havoda, uyqudan keyin o ‘tkaziladi. Ertalab rolli o'yinlar, qurish-yasash,
harakatli o'yinlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Mashg'ulot o‘rtasida
harakatli, qoidali o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular asosan, mashg'ulotning
mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Sayr vaqtida ochiq havodagi o‘yinlardan
foydalaniladi. Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinlarga qurilish o ‘yinlari,
ertak bo'yicha qo'yiladigan o'yin, rolli, didaktik o'yinlar kiradi.
3. O 'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Peda
gogika fani o'yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisob-
laydi. O'yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko'nikma
va malakalari. harakat usullari, axloq m e’yorlari va qoidalarini, mulohaza
va muhokamalarini egallab oladilar. O'yinda bolaning o'z tengqurlari va
kattalar bilan bo'ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari
tarbiyalanadi.
4. O'yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning uslub va usulidir. O'yin
jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib bora-
di. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini
o'yinga qaratishi lozim. Bola o'ynayotganida kishilar mehnati, ularning
aniq harakatlari, munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri yetarli emasligini
sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi
bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik
kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o'yin bolalardagi bilim va tasavvurlami
mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to 'g 'ri rahbarligida uning tushun-
chalari kengayadi.
Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-Vatanga, o 'z xalqiga, boshqa
millat vakillariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi.
O'yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, rostgo'ylik, o'zini tuta bilishlik,
tashabbuskorlik kabi sifatlamitarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloq-
ni, ularning hayotga, bir-biriga bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi mak
tab vazifasini bajaradi. Tarbiyachi bolalarning o'yiniga rahbarlik qilayotib,
ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z
xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan
qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.
Dostları ilə paylaş: