110
solishda eng zaruriy ish vazifasi hisoblanadi. Bolada soʻzlashuv
nutqini shakllantirish - bu boshqalarning nutqini tinglash va
tushunish, soʻzlashishni
quvvatlash, savollarga javob berish va
soʻrashdir (savollar berish). Bola soʻzlashuv nutqining
rivojlanganlik darajasi uning lugʻat boyligiga,
tilning grammatik
tomonini egallaganligiga bogʻliqdir. Bolani soʻzlashuv nutqiga
oʻrgatish uning madaniy nutqni egallaganlik darajasiga ham
bogʻliqdir.
5.
Hikoya qilishga (monologik nutqqa) oʻrgatish
. Monologik
nutq boladan oʻz fikrini tushunarli va
izchil bayon qilishni talab
etadi, bunday nutq turini esa bola 6 - 7 yoshda egallay
boshlaydi. Chunki bu yoshda mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi,
bolada katta soʻz boyligi toʻplanadi, tilning grammatik qurilishini
egallab oladi.
4.5.1-rasm. Hikoya qilishga (monologik nutqqa)
oʻrgatishda rasmli ketma-ketlikdan foydalanish tartibi
111
Nutqning monologik shakli bolalarga koʻrgan
narsalari haqida
batafsil va izchil soʻzlab berishga, oʻz fikrlarini toʻgʻri tuzilgan
jumlalar orqali bayon qilishga imkon beradi. Bogʻlangan nutq
(monologik nutq) bolada boshqalarning hikoyasini tinglashga va
uni
tushunishga, qisqa, oʻzlariga tanish boʻmagan voqeani qayta
hikoya qilib berishga, ertakda ishtirok etuvchi qahramonlarning
gaplarini ifodali aytib bera olish malakasining shakllanishiga
yordam
beradi. Bolalar rasmda tasvirlangan narsalar, oʻz hayotiga doir
voqealar haqida oddiy hikoyalar tuzishga, koʻrgazmali
qurolsiz,
mustaqil tarzda hikoya toʻqishga oʻrgatiladi. Bolalarni hikoya
qilishga oʻrgatish ularning aqliy rivojlanishiga yordam beradi, fikr
yuritish doirasi kengayadi, diqqat,
tafakkur kabi psixologik
jarayonlar rivojlanadi, nutqi ifodali boyib boradi, bolada oʻzini
tutish va jamoa oldida soʻzlay olish malakasi hosil boʻladi.
Dostları ilə paylaş: