rr
.
Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini
Ta lim-tarbiva
,
. .
,
, . ,
. , , .
. . .
. .
. .
" . .
, umuman va har bir yosh guruhida reialashti-
lshlanni reialashtirish . , .
,
. .
nshnm g bevosita asosmi ta lim-tarbiya vazi
falari aniqlanib, bolalar faoliyatining har bir asosiy turiga doir ta ’
lim- tarbiyaviy ish mazmuni «Bolajon» dasturida ochib berilgan. Reja-
lashtirishda bu vazifa va mazmunlar yanada aniqlashtiriladi, ularni amal
ga oshirish vaqti va izchilligi belgilanadi.
Ta’limiy ishning mazmuni, uslubi va usullari hamda uni tashkil etish
turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, uslubi va usullari,
ularda madaniy-gigienik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati
va o'yinlariga rahbarlik usullari, bolalarning bo’sh vaqt va ko‘ngil
ochishlarini tashkil etish, shuningdek ota - onalar bilan ishlash turlari va
tabiati rejalashtirilishi lozim.
255
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta ’limiy ishni tashkil etishning
asosiy shakli m ashg‘ulotdir. Bunda o ‘qitish ta ’limiy ish masalalari,
voqelikning turli sohalari haqidagi bilimlami, aqliv va amaliy malakalar
va ko'nikmalarni. o ‘quv faoliyati, bolalar nutqini o'stirishning oddiy
asoslari va shu kabilami hal etishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Bu mazmun dastuming tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni
o‘stirish, oddiy matematik tasavvurlami rivojlantirish, rasm solish, loy va
plastilindan narsalar yasash, applikatsiya, qurish-yasash, musiqa ta’limi,
jismoniy tarbiya singari asosiy bo‘limlarida berilgan. Tegishli yo‘nalish
uslubikalarida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi maktabgacha ta’lim
muassasasisi va yosh guruhidagi muayyan ish sharoitlarini, bolalarning
ilgarilash daraja va sur’atlarini, ularni u yoki bu mazmunni egallashlarini
xisobga olib rejalashtirishda foydalaniladi. Masalan, bolalami tabiat bilan
tanishtirishga doir mashg‘ulotlar tizimi qishloq joy yoki katta shahar
markazida, shimoliy va markaziy mintaqada va boshqa respublikalarda
joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasisida turlicha bo‘ladi.
O'qitishning har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bi
limlami egallashning asosiy bosqichlari (boshlang‘ich idrok, bilim va ko‘-
nikmalarni kengaytirish va umumlashtirish, ulardan hayotda foydalanish
bilimlami yangi sharoitlarga ko‘chirish) hisobga olinadi. Rejada bilimlar
mazmunining takrorlanishi va ularni asta-sekin murakkablashtirilishi
nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga doir mashg'ulotlami rejalashtirishda
mazkur bo‘lim bilan bog‘langan asosiy ta’lim-tarbiyaviy masalalardan
tashqari dastuming boshqa bo‘limlaridan ayrim masalalarni ham kiritish
kerak. M ashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularning rivojlantiruvchi sama-
rasini ancha oshiradi. Ammo rejalashtirishda ta’limiy ishni qisman
birlashtirish ishning butun mazmunini jamlovchi yagona mavzu tusini
olmasligi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarixida o ‘rin tutgan
mavzuviy rejalashtirish, «tashkiliy momentlar»ga oid rejalashtirish
bilimlaming tizimliligi va bolalarning aqliy rivojlantirishni talab
darajasida ta’minlamagan edi.
Bolalami atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlarini
bolalarga nutq o ‘ stirish m ashg‘ulotlari bilan, shuningdek tasviriy faoliyat
mashg'ulotlari bilan aloqasini o ‘rnatish ayniqsa muhimdir.
Ta’limiy ish mashg‘ulotdan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin, meh-
natda ham davom ettiriladi. Kunning turli vaqtida (ertalab, sayrda) tarbi
yachi tabiat va ijtimoiy hayotning turli hodisalarini kuzatishni tashkil etadi.
256
Bu kuzatishlar ham rejalashtiriladi. Ular butun guruh bolalari bilan
yalpisiga, bolalarning kichik guruhlari bilan va yakka tartibda o ‘tkaziladi.
Tarbiyachi mashg‘ulotlardan tashqari bilimning u yoki bu bo‘limlariga
doir ayrim bolalar yoki bolalarning kichik guruhlari bilan ta’limiy ishni
rejalashtiradi va tashkil qiladi, Bu maqsadda didaktik o'yinlar, didaktik
materialli mashqlar (masalan, nutqning tovush madaniyatiga doir, ma-
tematik tasaw urlarini rivojlantirishga oid ish va boshqalar) dan foy-
dalaniladi.
Shunday qilib, rejada bolalar bilan ta’limiy ishning mazmuni ham, uni
tashkil qilish shakllari ham aks etadi.
Shaxsning m a’naviy fazilatlarini tarbiyalash ta’lim-tarbiyaviy ish
jarayonida: mashg‘ulotlar, o‘yinlar, mehnat va shu kabilarda hal qilinadi.
Shuning uchun m a’naviy tarbiya ishining mustaqil bo‘limi sifatida
rejalashtirilmaydi. Bu ishning vazifa, mazmun va uslublari bolalarning
asosiy faoliyat turlariga rahbarlikni rejalashtirishda ochib beriladi. Ammo
xulq-atvor malakalarini shakllantirish (masalan, atrofdagi kishilarga
muloyim va g‘amxo‘r munosabat, narsalarga tartibli va tejamkorlik
munosabati, madaniy-gigienik malakalar, o‘yin, kitob burchaklarida
tozalik va tartibni saqlash malakalari, o ‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish mala-
kalari va shu kabilar) bolalarning m a’lum harakat usullarini egallab olish-
larini nazarda tutadi. Malakalami tarbiyalash bevosita ta’sir usullari: hara
kat usullarini ko‘rsatish, mashq qilishlar, ya’ni o ‘rgatish, odatlantirish
orqali amalga oshiriladi, shuning uchun madaniy-gigienik malaka va
madaniy xulq-atvor malakalarini rejalashtirish mumkin va lozim. Ma
lakalar hajmi, ularni shakllantirish izchilligi, shuningdek, tarbiyachi
foydalanadigan o ‘rgatish usullari rejalashtiriladi.
Ertalabki soatda qilinadigan pedagogik ishning asosiy vazifasi bola-
larda tetik, quvnoq kayfiyat uyg'otishdir. Bunda bola faoliyati erkin bo‘-
ladi, bolaning istagi va qiziqishiga tayaniladi, faoliyatlaming shakli va
mazmuni qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi.
Tarbiyachi har kuni ertalabki soatda bolalarni birlamchi tibbiy
ko‘rik asosida qabul qiladi, ota-onalar bilan suhbat olib boradi, badan-
tarbiya mashqlarini o‘tkazadi. Lekin bu vazifalar kundalik faoliyatda aks
ettirilmaydi.
Kundalik faoliyat bayonida ertalabki soatda tarbiyachi bolalar bilan
belgilangan mavzu yuzasidan qisqa suhbat uyushtirishi ko‘rsatiladi, aso
siy o ‘rin bolalarning o'yin faoliyati uchun ajratiladi. Ijodiy o‘yinlami,
257
tinch o‘yinlarni (qurish-yasash, rasmli kitoblarni tomosha qilish) tashkil
etish rejalashtiriladi.
Rejada bolalarning mehnat faoliyati keng yoritiladi. Mehnat tarbiyasi-
ning to ‘rtta vazifalari besh kunga bo‘linib yoziladi. Navbatchilik har bir
kun uchun alohida rejalas-tirilmaydi. Rejada navbatchilikka yangilik
kiritilsa, navbatchilik vazifasi murakkablashtirilsa yoki sharoitlar o‘zgar-
sa. yangi mazmun alohida kiritiladi.
Bolalarning mustaqil faoliyati rejalashtirilmaydi, u bolaning qiziqi-
shiga va kayfiyatiga bog‘liq. Har bir bola erkin holda o‘zi istagan faollik
markazini tanlashi va u yerda ishlashi mumkin. Tarbiyachi bolalarni
kuzatishi va zarur holda unga yordam ko'rsatishi lozim.
M ashg‘ulotning maqsadida tarbiyachi bolalarga beriladigan ta ’lim
va tarbiya vazifalarini ko'rsatadi, bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim,
ko‘nikma va malakalarining hajmini aniq belgilaydi. M ashg‘ulotning bo-
rishi to‘liq yozilmay, manbaning muallifi, ishlanmaning betini ko‘rsatib
o ‘tish kifoya. So‘ngra zaruriy jihoz va ko'rgazmalarni ko‘rsatadi.
M ashg‘ulot ishlanmasi yozilgan uslubik qo‘llanma y o ‘q bo‘lsa, tarbiya
chi m ashg'ulot ishlanmasini yozishi lozim.
Tarbiyachining sayrdagi asosiy vazifasi bolalar uchun faol, mazmunli,
xilma-xil va qiziqarli faoliyatni tashkil etishdir. Sayr quyidagi tarkibiy
qismlarni o‘z ichiga oladi: 1) kuzatish; 2) harakatli o ‘yin; 3) ixtiyoriy
o'yinlar; 4) mehnat; 5) tinch o‘yin.
Kunning ikkinchi yarmi bolalar bilan yakka ishlash, xilma-xil o‘yin
faoliyati egallaydi: (ta’limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahna
lashtirilgan), ko‘ngilochar soatlar (har oyda 1-2 marta) rejalashtiriladi.
Tarbiyachi kechki sayrda ixtiyoriy kuzatish, ixtiyoriy o ‘yin va ota-onalar
bilan ish-lashni rejalashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |