Iqtisodiy sohadagiga qaraganda, yangi munosabat, yangi axloq me!-
yorlari oilada sekin sur’atlarda amalga oshadi. Oilaviy o‘zgarishlaming
amalga oshishida ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari, boshqa - biolo-
gik, psixologik, demografik omillar ham ishtirok etadi.
Olimlarning fikricha, odamlar hayotining birdan-bir to‘g ‘ri yo'li oila
viy hayotdir.
Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shu
ningdek, oila muhim tarbiya o ‘chog‘i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida
ota-bobolar, momolardan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlari-
dan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud. Pedagogika fanlari doktori, pro
fessor M. Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko'rsatgan:
>
birinchidan, oila o'ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega;
>
ikkinchidan, oila bola uchun o ’ziga xos «ko‘zgu» b o iib , ota-
onaning shaxsiy namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb
etadi;
>
uchinchidan, oila o ‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib,
unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo'ladi;
>
to'rtinchidan. oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan ham-
dardlik tuyg'ulari ham tarbiyalanadi;
> beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi
ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi;
>
oltinchidan, oila - er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi.
Ota-onaning bir-biriga bo'lgan muhabbati bolaga ta'sir ko'rsatadigan
asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylanishi mumkin48.
Demak, oila - tarbiyaviy jam oa va hech kim hech qanday holatda
oilaning vazifasini bajara olmaydi.
Oila hayoti ko‘p tomonlamali munosabatlar bilan tavsiflanadi: ijti-
moiy-biologik, xo‘jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining
har bir bosqichi bir funksiyasining tugashi, boshqasining paydo bo‘ lishi,
uning a ’zolarining ijtimoiy faoliyatining o'sib borish ko‘lami va tavsifi
bilan bog‘liq. V.A. Slastenin, I.F. Isayev, E.N. Isayevlarning fikricha, oila
jam iyat va odamlarga munosabati bo'yicha muhim ijtimoiy ahamiyatga
ega funksiyalarni bajaradi.
Dostları ilə paylaş: