Bu ko‘chalarning uzunligi 500-700 metr va, halto 1 km.dan kam emas.
Chet el
shaharlaridagi yuzlab piyoda ko‘chalarining uzunligi esa bundan ham kattadir. Bu
ko‘chalar qanday landshaft va qulayliklarga ega bo'lishi va loyihalanishi kerak?
Avvalambor bunday ko‘chalar toza-ozoda, inson masshtabiga mos, fuqaroviy va
osoyishta me’moriy muhitga ega bo‘lishi kerak. Gap ko‘cha mebellari,
tashqi
obodonlashtirish elementlari, bunday ko‘chalarga xos bo‘lgan savdo, ovqatlanish
va dam olish shaxobchalari, daraxtlar, maysalar, gulzorlar va ko‘cha
yoritgichlarining
kompozitsiyalari, masshtabi va shakllari haqida ketmoqda.
Piyodalar ko‘chalariga xos xususiyatlardan biri-bu uJarda qo‘llaniladigan maxsus
dekorativ to‘shamalar, ya’ni yo‘l qoplamalaridir. Ularning materiallari, rangi va
shakli turlicha bolishi mumkin. Biroq, ular mustahkam va chiroyli bo’lishi kerak.
Materiallardan: pishiq g‘isht,
rangli va fakturali beton, tabiiy tosh, bruschatka,
toshtaxtalardan, shakli esa to‘g‘riburchakli panjara, doira, tasma, to‘lqinsimon,
“asalari uyasi”, romb va h.k. ko'rinishlarda, ranglari e’tiborni o‘ziga tortmasligi,
asosan neytral tonlarda bo'lishi tavsiya etiladi. To‘shamalaming tiporazmerlari ikki
xildan oshmasligi zarur. Piyodalar ko'chalarining qiyaligi 6-7%
dan oshmasligi,
zinapoyalar esa panduslar bilan ta’minlanishi kerak. Piyodalar ko‘chalarining
landshaft elementlariga tik ko‘kalamzorlashtirish elementlari (trelyaj va pergolalar,
voishlar), joyi o‘zgartiriluvchi gulli tuvaklar, osib qo‘yilgan savatchalar va qutilar,
rabatkalar, daraxtlar yoki butalardan shakllangan qator soliterlar,
dekorativ suv
havzalari va favvoralar kiradi. Uzunroq piyoda ko‘chalariga ekilgan daraxtlar qatori
bir xillikni yo‘qotish uchun har 50-70 metrdan so‘ng ochiq maysazor, gullovchi buta
va gulzorlar bilan almashinib turgani ma’qul. Piyoda ko‘chalar tomonga fasadi bilan
chiqib qolgan ayrim nobob imoratlar yoki devorlar yuzasi chirmashib o‘suvchi
manzarali gulli lianlar bilan yopilishi mumkin. Piyodalar ko'chalariga yorqin rangli
savdo reklamalari va ko‘cha belgilarini 0‘rnatish, asfalt to'shamalar yotqizish tavsiya
etilmaydi. Ko‘cha eni kengroq, uzunligi kattaroq bo‘lgan hollarda uning o‘rtasiga
uzluksiz soya beruvchi manzarali doim yashil dov-daraxtlar ekish, ularning ostiga
esa dam olish o‘rindiqlarini o'rnatish mumkin. (3-rasm).
3-rasm. Piyodalar ko'chalarini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish
variantlari.
Dostları ilə paylaş: