Sh. Sodiqova



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

o 'z
g‘oyaviy, m a’naviy-ma’rifiy, siyosiy, 
huquqiy saviyasini va mintaqaviylik mahoratini doimo ongli ravishda 
pedagogik bilimlarni bolalarga ta’lim-tarbiya berish nazariyasi va amali- 
yotini puxta egallashga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta’ lim oldida tur- 
gan vazifalarni bilishga, o ‘z bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanish- 
ga majbur etadi. U programma, uslubik instruktiv, normativ hujjatlarni 
yaxshi bilishi va unga amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning 
mohiyatini chuqur bilib, yutuq va kamchiliklarini darhol bartaraf qilish 
choralarini ko‘rish lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri Xalq ta’limini boshqarish 
organlari tomonidan oliy m a’lumotga va 5 yildankam boMmagan pedago­
gik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim 
muassasasida kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo'yish tarbiyalash bo‘yicha 
ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim muassasasi kengashining 
faollari ishtirokida m a’muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim 
muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim 
mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam o ‘stirib 
borishiga g ‘amho‘rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda 
va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni 
ratsional va o ‘z vaqtida joydan-joyga ko ‘chirib turilishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida kadrlar zaxirasi shakllantirilib
ular bilan doimiy ish olib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining 
shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: m a’muriy guruh (mudir, tarbiyachi- 
uslubist, xo'jalik mudiri, katta meditsina hamshirasi), pedagogika, 
meditsina, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari xodimlari.
Maktabgacha ta’lim muassasasi m a’muriyati jamoat tashkilotlari 
bilan hamkorlikda o‘z-o‘zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda 
yuksak natijalarga erishishga qodir bo‘lgan turg‘un mehnat jamoasini 
shakllantiradi; kadrlarni o’zini muntazam takomillashtirib borish, peda­
gogik va xizmat ko‘rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiya- 
laydi, o ‘z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahora­
tini, umumiy ta’ lim mahoratini, umumiy ta’ lim va madaniy daraj asini mun­
tazam o ‘stirib borishga g‘amxo‘rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga 
olgan holda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib
240


chiqib, ularni ratsional va o ‘z vaqtida joydan-joyga ko'chirib turilishini 
ta’minlaydi. Bu maqsadlar uchun m a’muriyat ruhiy-pedagogik bolaning 
huquqiy va iqtisodiy o'quv bilan organik uyg‘unlanishini ta’minlaydi; 
xodimlar malakasini bevosita maktabgacha ta ’lim muassasasida oshirish 
uchun shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; 
mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash fanlardan 
erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
M a’muriyat jam oat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim 
muassasalari xodimlarini attestatsiyadan o ‘tkazish uchun optimal shart- 
sharoitlarni ta’minlaydi, ularga o ‘z vaqtida zarur uslubik yordam ko‘r- 
satadi.
Mudira - m a’naviy, siyosiy, huquqiy axloqiy yetuklik-saviya, ong, 
m a’rifatchilik, madaniyatlilik, xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiya- 
lash, halollik, vijdonlilik, tanqidga chidamli bo‘lish, mehnatsevarlik 
istiqbolni oldindan ko‘ra olish kabi xususiyatlar mavjud bo‘lishi kerak.
Xalq ta ’limi vazirligining 2012-yil 14-iyundagi 186-sonli buyrug‘iga 
muovfiq mudiraning malaka tavsiflari quyidagicha qilib belgilandi:
Lavozim vazifalari:
• maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
• ■
pedagogik jam oa va boshqa xodimlaming bolalar bilan olib 
boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishni tashkil qilish;
• tarbiyaviy jarayonda mehnatni tashkil qilishning zamonaviy 
shakllaridan foydalanish;
• bolalami boshlang‘ich sinfda o‘qitishga tayyorlash bo‘yicha davlat 
talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining bajarilishini nazorat qilish;
• bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni pedagogika va gigiena ta­
lablariga muvofiq tarbiyalash va o ‘qitish uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratishni ta’minlash;
• pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand tarbiyasi 
masalalari bo‘yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil etish;
• sanitariya-gigienik talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va 
yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;
• byudjet mablag1 laridan oqilona foydalanish va muassasa mulkiga 
ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va boshqalar.
Bilishi lozim:
• ta’ lim tizimiga tegishli qonunlar, hukumatning tegishli qarorlari, Xalq 
ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlami;
241


• maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yilgan davlat 
talablari, tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi va boshqalar.
Malaka talablari:
• o ‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy m a’lumot 
va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslami tugatganlik;
• xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kom- 
munikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
• besh yildan kam bo‘lmagan ish staji.
mi) m a’lumotga va kamida 3 yil pedagoglik faoliyatiga ega bo‘lgan eng 
yaxshi tarbiyachilardan tayinlanadi. 0 ‘z kasbdoshlarining hurmatini 
qozonish va ularga o 'z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam 
berish uchun uslubchi qanday uslubchilik sifatlariga ega bo‘lishi kerak? 
Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni 
amal da qo‘llash ko ‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur.
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashishi: 
g ‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir 
tarbiyachining imkoniyat va mahoratlarini hisobga olishiga qarab, farq- 
lanadi.
Uslubchi talablarni qo‘yishda talabchan va qat’iy bo‘lishi kerak. 
Rahbarning o‘ziga bo‘ysinuvchilar bilan muloqotining emotsional-iro- 
daviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislati- 
talabchanlilcni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, hayrixohlik, 
odamlarga hurmat bilan birga qo‘shib olib borish zarur. Talabchanlik - bu 
qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning 
foydasidan ko'ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan 
emas, balki zaifligidan dalolat beradi. Maktabgacha muassasa ta ’lim- 
tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, uning obro'si ko‘p jihatdan peda- 
goglar jamoasining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha 
muassasa rahbar yadrosida birlik va o‘zaro tushunishning mavjudligiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta'minlash; 
kollektivda jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchi- 
liklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat aktivligi va ijodiy 
ishlash ehtiyojini rag'batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta ’-

Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin