qilayotgan bo‘lsa ham tanbeh bermaslik, o ‘z taassurotlarini,
fikrlarini
ko‘rik tugagandan so‘ng bolalar ishtirokisiz aytish mumkinligi kabi odob
qoidalariga rioya qilishni iltimos qilinadi.
Ochiq eshiklar kunini o ‘tkazishga tayyorlanayotganda fotosuratchini
taklif etish, keyinchalik esa «Ota-onalar bizning mehmonimiz» yoki
«Bizda ochiq eshiklar kuni» mavzuida fotoko'rgazma tashkil etish
mumkin. Bu ko‘rgazma maktabgacha ta’lim muassasasiga shu kun tashrif
buyurmagan ota va onalarda ancha qiziqish uyg‘otadi.
Bolalarni tarbiyalash san’ati haqida m a’ruza va suhbatlar siklini
tashkil etish mumkin. Masalan, respublikamiz,
viloyatlar, tumanlar
va mahalladagi namunali oilalardan tanlab olib, oilalarda ota-onalar qa-
rashidagi birlik, o‘zaro munosabatda rostgo'ylik. samimiylik va mehnat-
sevarlik yuqori axloqiy g‘oyalarni shakllantiradi mazmunidagi
suhbat va
m a’ruzalarni o‘tkazib turish samara beradi.
Ota-onalar bilan maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining
birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va uning mazmuni maktabgacha
tarbiya muassasasi ishlayotgan sharoitlarga bog‘liqdir. Birgalikdagi
faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda o‘zaro yordam, bir-
birini tushunish, topshirilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida ota-onalar va boshqa oila a’zolari
uchun o ‘tkaziladigan kechalar mavzuli xarakterga ega bo‘lib. «Musiqa va
hayot», «Bola hayotida kitob», «Bola va tabiat» kabi mavzulami tanlash
mumkin. Hamkorlikning bu shaklining o'ziga
xosligi shundaki, unda
qisqacha axborotdan so‘ng yig‘ilganlarga bolalarning, maktabgacha ta’lim
muassasasi xodimlarining, ota-onalaming badiiy chiqishiarini ko‘rish
tavsiya qilinadi. Masalan, musiqiy rahbarning chiqishidan so‘ng bolalar
o ‘zlari o‘rgangan ashula, o‘yinlarni bajarishadi, sahnalar ko‘rsatishadi
yoki biror ertak sahnalashtiriladi.
Bunday kechalar uchun «Bolani qanday sevish kerak?», «Bolalar
tarbiyasida otaning roli», «Biz o ‘z bolalarimizni bilamizmi?», «Savol va
javoblar kechasi» va hokazo mavzularni tanlash mumkin.
Ota-onalarning bolalar yozuvchilari,
shoirlari, bastakorlari bilan
uchrashuvlari foydalidir. Oila bilan ishlashning og‘zaki jurnal. yumaloq
stol atrofida uchrashuv kabi shakllari yaxshi natija beradi, bunda pedagog,
shifokor, huquqshunos va hokazolar ishtirok etadilar. Bolalar tarbiyasida
zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ota-onalarga yordam
berish maqsadida ular uchun qisqa muddatli to‘garaklar
tashkil etilib,
274
undagi mashg‘ulotlarda bolalar kiyimini bichish va tikishni, to‘qisbni,
turli xil ovqatlar tayyorlashni o ‘rganishadi. Ular bilan bolalar ashulalari
o‘rganiladi, yasama o‘yinchoqlar tayyorlash san’ati o'rgatiladi va hokazo.
Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan savol va javob kechalari, ochiq
eshiklar kunlari diqqatga sazovordir. Ota-onalarni
tanlov xarakteridagi
tashkiliy-pedagogik ishlarga jalb qilish, masalan, yumshoq o‘yinchoq
tayyorlash, suv va qum bilan o ‘ynash uchun o‘yinchoqlar yasash, syujetli-
rolli o'yinlar, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tay
yorlash muhim tadbirlardir.
Bunday tanlovlar yillik rejada o ‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak.
Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar majlisida muhokama qilish va
m a’qullatib olish kerak.
Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilib, ish joylariga
m a’lum qilish kerak, bundan ular m a’naviy qoniqish oladilar.
Bunday ishlami o ‘tkazishda katta yoshdagilarni
ham yoddan chiqar-
maslik kerak. Buvi va buvalarning amaliy maslahatlari, ularning boy
hayotiy tajribalari yosh ota-onalar uchun ham, tarbiyachilar uchun ham
qimmatlidir.
Dostları ilə paylaş: