Sh. Sodiqova



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

Ota-onalar majlisi. 
Ota-onalar majlisiga bog’chadagi hamma guruh 
bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh 
bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’ lim yoshidagi bolalarni 
har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, 
ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar 
bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki uslubist-tarbiyachi 
ma’ro‘za qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular 
ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklami aniqlab olishga imkon 
beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalarning
270


o'z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda bog‘chaga 
qiziqish uyg'onadi.
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur guruhdagi bolalarning ota- 
onalari uchun dolzarb boMgan masalalar muhokama qilinadi.
Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berish- 
da oilaning roli» bo'Isa, o‘rta guruhda o‘tkaziladigan majlisda bu mavzu 
murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda bog‘- 
cha va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni 
tarbiyalash» va hokazo bo‘lishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan m a’ruzani, tegishli mavzudagi 
kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin. 
Bolalar hayoti, faoliyati to'g'risidagi misollardan foydalanganda ijobiy 
materiallar ко ‘ proq bo‘ lishi kerak. salbiy faktlarni gapirishda ehtiy otkorlik 
va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari 
ko'rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka 
tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato 
va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi 
mumkin.
Yilning oxirida o'tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir yil 
mobaynida amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning 
rejalari, haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob 
beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi.

Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin