Sh. Sodiqova



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

E stetik tarbiyaning 
.. 


u
. .
. estetik tapbiya ham o 'z diqqat-e tibo nn i alohi- 
m azm uni va m ohiyati , 

. . . .

...
da shaxsga va ijtim oiy guruhga qaratadi. b ste-
tik tarbiya ham um um insoniy va m illiy qadriyatlarni qaror toptirishga
xizm at qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, tasavvuriga,
e ’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta ’sir
o'tkazishni o ‘z oldiga m aqsad va vazifa qilib qo'yadi.
Estetik tarbiya ham ana shu umum iy m aqsad v a vazifaning tarkibiy 
qismi sifatida amal qilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga m olik hodi- 
sani anglatadi. Shuni ta ’kidlash joizki, Qadimgi dunyoda um um an tarbiya 
maqsadi estetik asosda namoyon boTgan. Masalan, qadimgi yunonlarda 
estetik tarbiya maqsadi fuqarolam ing har tom onlama rivojlanishiga, "ruh 
va badan" hamohangligini qaror toptirishga y o ‘naltirilgan edi. Aflotun va 
Arastu kabi zabardast mutafakkirlar ta ’limotlarida estetik tarbiya tizimining 
bir-biridan farqli tomonlari bo’lgani holda um umiylik ham m avjud boTib, 
u yagona estetik orzuni qaror toptirishga, yagona axloqiy xulq-atvor va 
fuqarolik xislat-fazilatlarini shakllantirishga xizm at qilgan edi.
Avvallari estetik tarbiya o ‘ta tor v a bir tom onlam a talqin qilinar. y a’ni 
uni san’at asarlarini to ‘g ‘ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki 
biror san’at turini bilib olib, m uayyan badiiy ko ‘nikm alarga ega boTish 
doirasida in ’ikos etilar edi. B a'z an estetik tarbiyaga odam larda yuksak 
estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaraiar edi. B ulam ing barchasi 
badiiy-estetik tarbiyaning vazifa v a m aqsadlari doirasiga kiradi.
Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qism i boTib, u estetik 
tarbiyaning asosiy m azm unini va m aqsad y o ‘nalishlarini toTa ifoda- 
lamaydi. Badiiy tarbiyaning asosiy m aqsadi - m unosabatlam i san ’at vosi­
talari yordam ida shakllantirishdir29. Estetik tarbiya bilan badiiy tarbiyani 
bir-biriga tenglashtirish ham. qorishtirish ham, qaram a-qarshi q o ‘yish ham
xato boTardi. Shuni nazarda tutish lozim ki, estetik tarbiya san ’at bilan 
chegaralanib qolmaydi, balki uning asosiy m azm uni insonning voqelikka 
estetik m unosabatini faollashtirish v a rivoj lantirishdan iboratdir.
Voqelikka estetik m unosabat o ‘z xususiyatlariga ega boTgan holda 
nisbiy m ustaqillikka ham ega boTib, foydali-am aliy, ilm iy-nazariy mu-
29. Педагогический энцклопедический словар - М.: Болишая Российская энцкло- 
п4дия. 2002. - С.313.
136


nosabatlam i ham o ‘z ichiga oladi. Binobarin, voqelikka b o ‘lgan inson 
m unosabatining xar qanday ko'rinishi estetik m azm undan ajralib qolsa, u 
asl insoniy m ohiyatini y o ‘qotib q o ‘yadi.
Estetik tarbiyaning estetik ongni shakllantirish m aqsadi va vazifasi 
ko'proq yosh avlodga taalluqli estetik ongni shakllantirish demakdir. 
Estetik tom onsiz dunyoqarash chala, biryoqlam a b o ‘lib qolishi turgan 
gap, estetik dunyoqarash falsafiy, axloqiy va boshqa dunyoqarash soha- 
laridan bahram and b o ‘lib, o ‘z navbatida ularni ham boyitib turadi.
Estetik tarbiya, eng avvalo, odam lam ing estetik didlari shakllanishiga 
katta ta ’sir o ‘tkazadi. Shaxs o ‘zligi uning estetik didi orqali nam oyon 
bo‘ladi. Estetik didda inson aqliy va hissiy dunyosi, orzu-umidlari, talab- 
ehtiyojlari, maqsad-manfaatlari ro ‘yobga chiqishi ifodalanadi. Did faqat 
kayfiyat baholarigina emas, balki inson faoliyati samaralari vositasida ham 
ifoda topadi. Inson faoliyatining barcha samaralarida uning didi aks etadi.
Estetik tarbiya o ‘z diqqat-e’tiborini shaxs estetik ehtiyojlarini shakl- 
lantirishga qaratadi, xilm a-xil o 'ta m urakkab talab-ehtiyojlarni birlash- 
tiradi, u y g ‘unlashtiradi va ham ohang tarzda am al qilishi uchun shart-sha- 
roitlar yaratib beradi.
Estetik tarbiyaning inson talab-ehtiyojlari m adaniyatini shakllan- 
tirishdagi o ‘rni ham beqiyosdir, zero insonning talab-ehtiyojlari mada- 
niyatida m uayyan m ezon tuyg‘usi ham m avjud b o ‘lishini, bu m ezon 
tu y g 'u si shaxsiy ehtiyojni jam iyat ehtiyoji bilan m utanosib tarzda olib 
borishni taqozo etadi. A na shu m ezon tuyg 'u sid a yetuklikka erishish este­
tik tarbiyaning eng m uhim vazifalaridan biridir.
Estetik ehtiyoj faqat m oddiy va m a ’naviy g o ‘zalliklardan lazzatlanish- 
gina emas, balki har qanday am aliyot sohasida narsalarni nafosat qonun- 
lariga rioya qilgan holda yaratishni, faoliyatga g o ‘zallikni tatbiq qilishni 
ham bildiradi. Shu bois estetik tarbiya hayot jabhalarining ham m asiga: 
o ‘qish, m ehnat qilish, ilmiy va texnik izlanish, jam oaviy faoliyatga tatbiq 
etilishi lozim b o ‘ladi.
Bolalarni estetik tarbiyalash va rivojlantirish estetik tarbiya tizimi 
yordam ida am alga oshadi. Estetik tarbiyani tashkil etish tizim ida qator 
tam oyillar yotadi30. 
Estetik tarbiya va badiiy t a ’limning hamma uchun
umumiyligi
shundaki, kattalar va bolalar m a’naviy hayotda, kundalik 
mehnat, san’at va tabiat bilan m uloqotda, turm ushda va shaxslararo mu-
30 . Estetik tarbiya tizimining vazku tamoyillarini yoritishda B.T. Lixachevning qarashlaridan 
foydalanildi. Qarang: B.T. Lixachev. Pedagogika - М .: «YuRAYT», 2003-395-397-b
137


nosabatda estetik hodisalar bilan doimiy ravishda o ‘zaro m unosabatda 
bo'ladi. Ana shu jarayonda ularning go'zalligi va xunukligi, fojiali va 
ku lgilijihatlari nam oyon bo 'lib boradi. B undan m a’lum bo'ladiki. estetik 
savodlilik, ideallar, estetik rivoj lanishva badiiy ta ’limsiz, ishdam ahsulotni 
estetik takom ilga yetkaza olmasdan, shaxsning har tom onlam a barkamol 
bo'lib rivojlanishi m um kin emas.
Estetik tarbiyani tashkil etish tizimi yana 
barcha tarbiyaviy ishlarga
yaxlit yondashuv
tam oyiliga asoslanadi. B olalarning estetik tarbiyasida 
san’atning barcha turlari o ‘z-o'zidan birga harakatlanadi, bolaga yaxlit 
ta ’sir k o ‘rsatadi. Bunday o ‘zaro harakat badiiy asarlar, tasviriy san’at, 
m usiqiy savodxonlikni oshirishda m ustahkam aloqadorlik natijasida 
am alga oshadi. B undan tashqari estetik tarbiya fan, mehnat, jism oniy 
m adaniyat, estetik m unosabat va turm ush g o ‘zalliklarini ochish hisobiga 
ham am alga oshadi.
Estetik tarbiya tizim i 
bolalarning butun badiiy-estetikfaoliyatini hayot,
jamiyatning amaliy taraqqiyoti, bolalarda dunyoqarash va axloqiylikni
shakllantirish jarayoni bilan o'zaro aloqadorlik
tam oyiliga tayanadi. 
Jam iyatning dem okratlashuvi - g o'zallik va axloqiylik manbayidir.
B ola shaxsining estetik va um um iy shakllanishi o ‘zaro aloqadorligi 
bolaning badiiy va umumiy psixik rivojlanishi birligi
tam oyilini taqozo 
etadi. B olalarning badiiy-estetik faoliyati ularda his etish, emotsiya, 
obrazli va m antiqiy xotira, nutq, fikrlashning jadal rivojlanishini ta ’m in­
laydi.
Estetik tarbiyaning am aliyligi to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri 
bolalarning badiiy-
ijodiy va mustaqil faoliyati
tam oyiliga amal qilinishiga bog'liqdir. 
M illiy xalq o'yinlari, xalq qo ‘shiqlari, she’rlar, hikoyalar, ocherklar 
tadqiqotchilik ko'nikm alarini hosil qiladi, bolalarning badiiy rivojlanishi, 
alohida v a jam oaviy ijodkorligi vositasida m a’naviy hayot m azm uni 
shakllanadi.
Bolalarning butun hayotini estetiklashtirish
tam oyili m unosabat, 
faoliyat, bolalarning m unosabatlarini g o ‘zallik qonunlari, ulardan 
quvonish hissini uyg‘otish asosida tashkil etishni talab etadi.
138


139



Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin