30
ishonch hissini beradigan doʻstona muhitni va ular oʻzlari
oʻrganishlari kerak boʻlgan narsa yoki hodisa
orqali ularni jamoada
birlashtira olishi kerak. Aynan shu usul orqali taʻlim beruvchi va
taʻlim oluvchilar oʻrtasidagi «toʻsiq» yoʻqotiladi. Masalan,
bolalarga
oʻzlari haqida gapirib berish taklif qilinadi. Shu bilan yaxshi muloqot
oʻzaro hamkorlikka sharoit yaratiladi. Bolalar oʻrtasida muzokaralar
va muloqot muhiti yangi doʻstona muhit yaratiladi.
“Galereyaga sayr”
«Galereya» usuli kichik guruhlarda
birdaniga bir nechta
masalani muhokama qilish imkonini beradi. Bunda guruhning har bir
aʻzosi barcha taklif etilgan masalalar muhokamasida ishtirok etishi va
oʻz fikrini taklif qilishi mumkin. Tarbiyachi har bir faoliyat markaziga
qandaydir masalani yechish vazifasini beradi. Misol uchun mavzuiy
rejada tayyorlov guruhlari uchun yanvar oyida hafta mavzusi “Qishki
oʻyin-kulgular” berilgan. Ushbu mavzu
yuzasidan turli markazlarda
bolalarning qiziqarli faoliyati tashkil etilishi mumkin.
1-qadam.
Tarbiyachi “Til va nutq” markazida qishki oʻyin-kulgular
aks etgan syujetli rasmni qoʻyib, bolalarga hikoya tuzish vazifasini
beradi.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida
geometrik
shakllardan foydalanib, qish manzarasini hosil qilish
vazifasini qoʻyadi. Sanʻat
markazida esa, “Qishki oʻyin-kulgular”
mavzusida birgalikda rasm chizish vazifasini beradi.
Dostları ilə paylaş: