undagi mashg‘ulotlarda bolalar kiyimini bichish va tikishni, to‘qisbni,
turli xil ovqatlar tayyorlashni o ‘rganishadi. Ular bilan bolalar ashulalari
o‘rganiladi, yasama o‘yinchoqlar tayyorlash san’ati o'rgatiladi va hokazo.
Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan savol va javob kechalari, ochiq
eshiklar kunlari diqqatga sazovordir. Ota-onalarni tanlov xarakteridagi
tashkiliy-pedagogik ishlarga jalb qilish, masalan, yumshoq o‘yinchoq
tayyorlash, suv va qum bilan o ‘ynash uchun o‘yinchoqlar yasash, syujetli-
rolli o'yinlar, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tay
yorlash muhim tadbirlardir.
Bunday tanlovlar yillik rejada o ‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak.
Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar majlisida muhokama qilish va
m a’qullatib olish kerak.
Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilib, ish joylariga
m a’lum qilish kerak, bundan ular m a’naviy qoniqish oladilar.
Bunday ishlami o ‘tkazishda katta yoshdagilarni ham yoddan chiqar-
maslik kerak. Buvi va buvalarning amaliy maslahatlari, ularning boy
hayotiy tajribalari yosh ota-onalar uchun ham, tarbiyachilar uchun ham
qimmatlidir.
Dostları ilə paylaş: