Sh. Sodiqova



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

vaianparvarlikd
i r. Vatanparvarlik - tari­
xiy hodisa. U tarixan odam larning hayot yo'lin in g paydo boTishi va 
shakllanishi ham da uning butun tarixi davom ida unga yoT dosh bo Tib 
kelgan, u bilan birga o'zagaradi va rivojlanadi.
Vatanparvarlik barcha tarixiy davrlar va barcha avlod uchun xos xusu- 
siyatdir. Jam iyatning rivojlanishi, m avjud shart-sharoitlam ing o ‘zgarishi 
bilan vatanparvarlik tushunchasi m azm un-m ohiyati ham o ‘ziga xos 
aham iyat kasb etib boradi. Vatanparvarlik tushunchasining m ohiyatini 
anglash uchun har bir davlatning tashkil topishi va m ustahkam lanishi, 
uning m illiy m ustaqillik uchun kurashi bilan bog‘liq tarixiy genezisidan 
xabardor boTish lozim. A na shu sababli vatanparvarlik minglab yillar 
davom ida odam larda shakllangan yuksak hissiyotdir.
Vatanparvarlik va insonning vatanparvarlik hissiyoti qator o ’zgarib 
boruvchi om illarga bog'liq. Ijtimoiy hodisa sifatida vatanparvarlikning 
paydo boTishi, uning hayotiyligi uning o ‘z tabiatiga va kelib chiqishiga 
k o ‘ra obyektiv asosga ega ekanligi bilan izohlanadi. Inson har doim 
o'zining tu g ‘ilib o 'sg a n joyi, o ‘zining tarixiy Vataniga ega boTadi. U 
har doim turli aloqadorliklar, shu jum ladan, u yashayotgan, rivojlangan, 
kelajagini davom ettirish im koniyatiga ega boMgan atrof-m uhit bilan 
o'zaro bogTiqdir. Aynan m azkur va boshqa om illar vatanparvarlik tu­
shunchasi bilan bevosita bogTiqdir. Vatanparvarlik ijtim oiy-axloqiy 
qadriyat sifatida insoniyatning birligi, uning taqdirining um um iyligi, har 
bir xalqning m illiy o ‘ziga xosliklarini saqlab qolishini aks ettiradi.
“Vatan” atamasi aslida arabcha so 'z boTib, “ona yurt” m a’nosini 
bildiradi, Vatan tushunchasi keng va tor m a’noda qoTlaniladi. Bir xalq 
vakillari jam uljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqo- 
m at qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng m a’nodagi tushunchadir. Kishi 
tu g ‘ilib o ‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor m a’nodagi 
tushunchadir25.
25. A.Ibrohimov. X.Sultonov, N Jo'raycv Vatan tu y g 'u si—Т., «O'zbekiston», 1996. - 139-b.
119


0 ‘zbekictonninr kelajakda buyuk davlatga aylanishi 0 ‘zbekiston Pre­
zidenti I.A .K arim ov aytib o'tganidek, to ‘itta m a ’naviy-axloqiy negizlar- 
ga asoslanadi. Bular:
- um um insoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqim izning m a’naviy m erosini m ustahkam lash va rivojlantirish;
- insonning o ‘z im koniyatlarini erkin nam oyon qilish;
- vatanrarvarlik26.
M ustaqil 0 ‘zbekistonni buyuk davlat darajasida taraqqiy etishi uchun 
jam iyat m a’naviyatini rivojlantirish zaryr. Zero, m a ’naviy kam ol topgan 
insonlargina buyuk kelajak sari intiladilar. M a ’naviy yetuklikning eng 
m uhim belgisi esa vatanparvarlikdir.
Vatanparvarlik shaxsning o ‘zi m ansub b o ‘lgan millat, tu g ‘ilib o'sgan 
vatani tarixidan g ‘ururlanishi, buguni to ‘g ‘risida qayg‘urishi ham da 
uning porloq istiqboliga b o ‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy 
fazilat sanaladi.
“Vatanparvarlik - o ‘z taqdirini vatan, m illat taqdiri bilan bog’lagan 
barcha kishilarga xos fazilat. M illat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon- 
shuhrati, obro‘-e’tibori ham shu m illat kishilari vatanparvarlik tuyg‘usi- 
ning darajasi bilan bog ‘liqdir”27.
Vatanparvarlik - tu g ‘ma, irsiy xususiyat emas, balki ta ’lim tarbiya 
natijasida shakllanadigan m a'naviy-axloqiy xislatdir. B olalarni vatanpar­
varlik ruhida tarbiyalash jarayoni insonda turli fazilatlam i shakllantirish, 
y a ’ni aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy, huquqiy, fuqarolik, m illiy o ‘zlikni 
anglash, sofdillik. insonparvarlik, m illatparvarlik v a boshqalarning um u­
miy m ajm uida tarkib topadi. Zero, millatni, xalqni o ’z ezgu niyatiga 
yetishida Prezident I.A. K arim ov ta ’kidlaganidek, fuqarolarda, xususan 
yoshlarda milliy m afkuraviy qarashni tarbiyalash, aynan bugungi istiqlol 
sharoiti talablari borasidagi ta ’lim iy-tarbiyaviy va ijtim oiy-iqtisodiy 
m uam m olarni bartaraf etishda m uhim vosita bo ‘lib xizm at qilishi m um ­
kin. Shuning uchun ham “milliy g ‘urur, milliy iftixor har qanday ishi- 
mizning poydevori b o ‘lm og‘i kerak”28.
26. Karimov I.A. 0 ‘zbekistonning o 'z istiqlol va taraqqiyot y o ‘li. - Т., « 0 ‘zbekiston», 
1992.- 6 5 - b .
27. Yusupov E. Inson kamolotining m a’naviy asoslari. - Т., «Universitet», 1998. - 148-b.
28. Atadjanova Sh. Oilada o ‘spirin-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy 
qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: Pedagogika fanlari nomzodi ... diss. 
- T , 2001. -2 3 -b .
120


Bu m uqaddas g ‘oyalar m illati va e ’tiqodidan q at’iy nazar, yosh avlod- 
ning, har bir fuqaroning ongiga singdirilishi kerak. Bugungi yoshlarda 
m illiy g ‘urur, m illiy tu y g ‘u kabi tushunchalam i tarbiyalash vatanparvar­
lik m uam m osi bilan bog'liqligini har bir 0 ‘zbekiston fuqarosi, farzand- 
lari ‘'yaxshi anglam og'i va unga o ‘z ongi, ixtiyori, xohishi v a istagi bilan 
m unosabatda bo‘lm og‘i darkor” .
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A .K arim ov m ustaqillikni mus- 
tahkam lashning asosiy negizlaridan biri “vatanparvarlik” deb k o ‘rsatar 
ekan. demak. bugun vatanparvarlik tarbiyasi davlat aham iyatiga m olik 
m uam m o sifatida qaralishini ta ’kidlaydi.
Vatanparvarlikning ijtim oiy-pedagogik asoslari quyidagilardan ibo- 
ratdir:
-v a ta n p a rv a rlik tuyg ‘usi ijtimoiy m unosabatlarni tashkil etish jaray o­
nida shaxsning vatan ham da uning m avjudligi darajasiga nisbatan yon- 
dashuvida aks etadi;
- vatanparvarlik tuy g‘usiga ega b o ‘lish shaxsning um um iy kam oloti, 
m a'naviy dunyoqarashi, tafakkuri, shuningdek, hayotiy tajribasi negizida 
yuzaga keladi;
- vatanparvarlik individual xususiyat bo ‘lib, u tarixiy obyektiv sha- 
roitda nam oyon b o ‘luvchi psixologik-pedagogik hodisa hisoblanadi;
- vatanparvarlik m a'naviy ehtiyoj sifatida uzluksiz, tizimli ham da samarali 
tarzda tashkil etiluvchi pedagogik-ijtim oiy tarbiya natijasida qaror topadi;
- shaxsda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash uning ijtimoiy jam i­
yat bilan yakdilligini ta ’m inlashga xizm at qilish bilan birga davlat va xalq 
m anfaatlariga uy g‘un keladi.
Psixologik m unosabatlam ing barcha o‘ziga xosliklarini qamrab olgan 
holda, vatanparvarlik tuyg‘usi o ‘zida kognitiv (bilishga oid), em otsional 
va xulq-atvor k o ‘nikm alarini aks ettiradi.

Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin