107
etadi. Oilada bolalarni amaliy ishlarni hal etishga jalb qilish, ularga
vaqti-vaqti bilan turli topshiriqlar berish, oʻyinchoq va kitoblarni
yigʻishtirish, oʻz oʻrnini solish va yigʻishtirish, oʻsimlik va uy
hayvonlarini parvarish qilish, suv, gaz, elektr energiyasi, pul, kiyim-
kechak va boshqa jihozlardan oqilona foydalanish atrof-olam bilan
tanishtirish asosida oʻrgatib boriladi va bolalarni bunday bilimlar bilan
qurollantirish, ularning kelajagini taʻminlashdagi vosita hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni moddiy resurslar bilan
tanishtirganda tabiiy resurslar - yer, suv, yer osti va usti boyliklari
bularning barchasi tabiat neʻmatlari ekanligi, ulardan oqilona
foydalanish, suvning inson hayoti uchun zaruriy jihatlari, ichimlik
suvi uni isrof qilmaslik, oʻlkamizdagi barcha boyliklarni asrab-
avaylash kerakligi, tevarak-olam bilan tanishtirish mashgʻulotidan
tashqari tabiat, matematika, nutq oʻstirish va boshqa pedagogik
jarayonlarda oʻrgatib boriladi. Inson mehnati bilan yaratilgan bino
inshootlar, mashina va mexanizmlar va barcha mahsulotlar bu moddiy
mahsulotlar ekanligi tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolalarni mehnat
resurslari ular kim tomonidan tashkil etilganligi, kimlarning mehnat
qilib mahsulot ishlab chiqarishi, dala, fermer xoʻjaligidagi kattalarning
ishbilarmonlik bilan boshqara olish qobiliyatlari bilan tanishtiriladi
.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda quyidagilar ustuvor
hisoblanadi:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jamiyatni har tomonlama
rivojlantirish tamoyillari va qonuniyatlari bilan tanishtirish orqali
ularni atrof-olam haqidagi bilimlar bilan qurollantirish;
2. Atrof-olam haqidagi tushunchalar mazmunini anglash, oʻz
kundalik faoliyatida ongli ravishda qoʻllay olish malakalarini
shakllantirish;
3. Bolalarda ilmiy tafakkur elementlarini shakllantira borib ularda
turli muammolarni tahlil qilish, farqlay olish, isbotlay olish va
umumlashtirish koʻnikmalarini tarkib toptirish;
4. Oʻqitishning zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllaridan
foydalanish.
Atrof-olam bilan anishtirish mashgʻulotlarida bolalarga jamiyat
hayotida boʻlayotgan jarayonlarga befarq boʻlmaslik, ona vatani
ravnaqiga munosib hissa qoʻshish, tabiat neʻmatlarini avaylab ishlatish
koʻnikmalari aynan atrof-olam bilan tanishtirish davomida amalga
oshirilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: