Qozogʻistonning taʻlim tizimi. Maktabgacha taʻlim.
Shaxsning
shakllanishida, jamiyatda oʻrnini topa olishida va uning rivojiga
qoʻshadigan hissasida erta yoshdagi taʻlimning ahamiyati katta.
Ommaviy axborot vositalarida koʻp takrorlanadigan “barkamol avlod”
kabi ideal maqsadga erishish uchun aynan shu narsa zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning taʻlim darajasi umumiy oʻrta
taʻlim darajasidan ancha farq qiladi. Barkamol avlodni yetishtirish
oʻrta maktabdan emas, maktabgacha boʻlgan davrdan boshlanadi.
Qozogʻiston
Respublikasi
hukumatining
taʻlim
tizimini
rivojlantirishga qaratilgan siyosati ana shunday maqsadli yoʻnalishda
davom etmoqda. Mamlakatda yangi loyihalar yoʻlga qoʻyilib, uning
muvaffaqiyati davlat va jamiyatning tizimli yondashuvini talab
qilmoqda. Mazkur loyihalarga mamlakatning keng jamoatchiligi jalb
qilingan.
1994-yilda Qozogʻiston taxminan 3,2 million oʻquvchi tahsil
oladigan 8575 boshlangʻich va oʻrta maktabga (birdan oʻn bir
sinfgacha) va qariyb 222000 oʻquvchiga ega boʻlgan 244 ta maxsus
oʻrta maktabga ega edi. 1992-yilda muvofiq yoshdagi bolalarning
taxminan 51 foizi Qozogʻistondagi 8500 ga yaqin maktabgacha taʻlim
muassasalarida tahsil olishgan.
36
Qozogʻiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
bolalar
bogʻchaning maktabgacha taʻlim olish huquqini himoya qiladi.
Bolalar odatda 5 yoshida bolalar bogʻchasiga boradilar. 2004-yil
hisobidan mamlakatda 83 ta davlat, 4 ta Taʻlim vazirligi tertakrufidaga
va 13 ta xususiy bogʻchalar mavjud boʻlib, shundan 63% yaʻni
135856 nafar bolalar (5-6 yoshli) bogʻchalarda taʻlim olgan. Hammasi
bolalar bogʻchalarida qozoq va rus tillari oʻrgatiladi.
Qozogʻistonda ota-onalar, shu jumladan, yosh onalar, erta
yoshdagi taʻlim va rivojlantirishning ahamiyatini keng miqyosda
targʻib etiladi. Maʻlumki, kichik yoshdan boshlab bolalar bilan
koʻproq vaqt oʻtkazish, oʻqish, qoʻshiq aytishni oʻrgatish va ijodiy
faoliyat bilan shugʻullantirish ular rivojlanishiga ijobiy taʻsir
koʻrsatadi.
Ota-onalarning
bunday
yondashuvi
MTMlarda
pedagoglarning faoliyati bilan birlashganda, bolalar rivojlanishida
ancha samarali natijalarga olib kelishi mumkin. Bu borada shahar va
qishloq joylarda davlatning qoʻllab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega.
Mamlakatda koʻplab ayollar turmushga chiqqanidan soʻng uy-roʻzgʻor
ishlariga koʻp jalb qilinadi. Aksariyat hollarda yosh oilalar keksa ota-
onasi bilan birga yashaydi. Uy-roʻzgʻor ishlarini taqsimlashda, yosh
onalarning bola tarbiyasi va rivojlanishi uchun vaqt ajratishida katta
yoshlilarning roli katta. Qaynonalar nevaralarini erta yoshdan
rivojlantirish va kelinlariga ushbu muhim maqsadni amalga oshirishda
yordam berishadi. Shu bois bolalarni tarbiyalashda asosiy manba
sifatida maktabgacha taʻlim tashkilotlarigina emas, balki oila ham
muhim omillardan sanaladi. Bu esa bolalarni erta yoshdan tarbiyalash
faqat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida emas, balki yosh onalarning
ijtimoiy hayotda faol boʻlishiga koʻproq imkon beradi. Natijada,
oilaning farovon turmush tarzi va moliyaviy sharoitining yaxshilanishi
ehtimoli ham oshadi.
Qozogʻiston Respublikasi savodxonlik darajasi 97 foizni tashkil
etadi, bu rivojlanayotgan mamlakatlar koʻrsatkichidan ham yuqori.
Qozogʻiston Respublikasi Taʻlim va fan vazirligi milliy darajada
taʻlim
uchun
javobgar
hisoblanadi.
Vazirlik,
shuningdek,
markazlashtirilgan xususiy va mintaqaviy taʻlimni, shuningdek,
viloyatlardagi taʻlim organlarini ham nazorat qiladi. Zamonaviy
Qozogʻistonda taʻlimning bir necha darajasi mavjud. U maktabgacha
yoshdan boshlanadi, keyin oʻrta, oliy va aspiranturaga oʻtadi.
Anʻanaviy tizimda guruhlar yoki sinflar alohida emas, aralashtiriladi.
37
Ikkala jinsning talabalari bu yerda birga oʻqishadi. Haqiqatan ham
alohida mashgʻulotlarning alohida holatlari mavjud. Bu eksperimental
mashgʻulotlar, qozoq-turk litseylarida, harbiy maktablarda guruhlar
shaklida namoyon boʻladi.
2010-yilda
Budapeshtda
Qozogʻistonning
Boloniya
deklaratsiyasiga qoʻshilishi haqida yakuniy qaror qabul qilingan.
Qozogʻiston Yevropa taʻlim tizimining toʻlaqonli aʻzosi sifatida tan
olingan Markaziy Osiyodagi ilk davlat hisoblanadi. Boloniya
jarayoniga qoʻshilgandan soʻng Qozogʻiston oliy taʻlim tizimida
quyidagi katta oʻzgarishlar roʻy berdi:
– Qozogʻiston universitetlari hozirda dunyodagi 650 dan ortiq oliy
oʻquv yurtlari tomonidan imzolangan Buyuk Xartiyaga qoʻshildi va bu
mahalliy taʻlimni Yevropa standartlariga yaqinlashtirdi.
– Boloniya deklaratsiyasi tamoyillari asosida bakalavr — magistr —
doktorlik dissertatsiyasining uch bosqichli modeliga oʻtish amalga
oshirildi.
–
Oliy
taʻlim
tashkilotlarining
taʻlim
jarayoniga
ilgʻor
texnologiyalarga asoslangan taʻlim tizimi joriy etildi: barcha oliy
taʻlim tashkilotlarida kreditlash texnologiyalari joriy etildi, 38 ta ikkita
diplomli taʻlim, 42 ta masofaviy taʻlim yoʻlga qoʻyildi. Dublin oʻquv
dasturi deskriptorlariga muvofiq, modulli taʻlim dasturlari, sillabuslar
ishlab chiqilyapti, malakalar kvalifikatsiyasining milliy dasturi
yaratildi.
– «ECTS» (Yevropa Kredit Transfer) tizimi joriy etildi, «ECTS»
qoidalarini qabul qilish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar qabul qilindi
(bu
qoʻllanma
2015-yilning
14-15
may
kunlari
Yevropa
mamlakatlarining taʻlim vazirlari konferensiyasida tasdiqlangan).
– Xorijiy pedagoglar va maslahatchilarni taklif qilish davlat
buyurtmasi doirasida va universitetlarning budjetdan tashqari
jamgʻarmalari hisobidan amalga oshirilyapti. 2009-yildan 2014-
yilgacha boʻlgan davrda 6927 nafar xorijiy olim va maslahatchi taklif
qilindi.
Bugungi kunga kelib Qozogʻistonning 19 mingga yaqin fuqarosi
dunyoning 35 mamlakatida taʻlim olishyapti va taʻlim, ilm-fan
sohasidagi hamkorlik har yili kengayib bormoqda.
Chet elda talabalarni oʻqitish quyidagicha amalga oshiriladi:
-
Qozogʻiston Respublikasi “Bolashak” xalqaro stipendiyasi yordamida
xalqaro taʻlim almashuvi;
38
-
chet el hukumatlari va xalqaro tashkilotlarning stipendiyalari
asosidagi taʻlim;
Hozirgi kunda Qozogʻistonning 50 dan ortiq universitetlari
Buyuk Britaniya, Irlandiya, Ispaniya, Chexiya, Germaniya, AQSh va
boshqa yetakchi davlatlar universitetlari bilan ikki diplomli daraja
sistemasida taʻlim olib bormoqda.
Taʻlim sifatini taʻminlash borasida xalqaro hamkorlikni
ragʻbatlantirish uchun Qozogʻiston Respublikasi Taʻlim va fan
vazirligi tomonidan Akkreditatsiya agentliklari milliy reyestri tashkil
etildi. Bu reyestr Qozogʻiston Taʻlim sifatini nazorati boʻyicha
mustaqil agentligi (IQAA) bilan birgalikda 8 ta xorij agentliklarini oʻz
ichiga oladi va ular birgalikda qiyosiy mezon va metodologiyani
ishlab chiqish uchun hamkorlik qiladilar. 2009-yildan 2015-yilgacha
boʻlgan vaqt oraligʻida IQAA 50 ta universitetni va 1100 dan ortiq
dasturni institutsional akkreditatsiyadan oʻtkazdi, bunda dunyoning 25
mamlakatidan 153 xorijiy ekspert, 1100 nafar mahalliy ekspert, shu
jumladan, 190 talaba va 200 dan ortiq ish beruvchilar jalb qilindi.
Agentlik oliy taʻlim sifatini taʻminlash uchun akkreditatsiya
standartlarini Yevropa oliy taʻlim sohasidagi mavjud standartlar va
qoʻllanmalar bilan muvofiqlashtirish ustida ishlamoqda.
Qozogʻistonda Respublika Taʻlim va fan vazirligi qoshida
Boloniya jarayoni va akademik mobillik markazi amaliyot olib boradi.
Uning asosiy maqsadi oliy taʻlim tizimining raqobatbardoshligini
taʻminlash maqsadida Qozogʻiston Respublikasida mamlakat va
Universitet
darajalarida
Boloniya
jarayonining
kelishilgan
prinsiplarini toʻgʻri va toʻliq amalga oshirishga koʻmaklashishdan
iborat.
Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori
pogʻonasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi,
hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilish imkoniyatini beradi. Shu
bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo
tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni
bir-biriga boʻysundirishga, bilimlar chegarasidagi boʻshliqlarni
chegaralashga imkon beradi. Shu sabali taʻlimda xorijiy davlatlar
tajribasini oʻrganish ham maktabgacha taʻlim tizimiga yangiliklarni
qoʻllashda muhim sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |