Sh. Sodiqova


Yillik ish rejaining strukturasi



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

Yillik ish rejaining strukturasi 
,
Kirish qismi.
I. Maktabgacha ta ’lim muassasa ishining asosiy vazifalari.
II. Tashkiliy-pedagogik ish.
III. Kadrlar bilan ishlash.
IV. Ta’lim-tarbiyaviy ishga rahbarlnk va uni kontrol qilish.
V. Ota-onalar bilan ishlash.
VI. M a'm uriy-xo‘jalik ishi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida yillik rejani tuzish uchun muassa­
saning istiqbol rejasi asos bo'ladi.
Yakuniy rejalashtirish choraklar uchun tuziladi, u bir yillik rejaning 
aniqlashgan ko‘rinishi hisoblanadi. Shu tarzda rejalashtirishning bunday 
aniqlashgan ko‘rinishlari tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar va ota-onalar 
qo‘mitasining faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar 
tarbiyachilarning ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. 
Umuman olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to ‘la 
amalga oshirilishi ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi.
, , , 

Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-
Maktabgacha ta lim ^ 

. .




, ,•
, ■
.
. . .
tarbrya larayonmi reialashtirish tarbiyachidan
muassasasi tarbiyala- ^ 

... 
.

. . 
. . .
tegishh tayyorgarlikni talab etadigan ancha
nuvchilarmmg ishi 
. . , . , ,. ^ 

.
murakkab ishdir, tarbiyachi bolalarning psixo-
logik-fiziologik rivoj lanish darajasini, maktabgacha yoshdagi bolalar rivo-
jlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini hamda u asosida у aratilgan ta’ lim-
tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini
bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim-tarbiya ber-
ish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq
ko‘rish imkonini beradi. Reja bo‘lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va
qanday qilishini, qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi.
Tarbiyachi ta ’lim-tarbiya ishini rejalashtirish va о‘tkazish jarayonida 
quyidagi hujjatlarning yuritilishini doimiy amalga oshirib borishi lozim:
1. 
Ta’lim tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja 
oy boshlanishidan besh kun avval uslubchiga tasdiqlash uchun beriladi, 
oylik ish reja daftarida avvalo, haftalik m ashg‘ulotlar jadvali, bir oylik 
rejaning taqsimoti beriladi. Har o ‘n besh kunga m o‘ljallangan badan- 
tarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatning 
yuritilishi ochib beriladi. Kundalik faoliyatda ertalabki soat. m ashg‘ulot, 
sayr, kunning ikkinchi yarmida belgilangan vazifalar to ‘liq yoritiladi.
253


2. Davomat daftari. Davomat daftari tikilgan, sahifalangan, muhr- 
langan, rahbar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Kundalik davomat 
tarbiyachi tomonidan bolalarning soni yozilganidan so‘ng tasdiqlanadi, 
imzolanadi. Davomat har oyda yopiladi.
3. Filtr daftari. Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, imzo­
langan bo’lishi kerak. U quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi: 
bolaning ismi va familiyasi; harorati, terisi; og‘iz bo"shlig‘i; pedikulyoz, 
ota-onalar bilan suhbat hamda ilova.
4. Patronaj daftari. Patronaj daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, 
imzolangan bo'lishi kerak. Unda bolaning oxirgi marta maktabgacha 
ta’lim muassasasiga kelgan kuni, o ‘tkazilgan patronaj, bolaga qo‘yilgan 
tashxis kabilar o ‘z aksini topishi lozim.
5. Ota- onalar haqida m a’lumot daftari.
6. 0 ‘z ustida ishlash daftari.
7. Uslubik uyushmaga qatnashish daftari.
8. Bolalar bilan yakka ishlash daftari.
9. “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yila-digan davlat 
talablari” asosida bolalarning rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish 
(har olti oyda);
10. Tahlil daftari (o‘zaro mashg'ulotlarni kuzatish);
11. Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan majlisi qarori daftari.
Har qanday tajribali tarbiyachi ham ilk bor maktabgacha ta’lim 
muassasasiga yosh tarbiyachi sifatida ishga kelgan va sekin-asta kasbiy 
malakalarni egallab yuqori darajaga ko‘tariladi. Maktabgacha ta’lim 
muassasasi yosh tarbiyachining dastlabki ish kunlari eng og‘ir kunlar 
hisoblanadi. Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot 
uyg‘otishi ham katta ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, qat’iyatsizlik 
ko’rsatsa, kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishidan 
cho‘chisa, bolalar buni tezda anglab oladilar va ularni boshqarish oson 
bo‘lmaydi. «Guruhni eplolmaydi» deyishadi, bunday tarbiyachi haqida. 
Yosh mutaxassis о ‘z muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur tashvishga tushadi, 
hatto o'zining kasbga yaroqliligiga gumonsiraydi.
Yosh tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish kerak? Eng 
aw alo uni tajribali, bilimdon, bolalarni va o ‘z ishini sevadigan pedagog 
ishlaydigan guruhga yo ‘Hash kerak. Eng у axshi yordam pedagogga bolalar 
bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatishdir. Hech qanday maslahat, 
gapirib berish, tushuntirishlar ko‘rsatishdek yordam berolmaydi.
254


Mana yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtisa 
bilmayapti. Bolalar nima bilan shug‘ullanishini bilmaydilar, pedagog 
esa guruhda intizomni, tartibni o‘rnatolmaydi. Uslubchi yoki bolalar 
bog‘chasining mudiri bolalarning bunday xatti-harakatlari sababini 
aniqlaydi: agarda bolalar bekorchilikdan to ‘polon qilayotgan bo'lsalar, 
unda darhol ularga m a’qul keladigan mashg‘ulotlarni topish kerak 
b o iad i. Bunday vaziyatlarda katta tarbiyachi tarbiyachiga bolalarning 
xilma-xil faoliyatlariga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni, 
ulami o ‘yinlar, mashg'ulotlarga jalb qilishni ko‘rsatadi. Ustalik bilan, 
ularniig fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondashuvni amalga 
oshirishga yordam beradi, qiynalayotgan va ishni yarim yo‘lda tashlab 
ketmoqchi bo‘lganlarga maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko‘maklashadi, 
bolalarga o‘z faoliyatlarini hamma narsani oldindan tayyorlab qo‘yib 
uyushtirishni o'rgatadi: o‘yin uchun sherik topishda yordamdashadi. 
Bunday ko‘rgazmali misol tarbiyachiga bolalarning faoliyatlarini to'g'ri 
uyushtirishda yordam beradi.
Har bir yosh mutaxassis - ishni endi boshlayotgan yosh tarbiyachi 
maslahatlar olib turishi uchun unga murabbiy-tajribaliroq va obro‘liroq 
tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan
bo‘lmavdi. Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilg‘or
uslublari va usullarini egallashga, o ‘z bilimlarini doimo to ‘ldirib bori-
shga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya sirlarini egallash ishtiyoqini
singdirishga yo'llash 
katta tarbiyachining 
vazifasi 
hisoblanadi.

Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin