Sh. Sodiqova


rr .  Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini Ta lim-tarbiva



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

rr

Maktabgacha ta’lim muassasasi ishini
Ta lim-tarbiva 

. . 

, . , 
. , , .
. . .
. . 
. . 
" . .
, umuman va har bir yosh guruhida reialashti- 
lshlanni reialashtirish . , . 

. .
nshnm g bevosita asosmi ta lim-tarbiya vazi­
falari aniqlanib, bolalar faoliyatining har bir asosiy turiga doir ta ’­
lim- tarbiyaviy ish mazmuni «Bolajon» dasturida ochib berilgan. Reja- 
lashtirishda bu vazifa va mazmunlar yanada aniqlashtiriladi, ularni amal­
ga oshirish vaqti va izchilligi belgilanadi.
Ta’limiy ishning mazmuni, uslubi va usullari hamda uni tashkil etish 
turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, uslubi va usullari, 
ularda madaniy-gigienik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati 
va o'yinlariga rahbarlik usullari, bolalarning bo’sh vaqt va ko‘ngil 
ochishlarini tashkil etish, shuningdek ota - onalar bilan ishlash turlari va 
tabiati rejalashtirilishi lozim.
255


Maktabgacha ta’lim muassasasida ta ’limiy ishni tashkil etishning 
asosiy shakli m ashg‘ulotdir. Bunda o ‘qitish ta ’limiy ish masalalari, 
voqelikning turli sohalari haqidagi bilimlami, aqliv va amaliy malakalar 
va ko'nikmalarni. o ‘quv faoliyati, bolalar nutqini o'stirishning oddiy 
asoslari va shu kabilami hal etishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Bu mazmun dastuming tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni 
o‘stirish, oddiy matematik tasavvurlami rivojlantirish, rasm solish, loy va 
plastilindan narsalar yasash, applikatsiya, qurish-yasash, musiqa ta’limi, 
jismoniy tarbiya singari asosiy bo‘limlarida berilgan. Tegishli yo‘nalish 
uslubikalarida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi maktabgacha ta’lim 
muassasasisi va yosh guruhidagi muayyan ish sharoitlarini, bolalarning 
ilgarilash daraja va sur’atlarini, ularni u yoki bu mazmunni egallashlarini 
xisobga olib rejalashtirishda foydalaniladi. Masalan, bolalami tabiat bilan 
tanishtirishga doir mashg‘ulotlar tizimi qishloq joy yoki katta shahar 
markazida, shimoliy va markaziy mintaqada va boshqa respublikalarda 
joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasisida turlicha bo‘ladi.
O'qitishning har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bi­
limlami egallashning asosiy bosqichlari (boshlang‘ich idrok, bilim va ko‘- 
nikmalarni kengaytirish va umumlashtirish, ulardan hayotda foydalanish 
bilimlami yangi sharoitlarga ko‘chirish) hisobga olinadi. Rejada bilimlar 
mazmunining takrorlanishi va ularni asta-sekin murakkablashtirilishi 
nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga doir mashg'ulotlami rejalashtirishda 
mazkur bo‘lim bilan bog‘langan asosiy ta’lim-tarbiyaviy masalalardan 
tashqari dastuming boshqa bo‘limlaridan ayrim masalalarni ham kiritish 
kerak. M ashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularning rivojlantiruvchi sama- 
rasini ancha oshiradi. Ammo rejalashtirishda ta’limiy ishni qisman 
birlashtirish ishning butun mazmunini jamlovchi yagona mavzu tusini 
olmasligi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarixida o ‘rin tutgan 
mavzuviy rejalashtirish, «tashkiliy momentlar»ga oid rejalashtirish 
bilimlaming tizimliligi va bolalarning aqliy rivojlantirishni talab 
darajasida ta’minlamagan edi.
Bolalami atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlarini 
bolalarga nutq o ‘ stirish m ashg‘ulotlari bilan, shuningdek tasviriy faoliyat 
mashg'ulotlari bilan aloqasini o ‘rnatish ayniqsa muhimdir.
Ta’limiy ish mashg‘ulotdan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin, meh- 
natda ham davom ettiriladi. Kunning turli vaqtida (ertalab, sayrda) tarbi­
yachi tabiat va ijtimoiy hayotning turli hodisalarini kuzatishni tashkil etadi.
256


Bu kuzatishlar ham rejalashtiriladi. Ular butun guruh bolalari bilan 
yalpisiga, bolalarning kichik guruhlari bilan va yakka tartibda o ‘tkaziladi.
Tarbiyachi mashg‘ulotlardan tashqari bilimning u yoki bu bo‘limlariga 
doir ayrim bolalar yoki bolalarning kichik guruhlari bilan ta’limiy ishni 
rejalashtiradi va tashkil qiladi, Bu maqsadda didaktik o'yinlar, didaktik 
materialli mashqlar (masalan, nutqning tovush madaniyatiga doir, ma- 
tematik tasaw urlarini rivojlantirishga oid ish va boshqalar) dan foy- 
dalaniladi.
Shunday qilib, rejada bolalar bilan ta’limiy ishning mazmuni ham, uni 
tashkil qilish shakllari ham aks etadi.
Shaxsning m a’naviy fazilatlarini tarbiyalash ta’lim-tarbiyaviy ish 
jarayonida: mashg‘ulotlar, o‘yinlar, mehnat va shu kabilarda hal qilinadi. 
Shuning uchun m a’naviy tarbiya ishining mustaqil bo‘limi sifatida 
rejalashtirilmaydi. Bu ishning vazifa, mazmun va uslublari bolalarning 
asosiy faoliyat turlariga rahbarlikni rejalashtirishda ochib beriladi. Ammo 
xulq-atvor malakalarini shakllantirish (masalan, atrofdagi kishilarga 
muloyim va g‘amxo‘r munosabat, narsalarga tartibli va tejamkorlik 
munosabati, madaniy-gigienik malakalar, o‘yin, kitob burchaklarida 
tozalik va tartibni saqlash malakalari, o ‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish mala- 
kalari va shu kabilar) bolalarning m a’lum harakat usullarini egallab olish- 
larini nazarda tutadi. Malakalami tarbiyalash bevosita ta’sir usullari: hara­
kat usullarini ko‘rsatish, mashq qilishlar, ya’ni o ‘rgatish, odatlantirish 
orqali amalga oshiriladi, shuning uchun madaniy-gigienik malaka va 
madaniy xulq-atvor malakalarini rejalashtirish mumkin va lozim. Ma­
lakalar hajmi, ularni shakllantirish izchilligi, shuningdek, tarbiyachi 
foydalanadigan o ‘rgatish usullari rejalashtiriladi.
Ertalabki soatda qilinadigan pedagogik ishning asosiy vazifasi bola- 
larda tetik, quvnoq kayfiyat uyg'otishdir. Bunda bola faoliyati erkin bo‘- 
ladi, bolaning istagi va qiziqishiga tayaniladi, faoliyatlaming shakli va 
mazmuni qiziqarli bo‘lishi ta’minlanadi.
Tarbiyachi har kuni ertalabki soatda bolalarni birlamchi tibbiy 
ko‘rik asosida qabul qiladi, ota-onalar bilan suhbat olib boradi, badan- 
tarbiya mashqlarini o‘tkazadi. Lekin bu vazifalar kundalik faoliyatda aks 
ettirilmaydi.
Kundalik faoliyat bayonida ertalabki soatda tarbiyachi bolalar bilan 
belgilangan mavzu yuzasidan qisqa suhbat uyushtirishi ko‘rsatiladi, aso­
siy o ‘rin bolalarning o'yin faoliyati uchun ajratiladi. Ijodiy o‘yinlami,
257


tinch o‘yinlarni (qurish-yasash, rasmli kitoblarni tomosha qilish) tashkil 
etish rejalashtiriladi.
Rejada bolalarning mehnat faoliyati keng yoritiladi. Mehnat tarbiyasi- 
ning to ‘rtta vazifalari besh kunga bo‘linib yoziladi. Navbatchilik har bir 
kun uchun alohida rejalas-tirilmaydi. Rejada navbatchilikka yangilik 
kiritilsa, navbatchilik vazifasi murakkablashtirilsa yoki sharoitlar o‘zgar- 
sa. yangi mazmun alohida kiritiladi.
Bolalarning mustaqil faoliyati rejalashtirilmaydi, u bolaning qiziqi- 
shiga va kayfiyatiga bog‘liq. Har bir bola erkin holda o‘zi istagan faollik 
markazini tanlashi va u yerda ishlashi mumkin. Tarbiyachi bolalarni 
kuzatishi va zarur holda unga yordam ko'rsatishi lozim.
M ashg‘ulotning maqsadida tarbiyachi bolalarga beriladigan ta ’lim 
va tarbiya vazifalarini ko'rsatadi, bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarining hajmini aniq belgilaydi. M ashg‘ulotning bo- 
rishi to‘liq yozilmay, manbaning muallifi, ishlanmaning betini ko‘rsatib 
o ‘tish kifoya. So‘ngra zaruriy jihoz va ko'rgazmalarni ko‘rsatadi. 
M ashg‘ulot ishlanmasi yozilgan uslubik qo‘llanma y o ‘q bo‘lsa, tarbiya­
chi m ashg'ulot ishlanmasini yozishi lozim.
Tarbiyachining sayrdagi asosiy vazifasi bolalar uchun faol, mazmunli, 
xilma-xil va qiziqarli faoliyatni tashkil etishdir. Sayr quyidagi tarkibiy 
qismlarni o‘z ichiga oladi: 1) kuzatish; 2) harakatli o ‘yin; 3) ixtiyoriy 
o'yinlar; 4) mehnat; 5) tinch o‘yin.
Kunning ikkinchi yarmi bolalar bilan yakka ishlash, xilma-xil o‘yin 
faoliyati egallaydi: (ta’limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahna­
lashtirilgan), ko‘ngilochar soatlar (har oyda 1-2 marta) rejalashtiriladi. 
Tarbiyachi kechki sayrda ixtiyoriy kuzatish, ixtiyoriy o ‘yin va ota-onalar 
bilan ish-lashni rejalashtiradi.

Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin