Ijtimoiy fanlar fakulteti


Kurs ishining maqsad va vazifalari sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə2/9
tarix22.09.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#146718
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Mustaqillik yillarida ma`naviy va ma`rifiy hayot

Kurs ishining maqsad va vazifalari sifatida quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi: milliy g‘oyaning shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va negizlarining xalqimiz hayotida tutgan о‘rni va rolini о‘rganish, О‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oya va mafkuraning ahamiyatini ochib berishdir.
Milliy g‘oyaning shakllanish va rivojlanish tarixi va nazariyasi bilan bog‘liq asosiy tushuncha va tamoyillar asosida yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning milliy g‘oyaga bо‘lgan ishonch va e’tiqodini mustahkamlash, Vatanga sadoqat va xalqqa hurmat ruhini oshirish, yoshlarning ogohligini va sezgirligini kuchaytirish hamda ularni huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yо‘lida birlashtirish va safarbar etish.
Kurs ishining o‘rganilganlik darajasi. Milliy g‘oyaning tarixiy ildizlari xalqimizning uzoq о‘tmishiga borib taqaladi. Zero, milliy g‘oya tarixi о‘zbek xalqi tarixi bilan chambarchas bog‘liq.О‘zbekistonda hozir shakllanib, rivojlanayotgan milliy g‘oya asosida yurtimizda ming yillar davomida paydo bо‘lgan sivilizatsiya (lotincha - fuqaroviy, ijtimoiy) muhim ahamiyat kasb etadi. «Hozir О‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz, - deydi I.Karimov, - nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bо‘lganini butun jahon tan olmoqda»3.
Shu bois yoshlarimizga о‘zbek xalqining rivojlanish tarixini о‘rganish jarayonida о‘zbek xalqining qadim-qadimdan Turon, Turkiston deb atab kelingan kо‘hna zaminning minglab yillar davomida yashab kelayotgan va о‘z tarixiy takomilida о‘nlab saltanatlar qurgan haqiqiy egalari ekanligini, bu Turon-Turkiston О‘zbekiston qadim madaniyat beshiklaridan biri ekanligini, hozirgi zamonaviy fan va texnikaning poydevori shu yerda yaratilganligini anglamog‘imiz va yoshlarga ham anglatmog‘imiz zarur. «Biz kim, mulki Turon, amiri Turkistonmiz, biz kim millatlarning eng qadimi va ulug‘i - turkning bosh bо‘g‘inimiz» - Sohibqiron Amir Temurning buyukligi zamirida ana shunday milliy о‘zlikni anglash, tarixiy xotira yotgan bо‘lsa ajab emas. Zero, milliy his-tuyg‘u va mustahkam e’tiqod - insoniy va milliy kamolotning ikki qanotidir. Tо‘maris momomiz va Alp Ertо‘nga bobomizdan to Abdulla Qodiriy va Ozod Sharafiddinovgacha yengilmas kuch-qudrat ato etgan narsa milliy his-tuyg‘u va e’tiqodiy ruhdir, desak xato qilmasmiz.
Darhaqiqat, insoniyat ibtidosi, binobarin, g‘oya va mafkuralar ibtidosi ham, Qadimgi Sharqdan boshlanadi. «Sharq» va «G‘arb» atmalari odatda jug‘rofiy atamalar sifatida idrok etilsa-da, aslida ikki xil madaniy-ma’naviy an’analarni ham ifodalaydi. Qadimgi yunonlar Osiyo qit’asining g‘arbiy yarim orolini о‘zlarining afsonaviy qahramoni nomi bilan Yevropa deb ataganlarida ana shu madaniy-ma’naviy о‘ziga xoslik omiliga asoslangan edilar. Asl Qadimgi Sharq - bu Qadimgi Turon, Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoy mamalakatlaridir. Qadimgi Misr, Qadimgi Vavilon kabi mamlakatlar nafaqat jug‘rofiy jihatdan, balki madaniy-ma’naviy jihatdan ham Sharqqa nisbatan G‘arbga yaqindir, yevropaliklar bu mintaqani «Yaqin Sharq» deb ataganlarida tamomila haqdirlar; zero, G‘arb madaniyatining poydevori sanalgan qadimgi yunon madaniyati asosan misrliklar va vavilonliklar madaniyati asosida shakllangandir.
Mustaqillik yillarida О‘zbekiston jamiyati oldida turgan eng katta vazifa - barpo etilishi lozim bо‘lgan davlatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy qiyofasini aniqlash edi. Pirovard natijada bunday qiyofaning chizgilari yuzaga keldi. «Bizning bosh strategik maqsadimiz - bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Yurtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun, millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta’minlash davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu - xalqimizning asriy an’analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, rivojlangan davlatlarning tajribalaridan kо‘r-kо‘rona nusxa kо‘chirmasdan, о‘zimizga xos va о‘zimizga mos rivojlanish yо‘lini izchil davom ettirish demakdir»4.

Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin