaxassislari bo‘lgan davlatgina qudratli davlat hisoblanadi. Zeroki, har bir xalq fan sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan mashhur farzandlari bilan buyukdir. Yuksak bilimli va intellektual salohiyatli farzandlarni tarbiyalash O’zbekiston davlati uchun bugun ham e’tiborli. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni va unda xalqaro standartlarni hisobga olgan holda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, dissertatsiya tadqiqotlarining sifatini, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishiga sharoitlar yaratish maqsad qilib qo‘yilganligi mustaqil taraqqiyot uchun ilm-fanning ahamiyati naqadar kuchli ekanligini ko‘rsatmoqda. Iijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida ham tubdan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo, teatr san’ati, milliy musiqa, me'morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko‘zga tashlandi.
Mustaqillik yillarida respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etilib, 1991-1994-yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi. 1993-yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan “Turkiston” saroyi nafaqat me’morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli sana'tkorlarning chiqishlari bo‘ladigan dargohga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti LKarimov “Turkiston” saroyi ochilishi marosimida nutq so‘zlab, “Ushbu saroyda xalqning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining an'anaviy anjumanlarini, san’at bayramlarini o‘tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshollo, millatlar, el-elatlarning do‘stlik, birdamlik qaLasiga aylandi”, degan edi.
1998-yil 26-martda Prezidentning “O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O’zbekiston tomosha san’atining ko‘p asrlik an’analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta’minlash maqsadida “O`zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Teatrlarning mustaqillik davri repertuarlaridan tarixiy pyesalar keng o‘rin ola boshladi. Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 ta spektakl namoyish etildi. 1998-yilial-Farg‘oniy, al-Buxoriylar yubileylariga bag‘ishlangan pyesalar yaratildi. Mamlakatning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkentning yetakchi teatrlaridagina emas. barcha viloyatlar teatr sahnalarida qo‘yildi. O’zbekiston musiqa va raqs san’atini rivojlantirish maqsadida “O‘zbeknavo” kontsert birlashmasi tashkil etilib, unda musiqa-raqs san’atini rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘zda tutildi. San’atning barcha sohalari. madaniy-ma’rifiy muassasalar uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash Respublika Prezidentining doimo diqqat markazida bo‘lib keldi. Mavjud madaniyat o‘quv yurtlari qayta tuzilib, ko‘plab yangi o‘quv maskanlari tashkil etildi. 2010-yilga kelib mamlakatda 30 dan ortiq maxsus o ‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Shundan uchtasi oliy o ‘quv yurtlari, qolganlari o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va maktab-internatlardir. O`zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi. Asarlari zararli. o‘zlari millatchi, deb nohaq qoralangan Cho‘lpon, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvarqori singari millatparvar yozuvchi, ma’rifatparvarlar ijodi xolisona o‘rganilib, ularning asarlari chop etildi, teatr sahnalaridan o‘z o‘rnini egalladi. Mo‘tabar kitoblar chop etildi. Bunday kitoblarning xalq qo‘liga yetib borishi butunlay yangi, sog‘lom, sof milliy g‘oyalarning maqsad va intilishlarning sifat darajasini belgilaydi. Adabiyot sohasidagi va ko‘plab nashr etilgan boshqa asarlar milliy g‘oyaning buyuk hayotbaxsh kuchini ko‘rsatdi. Mustaqillik davri adabiyoti namoyandalari “O’zbekiston Qahramoni” Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, “O’zbekiston xalq shoiri” Muhammad Yusuf, Habib Sa’dullalar ijodiy faoliyati bilan butun xalq faxrlanadi. Milliy o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda Ozod Sharafiddinov, Begali Qosimov, Naim Karimov, Erkin Karimov, Ahmad Aliyev, Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T.Malikning romanlari, O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, YEshbek, X.Do‘stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Prezident I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida yuqorida nomlari zikr etilgan adabiyotshunos olimlardan biri - Ozod Sharafiddinovning hayoti va ijodiy faoliyatini “ma!naviy jasorat” deb baholagan edi. Bu davrda madaniy-ma’rifiy muassasalar ishida ham keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Hozirgi kunda mamlakatda aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari bilan bevosita shug‘ullanadigan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida 2143 ta klub, 87 ta muzey, jumladan, 18 ta tarixiy, 25 ta o‘lkashunoslik, 10 ta badiiy, 16 ta memorial va 18 ta boshqa yo‘nalishdagi muzeylar va 60 dan ortiq madaniyat va istirohat bog‘lari hamda 37 ta professional teatr jamoalari faoliyat ko‘rsatib, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy islohotlarni aholi o‘rtasida tushuntirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Millatning o‘zini anglashda, milliy, tarixiy qadriyatlarni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Shu jihatdan, Prezident I.A.Karimovning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni muzeylar ishlarini rivojlantirishda dasturilamal rolini bajarmoqda. “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ning qurilib, ishga tushirilishi, “O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi”, “Xalq amaliy san’ati muzeyi”ning qayta jihozlanishi buning dalilidir. Hozirgi kunda davlat qaramog‘ida muzeylar 81 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi tarix, 23 ta o‘lkashunoslik, 10 ta badiiy san’at, 20 ta memorial, 8 ta adabiyot, 4 ta tibbiyot muzeylaridir. Shuningdek, mamlakatning shahar va tumanlarida 510 ta muzey xalqning boy tarixiy madaniy xazinalarini namoyish etib, ular kishilarni, yosh avlodni ma’naviy ma’rifiy jihatdan tarbiyalashga o‘zlarining hissalarini qo‘shib kelmoqda. Toshkentning 2200 yillik yubileyi Vatan mustaqilligi bayrami bilan birgalikda nishonlanishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor edi. Chunki, Toshkentning tarixi va bugungi hayoti yurt tarixi va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq. YUNESKO Bosh konferensiyasining Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi 2007-yil 2-noyabrdagi 34-sessiyasida qabul qilingan qarori jahon hamjamiyati tomonidan O’zbekiston tarixining, qadimiy shahaming dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasining o‘ziga xos e’tirofi bo‘ldi. Prezident LKarimovning 2008-yil 2-apreldagi “Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan amalga oshirilgan ishlar, yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri hukumatning yuksak mukofoti - “Mustaqillik ordeni” bilan mukofotlanishi poytaxt shaharning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi va salohiyatini yanada yuksaltirish, uning xalqaro miqyosda yanada ulug‘vorlik kasb etishiga xizmat qildi.


Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin