Mana yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtisa
bilmayapti. Bolalar nima bilan shug‘ullanishini bilmaydilar, pedagog
esa guruhda intizomni, tartibni o‘rnatolmaydi. Uslubchi yoki bolalar
bog‘chasining mudiri bolalarning bunday xatti-harakatlari sababini
aniqlaydi: agarda bolalar bekorchilikdan to ‘polon qilayotgan bo'lsalar,
unda darhol ularga m a’qul keladigan mashg‘ulotlarni topish kerak
b o iad i. Bunday vaziyatlarda katta tarbiyachi tarbiyachiga bolalarning
xilma-xil faoliyatlariga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni,
ulami o ‘yinlar, mashg'ulotlarga jalb qilishni ko‘rsatadi. Ustalik bilan,
ularniig fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondashuvni amalga
oshirishga yordam beradi, qiynalayotgan va ishni yarim yo‘lda tashlab
ketmoqchi bo‘lganlarga maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko‘maklashadi,
bolalarga o‘z faoliyatlarini hamma narsani oldindan tayyorlab qo‘yib
uyushtirishni o'rgatadi: o‘yin uchun sherik topishda yordamdashadi.
Bunday ko‘rgazmali misol tarbiyachiga bolalarning faoliyatlarini to'g'ri
uyushtirishda yordam beradi.
Har bir yosh mutaxassis - ishni endi boshlayotgan yosh tarbiyachi
maslahatlar olib turishi uchun unga murabbiy-tajribaliroq va obro‘liroq
tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan
bo‘lmavdi. Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilg‘or
uslublari va usullarini egallashga, o ‘z bilimlarini doimo to ‘ldirib bori-
shga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya sirlarini egallash ishtiyoqini
singdirishga yo'llash
katta tarbiyachining
vazifasi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: