6)
tarbiyachi hamma bolalarning o'yinga qatnashishlari ustida g‘am-
xo‘rlik qilishi kerak. 0 ‘yinda ko‘pincha ular rol talashib bir-birlari bilan
kelisha olmay qoladilar. Bolalami bunday kelishmovchiliklarni haqqoniy
echishga o'rgatish lozim.
Sahnalashtirilgan о ‘yinlar
bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti
asosida m a’lum bir rolni bajarishiga, o‘yin jarayonidagi personajlaming
aytadigan so‘zlarining yod olinishiga asoslangan bo"lib. bolalarda iro-
da, intizom, o ‘z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amal
ga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Sah
nalashtirilgan o‘yinlami tashkil etish quyidagi bosqichlarni o ‘z ichiga
qamrab oladi:
I bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asami
tanlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) ertak yoki hikoyada
qatnashuvchilar soni ko‘p bo‘lishi kerak; 2) asaming nafaqat mazmuni,
balki unda harakatlarning ham turfa xil bo'lishiga e’tibor qaratish lozim;
3) asar ifodali o'qishga mos bo'lishi kerak; 4) asar mazmuni qiziqarli va
emotsional bo‘lishi zarur; 5) asar bolalarning yoshiga mos kelishi lozim.
II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning
mazmunini o ‘qib berish.
III bosqich. Asaming bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish:
qayta o'qib berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual
ish olib borish, rasmlar namoyish etish.
IV bosqich. 0 ‘yin qiziqarli o‘tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga
kerakli materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to’g'ri amalga
oshirish.
Sahnalashtirilgan o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga
olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo'naltirib borilishi maqsadga
muvofiq. Masalan, o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi
asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining
ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks
ettirilgan asarlar tanlanadi.
Bolalarning qurilish, buyum yasash o'yinlari rollarga bo'linib o ‘y-
naydigan o'yinning tarkibiy qismidir. Biror narsani qurish bolalarning
o 'z fikrlarini ro ‘yobga chiqarish usulidir.
Dostları ilə paylaş: