Xiyobonlar, bulvarlar va skverlar
Yo‘laklar va ulaming to‘shamalari. Yoiaklar bog‘ kompozitsiyasining eng muhirn
elementi bo'lib, bog‘ga o‘ziga xoslik oroyish va tunksiyaviy qulaylik baxshida etadi.
Yo‘laklarnmg qanday to‘shamalardan bajarilganligi tashrif buyuruvchilarda katta
taassurot qoldiradi. Hozirda bog‘ yoMaklarining to‘shamalari turiga qarab tabiiy
tosh, dekorativ yoki beton plitkali, g‘isht!i, beton va dekorativ betonli, yog‘ochli va
o‘t-maysalilarga boliinadi. Ulaming har birini o‘z o'mida qo‘llay bilish lozim.
Masaian, tabiiy tosh mustahkamligi va estetik jihatdan eng yaxshi material
hisoblanadi. Ulaming turlariga plitnyak, granit, bazal’t, porfir, peschaniklar kiradi.
Yo‘laklar asosan 1,2-1,5 metrdan kam bo'lmasligi, ya’ni ikki kishining yonma-yon
bemalol aylanib yurishiga mo‘ljallangan boMishi kerak. Ikkinchi darajali yoki
unchalik muhim bo'lmagan so'qmoqchalar eni esa 0,5-1 metr olinishi mumkin.
Yuzida yomg‘ir va qor suvlarining to‘planib qolmasligi uchun yo‘laklar ikki tarafga
qarab ozgina qiya bo‘lishi zarur. Relefiar bor joylarda yo‘lak o'nviga zina yoki
panduslardan foydalaniladi. Yoiak to‘shamalariga bob materiallardan bin betonli
plitkalardir. Hozirda ulaming rangi, shakli, oichami juda katta assortimentlarda
chiqarilmoqda. Yo‘laklaming shakli va ko'rinishi bog'ning umumiy uslubiga mos
kelishi lozim. Masaian, plitkalar bilan yotqizilgan to‘g‘ri geometrik yoTak romantik
peyzajli atirgullar klumbasiga hech ham mos kelmaydi. Yo‘lak va maydonlarga
yotqizilgan to‘shamalar foydalanishga qulay, mustahkam va betashvish bo‘lishi
lozim. To‘shama-yo‘lak dizaynning eng muhim elementlaridan biridir. Shu bois
ulaming rangi, uslubi, ashyosi bog‘ imoratlari me’morchiligiga ham hamohang
bo’lishi kerak. Bulvarlar-shahar muhitini chiziqli ko‘kalamlashtirislming asosiy
uslubi hisoblanib, piyodalar harakatlanishi, qisqa vaqt dam olishi uchun
mo‘ljallangan
va
obodonlashgan
yashil
maskandii.
Ular
shaharlarni
ko‘kalamlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, shahar ko‘rinishini sezilarli
darajada o‘zgartiradi va havoni ifloslanishdan saqlaydi .Bulvarlami o'zbek tilida
kattaxiyobon deb atashimiz mumkin. Samarqand shahridagi “Universitet xiyoboni”
bulvarining umumiy ko‘rinishlari va tarhi shular jumlasidan. (6-rasm)
6-rasm. Samarqand shahridagi “Universitet xiyoboni” bulvarining loyihaviy taklifi.
Rejaviy yechimiga qarab bulvarlar: to‘g‘ri chiziqli va halqasimon turiarga bo'linadi
(7-8-rasmlar). Bulvarlar ilk bor XlX-asrda Yevropa tarixiy shaharlarida zamonaviv
transportlar harakatiga xalaqit beruvchi eski mudofaa devorlarini olib tashlash va
ulaming joyiga aylanma keng ko'chalar qurish oqibatida vujudga kelgan. Venadagi
Ringbulvari, Parijdagi katta bulvarlar, Moskvadagi “Bulvamoe koltso” va boshqalar
ana shunday paydo bo‘lgan.
7-rasm. Halqasimon tarhli bulvar
8-rasm. To’g’ri chiziqli muntazam tarhli bulvar.
Bulvarlarning tarkibiy elernentlariga xiyobonlar, yo'laklar, maydonchalar, daraxtlar,
butalar, gullar va gazonlar kiradi. ikkinchi jahon urushidan so‘ng bulvarlar ancha
rivojlandi va shahar ko'chalarini piyoda yo‘llar va transport qatnovi zonalariga bo‘lib
berdi.
9-rasm. Xiyobonlar, yo'laklar, maydonchalar, daraxtiar, butalar, gullar va
maysazoriardan shakllangan zamonaviy bulvarlaming landshafti.
10-rasm. Shahar ko‘chalarini piyoda yo‘llar va transport qatnovi zonalariga
bo‘lingan bulvarlar ko’rinishi.
Bulvarlar uzun va kalta bo'lib. ba’zan bir necha kilometrlab cho‘zilishi va o‘z ichiga
bog‘lar, skverlar, piyoda yollami olishi mumkin. Shuning uchun ham bulvarlar
kompozitsiyasini tuz- ish anchayin mushkul ish hisoblanadi. Odatda ularni shahar
imoratiaridan 30-40 m narida, intensiv harakatli ko'chalardan esa 40-50 m narida
qilib joylashtiriladi.
Bulvarlar yo’lining ikki tomonida yoki yo‘lning o'rtasida bo‘lishi mumkin.
Bulvarlaming minimal eni 18 m qilib belgilangan, bunday o‘lchamda uzunasiga 4-7
metrii xiyobon, qisqa dam olish uchun o‘tirg‘ichlar, yoritgichlar, voish, muzqaymoq
ko‘shki va axlat qutisi joylashtiriladi. Qolgan qismlar ko‘kalamlar bilan to‘ldiriladi.
O'zbekiston sharoitining joyga o‘rtacha, issiq va qumrq iqlimli, serquyoshliligini
hisobga olib 1 ga 350-400 ta daraxt, 3-4 mingta buta ekish tavsiya qilinadi. Katta
bulvarlarga velo yo’laklar, piyodalar yo’laklari va xiyobonlar joylashtirish tavsiya
etiladi.
Skver (uni o‘zbekcha sayrgoh desa bo‘ladi) shaharlarda hududi uncha katta
bo‘lmagan (0,5 dan 2 gektargacha), qisqa vaqt dam oladigan ko‘kalamzor muhit
bo‘lib, piyodalar harakatiga ham xizmat qiladi. Skverlar odatda shahar maydonlari
va magistral ko‘chalariga tutashib, ulaming badiiy-manzaraviy bezagi hisoblanadi.
11-rasm. Shahar hududidagi uncha katta bo'lmagan, qisqa vaqt dam olinadigan
va piyodalar harakatiga ham xizmat qiladigan ko'kalamzor sayrgoh.
Toshkentdagi Amir Temur, Hamid Olimjon va Xalqlar do‘stligi, Samarqanddagi
Registon va Ruxobod, YoMbarslar xiyoboni, Shahrisabzdagi Amir Temur,
Farg‘onadagi Al-Farg‘oniy va boshqalar ana shunday skverlardir. Shaharlaming
parki bo‘lmagan, yeri tanqis bo‘lgan (tarixiy markaz, tig‘iz qurilgan) qismlarida
skverlaming roli kattadir. Bunday holatlarda aholining ochiq landshaftda dam
olishga bo‘lgan ehtiyojini skverlar orqali qondirish mumkin.
Skverlaming rejaviy yechimi shahaming qayerida, qanday joylashganiga, atrof-
muhit qurilmalariga, mahalliy landshaft va iqlim sharoitlariga bog‘liq. Skver muhiti
ochiq bo‘lishi, parier ko‘rinishdagi gulzor va maysazorlardan tuzilishi yoki yopiq
muhitli daraxtzor va butazorlardan tashkil topishi mumkin. (11-12-rasm) Skverlar
shahar markaziy maydoniarida, turar joy binolari oralig‘idagi yashil maydonlarda,
nufuzli jamoat binolarining old yoki yon tomonlarida, shuningdek, me’moriy
obidalarga tutash ochiq muhitlarda shakllantirilishi mumkin. Agar skver binolar
guruhi oralig‘ida, tarixiy obidalar yonida yoki trotuar va piyodalar ко‘chalariga
tutash holda joylashsa, uning rejaviy yechimi diagonal yoki erkin peyzajli uslubda
bo‘lish mumkin. Agar skver markaziy maydonda, yoki nufuzli me’moriy inshoot
oldida joylashsa odatda, u muntazam rejaviy yechimga ega bo’ladi.
12-rasm. Samarqand shahridagi Registon atrof-muhitidagi muntazam rejaviy
yechimga ega bo’lgan skver.
Skveming asosiy dementi bu - uning haykalli, favvorali, basseynli, gulzorli yoki
maysazor fonidagi daraxt va butalaming fusunkor guruhidan tuzilgan markaziy
maydonchasidir. Agar skver markaziga biror salobatli monument yoki favvora
ishiansa, skver kompozitsiyasi uning badiiy jihatlari va obrazini ochib berishiga
xizmat qilishi kerak.
Skver hududini landshaft tashkillashtirishda har bir obodon- lashtirish detali, relef
elementi, maydon shakli, uning atrof-muhiti va 0‘simliklarga yoki to‘shamalarga
alohida e’tibor berilishi kerak.
Skverlar hududining balansini undagi piyodalar harakatining jadalligiga bog‘iiq
tarzda quyidagicha belgilash tavsiya etiladi (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: |