minlash kabi sotsial-psixologik masalalarni
hal qilish uslubchi uchun
birmuncha murakkablik qiladi.
Uslubchi maktabgacha bolalar muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy ishga
uslubik rahbarlikni amalga oshiradi.
«Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi»ning baja-
rilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning to‘g ‘ri
uyushtirilishi uchun javobgar;
ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pe
dagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
maktabgacha bolalar muassasasidagi uslubik xonaning ishini tashkil
qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yin-
choqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni propaganda qilish, turli yosh
guruhlari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha
bolalar muassasasi va
maktab ishida ketma-ketlilikni ta’minlash bo'yicha ishni uyushtiradi.
Uslubchi shuningdek pedagogik kengashni tashkil etadi va borish
jarayonini kuzatib boradi. Pedagogik kengash-jamoa pedagoglari fikrini
ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta ’lim-tarbiyaviy masalalarni
kollegial ko‘rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, uslubik mahorat
maktabi va ilg‘or tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri
pedagogik kengash raisi
hisoblanadi.
Pedagogik kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib bori
ladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo‘l-
larini izlash; muassasa ish praktikasiga pedagogika fanining yutuqlari va
ilg‘or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilaming pedagoglik
mahoratini oshirish, ularning ijodiy aktivligiii rivojlantirish kiritiladi.
Pedagogik kengash xalq ta’limi Vazirligi, Xalq ta ’limi Davlat komi-
tetining maktabgacha ta’lim bo'yicha buyruq,
instruksiya, nizom va
boshqa normativ hujjatlarini; maktabgacha ta’lim muassasasining yillik
ish rejasini; bolalar sog'ligini mustahkamlash tadbirlarini;
har bir yosh
guruhlari bo'yicha «Uchinchi ming yillikning bolasi» Davlat Dasturining
sifatli bajarilishi jarayonini; ish praktikasiga joriy qilish maqsadida tarbi-
yachilarning ilg'or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim
va tarbiya berishning aktual masalalarini, tarbiyachilaming nazariy va
uslubik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va maktabgacha ta’lim
muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
243
Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni
qiziqtiruvchi tematikaning kengligini, aktualligini ta ’minlash zarur. Faqat
shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar
muhokamasi sermahsul va aktiv bo‘ladi.
Pedagogik kengash tarkibiga:
uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rah-
bari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi vrach, katta
hamshira, kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, ota-onalar qo‘mitasining
raisi kiradi. Pedagogik kengash yig‘ilishiga jam oat tashkilotlarining
vakillari, maktablar o ‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning
yillik ish rejasiga
kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja
bo‘yicha ishlaydilar.
Maktabgacha ta ’lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan pe
dagogik Kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar,
homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta ’lim
Davlat talablari asosida
muvofiqlashtirilgan ta ’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat
qiladi.
Pedagogik Kengash maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta ’lim-tarbiya
jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan
organ hisoblanadi.
Pedagogik Kengash o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, «Ta’lim to ‘g ‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash mil-
liy dasturi», 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-
yil 25-oktabrdagi «Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy
hujjatlarni tasdiqlash to ‘g ‘risida»gi 225-sonli qarori, muassasa Ustavi va
mazkur Nizom asosida olib boradi.
Xalq ta’limi vazirligining 2012-vil 14-iyundagi 186-sonli buyrug‘iga
muvofiq uslubchianing malaka tavsiflari quyidagicha qilib belgilandi:
Lavozim vazifalari:
• maktabgacha ta ’lim muassasasi jamoasi o‘quv - tarbiyaviy faoliya-
tiga uslubik rahbarlik qilish;
• barcha yosh guruhlarida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlari-
ning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
• tarbiyachi va tibbiy hodimlar ishini yo ‘naltirish, nazorat qilish. be-
vosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga za
rur uslubik yordam ko'rsatish;
244
• maktabgacha ta’lim muassasida qabul qilingan buyruqlaming baja-
rilishini nazorat qilish;
• ota-onalar orasida pedagogik bilimlaming tashviqotini ta’minlash
va boshqalar
Bilishi lozim:
• ta’lim
tizimiga tegishli qonunlar, hukumatning tegishli qarorlari,
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlami
• maktabgacha yoshdagi bolalami rivojlanishiga qo‘yilgan davlat ta-
lablari, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi va boshqalar.
Malaka talablari:
• o ‘z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy m a’lumot
va kichik yoshdagi bolalami tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik;
• xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot-kom-
munikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
• uch yildan kam bo'lmagan ish staji.
Dostları ilə paylaş: