Shahidlar xotirasi


partiyadan ochirilib, qamoqqa olingan. 28-fevralda V.M.Molotov



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix02.06.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#60443
1   2   3   4   5   6   7
1937-1938-yillardagi Katta qirg\'in tarixining muhim sanalari


partiyadan ochirilib, qamoqqa olingan. 28-fevralda V.M.Molotov 
va L.M.Kaganovich sanoat va transport tarmog'idagi “yapon- 
nemis-trotskiychi agentlarning zararkunandalik, qoporuvchihk 
va josusligi saboqlari” to grisid a ma'ruza qilgan. 1-martda Yejov 
NKVDdagi dushmanlikharakatlari haqida nutq so'zlgan. Stalinning 
3-martda qilgan ma'ruzasida dushmanlarga qarshi shafqatsiz kurash 
partiya faoliyatining ustuvor yo'nalishi deb e'lon qilingan. Stalinning 
fikricha trotskiychilar va boshqa siyosiy dushmanlar bu - "xorijiy 
davlatlarning josuslik tashkilotlari topshirig'iga ko'ra faoliyat 
ko'rsatayotgan ashaddiy va betayin zararkunandalar, qo'poruvchilar, 
josuslar va qotillar to'dasi” bo'lib, ular bilan kurashda “murosachilik 
uslubini emas, balki tag-tugi bilan sug'urib y oq qilish usulini 
qo'llash kerak”. Plenumda Stalinni qo‘llab-quwatlab 73 kishi so'zga 
chiqqan. 1937-40-yillarda shulardan 56 tasi otib tashlangan, 2 kishi 
o'zini o‘zi otgan.
- 1937-yil 27-fevral. Yejov Stalinga tasdiqlash uchun “SSSR
Oliy sudi Harbiy kollegiyasida sud qilinishi kerak bo'lgan 
shaxslar”ning birinchi ro'yxatini taqdim qilgan. Unda 479 kishining 
nomi qayd qilingan bo'lib, ularning otishga hukm qilinishi ham 
belgilangan edi. Keyingi yarim yil mobaynida bu kabi ro'yxatlar 
NKVDdan tasdiq uchun Stahn hamda uning maslakdoshlariga 
muntazam ravishda taqdim qilib borilgan. Ular imzo chekkach, 
ish Harbiy kollegiya sudi tomonidan korib chiqa boshlangan. 
Mavjud 383 ta ro'yxatda 40 mingdan ortiq odam nomi qayd etilgan. 
Ularning aksariyati otishga hukm etilgan.
- 1937-yil 11-mart. SSSR
NKVDsining 
neft sanoati 
tarmog‘idagi yapon-trotskiychi qo'poruvchi guruhlarni fosh etish 
to‘g‘risidagi direktivasi chiqqan.
-
1937-yil 
15-mart. 
SSSR
NKVDsining 
NKVD 
qamoqxonalaridagi 
qattiqqo'llikni 
kuchaytirish 
tog'risidagi 
buyrug'i chiqqan. Buyruq asosida siyosiy mahbuslarga nisbatan 
qo'llanib kelingan yengilliklar bekor qihngan.
-
1937-yil 
17-mart. SSSRda qishloq aholisi uchun 
ma'muriyatning ruxsatisiz harakatlanish erkinhgini taqiqlovchi 
qonim qabul qilingan. Amalda dehqonlarning erkinlik huquqidan 
maxrum etilganligi qonuniylashtirilgan.
- 1937-yil 23-mart. SSSR NKVDsining surgunda bo'lib jazo
10
www.ziyouz.com kutubxonasi


muddati tugayotgan sobiq muholifatchilar - trotskiychilar, 
zinovevchilar, onglar va boshqalarni ozodlikka chiqarishni 
toxtatish to‘g‘risidagi topshirig'i chiqqan.
- 1937-yil 27-mart. SSSR NKVDsining “cherkovchi va 
sektachilar” bo'yicha tezkor agentura ishlarini kuchaytirish 
to gn sid agi Sirkulyari chiqqan. Takidlanishicha, yangi Konstitut- 
siya qabul qilinishi munosabati bilan “cherkovchi va sektachilar ”ning 
faolligi oshgan.
- 1937-yil 29-mart. Siyosiy byuro “M udofaaxalqkomissarligiga 
V K P(b)dan ochirilgan barcha shaxslarni Qizil armiya komandirlari 
tarkibidanboshatib yuborishni taklif qilish” tog'risida qaror qabul 
qilgan.
- 1937-yil 2-aprel. SSSR NKVDsi Davlat xavfsizligi Bosh 
boshqarmasi (GUGB)ning Germaniya josuslik tashkilotlari faolligi- 
ning oshib borayotganligi, ular tomonidan SSSRda terrorchilik akdari, 
qo'poruvchiliklar va “qo'zgolonchilar bazasi”ni tuzish maqsadida 
“nemis axolisi o'rtasida ommaviy feshistik faoliyat olib borilayotgan- 
Iigi” tog'risida direktivxatyozgan.
- 1937-yil 3-apreI. NKVD Davlat xavfsizligi Bosh boshqarmasi 
harbiy-kimyo sanoati tarmog'idagi trotskiychi va o'nglarning 
sovetlarga qarshi tashkilotlari hamda tarmoqni dushman 
unsurlardan tozalash to'g'risida Sirkulyar qabul qilgan.
- 1937-yil 7-aprel. Siyosiy byuro “Tergov qamoqxonalarida o‘z 
joniga qasd qilish hollarining davom etayotganligiga e’tibor 
qaratishga ko'rsatma berish” haqida qaror qabul qildi.
- 1937-yil 8-aprel. Siyosiy byuro SSSR NKVDsi huzuridagi 
Maxsus Kengash to'g'risidagi yangi Nizomni tasdiqladi. Maxsus 
Kengash josusiik, qo'poruvchilik, terrorchilik, zararkunandachilik- 
da gumon qilingan shaxslarga 5 yildan 8 yilgacha jazo muddati 
belgilash huquqiga ega bo'ldi. Awal faqat 5 yilgacha jazo muddatini 
belgilashi mumkin edi.
- 1937-yil 14-aprel. SSSR NKVDsining terrorchilik va 
qo'poruvchilik qilmoqchi bo'lganlikda gumon qilinganlarni 
qamoqqa olish, partiya va sovet hukumati rahbarlarini muhofaza 
qihshni kuchaytirish to grisid a direktiva e’lon qildi.
- 1937-yil 21-aprel. NKVD va SSSR Prokurorining qamoqdagi 
trotskiychilarni muddatdan ilgari ozod qilishni taqiqlovchi 
direktivasi chiqarilgan.
11
www.ziyouz.com kutubxonasi


- 1937-yil 28-aprel. Siyosiy byuroning “Donbass ko'mirchilik 
sanoatidagi muhandis va xo'jalik boshqaruvchilarini dalilsiz 
ayblash amaliyotini qoralash tog'risida'gi direktivasi chiqarilgan. 
Bu direktiva ommaviy ishdan bo shash hollarining kamayishiga olib 
keldi va shu bilan tarmoqning butkul barbod bo'lish oldini oldi.
- 1937-yil 29-aprel. SSSR NKVDsi Davlat xavfsizligi Bosh 
boshqarmasining “mensheviklar partiyasini qayta tuzishga 
yo'naltirilgan noqonuniy faoliyat olib borayotgan”hkda, terrorchi- 
lik-qo‘poruvchilik qilish kayfiyatida bo‘lgan, sovet hukumatini 
qurol kuchi bilan ag'darish maqsadida eserlar, trotskiychilar va o‘ng 
kuchlar bilan blok tuzishga intilganlikda shubha ostiga olingan 
sobiq mensheviklar tog'risidagi direktivasi chiqarildi. Unda 
mensheviklar maxfiy tashkilotlarini zudlik bilan yo‘q qilish haqida 
korsatm a bergan.
- 1937-yil 7-may. SSSR NKVDsining Davlat xavfsizligi Bosh 
boshqarmasining V K P(b) 
rahbarlariga 
qarshi 
terrorchilik 
harakatlarini tayyorlashda ayblangan jismoniy tarbiyachilar orasida 
tezkor-agentura faoliyatini kuchaytirish to‘g‘risida direktiva qabul 
qilgan.
- 1937-yil 14-29-may. “Ishchi dehqonlar Qizil armiyasidagi 
harbiy-fashistik fitna” ishi bo'yicha aybdorlar qamoqqa olindi.
-
1937-yil 23-may. Siyosiy byuroning “trotskiychilar,
zinovevchilar va boshqa sovetlarga qarshi uyushmalarga aloqador 
bo'lganligi uchun V KP(b)dan chiqarilgan barcha shaxslar”ni 
Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg), Kievdan badarga 
qilish to‘g‘risidagi qarori chiqargan. Qarorda 5 yildan ortiqqa hukm 
qilingan yoki otib tashlangan barcha muxolifatchilarning oilalarini 
badarga qilish belgilab qo'yilgan.
- 1937-yil 8-iyun. SSSR NKVDsi Davlat xavfsizligi Bosh 
boshqarmasining 
“Sovetlarga 
qarshi 
turk-tatar 
millatchi 
tashkilotlariga 
qarshi 
tezkor-agentura 
ishlari 
to‘g‘risida”gi 
direktivasi chiqarilgan. O'zbekiston, Ozarboyjon, Tojikiston, 
Qozog'iston, Tatariston, Qrimda “millatchilik unsurlari”ning 
faollashgani va ularning rahbar lavozimlami egallab olganligi, 
“trotskiychilar va o‘ng buchlar bilan bloklarga birlashib, bevosita 
fashizm yo'nalishidagi harakatlar qayd qilingani” “urush holatida 
SSSRga qarshi qurolli harakatlar olib boruvchi qo'zg'olonchi 
kadrlarni uyushtirilayotganligi”, “joylarda terrorchilik harakatlarini
12
www.ziyouz.com kutubxonasi


sodir etayotganligi va asosiy terrorchilik aktiga tayyorgarlik 
korilayotganligi” qaydetilgan.
- 1937-yil 11-iyun. SSSR Oliy sudining maxsus sudi ishtirokida 
Qizil armiyadagi harbiy-fashistik fitna bilan bog'liq jinoiy ish 
korilgan. Sakkizta harbiy boshliqlar - M.N.Tuxachevskiy, I.E.Yakir, 
I.P.Uborevich, V.M.Primakov, V.K.Putin, A.I.Kork, R.P.Eydeman, 
B.M.Feldman o‘lim jazosiga hukm qilingan va 12-iyunga o'tar 
kechasi otib tashlangan. Shundan so n g armiyada yoppasiga 
qamoqqa olishlar boshlangan. 1937-1938-yillarda marshallardan 
tortib oddiy askarlargacha Ishchi-dehqonlar Qizil armiyasi harbiy 
xizmatchilaridan jami 32 mingga yaqini qatag on qilingan.
- 1937-yil 15-iyun. SSSR NKVDsining Moskva, Leningrad, 
Kiev, Rostov, Taganrog, Sochidan (Siyosiy byuroning 23-maydagi 
qaroriga asosan) V K P(b)dan “chiqarib tashlangan” shaxslar hamda 
qatagon qilinganlarning oila azolarini kochirish operatsiyasini 
o'tkazish boyicha Yo‘riqnomasi chiqarilgan.
- 1937-yil 21-iyun. Mudofaa ishlari Xalq komissari va Ichki 
ishlar xalq komissarining Ishchi-dehqonlar Qizil armiyasining 
komandir va oddiy tarkibidagi aksilinqilobiy harakatlarga 
aloqador bo'lgan hamda o‘z aybini ixtiyoriy tan olgan (ya’ni 
boshqa kasbdoshlarini sotishga tayyor bo'lgan) shaxslarni jinoiy 
javobgarlikka tortmaslik tog'risidagi qo'shma buyrug'i chiqarildi.
- 1937-yil 23-29-iyun. V K P(b) M K Plenumi bo'lib o‘tgan. 
Plenumda Ichki ishlar xalq komissari N.I.Ejov davlat va partiyaning 
barcha bo'g'inlarida mavjud bo'lgan fitnachilik to'grisida ma'ruza 
qilgan.
1937-yil 
26-iyun. 
SSSR NKVDsining V KP(b)dan 
o'chirilganlar orasida tezkor-agentura ishlarini kuchaytirish 
to‘g‘risidagi 
sirkulyari 
chiqqan. 
NKVDning ma’lumoticha, 
“umuman olganda bir qancha hollarda V K P(b)dan o'chirilganlar 
josuslar, buzgunchilar, qo'poruvchilar va terrorchilar safiniyanada 
to'ldirib, yapon-nemis-trotskiychilar bandasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
qoshilib ketmoqda” edi.
- 1937-yil 28-iyun. V KP(b) Garbiy-Sibir o'lka komissarligi 
kotibining o'lkada surgun qihngan “quloqlar” orasidagi aksilinqilo- 
biy isyonkor tashkilotning fosh etilgani haqidagi maktubiga ko'ra, 
Siyosiy byuro “jinoiy ishlami tezkor ko'rish uchun” G'arbiy-Sibir 
o'ikasida “uchlik” tuzish to'grisida qaror qabul qilgan. “Uchlik”
13
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarkibiga NKVD Boshqarmasi boshlig'i - Mironov (rais), o‘lka 
komissarligi kotibi - Eyxe va o'lka prokurori Barkov kiritilgan. 
Garbiy-Sibir o'lka “uchligi” 1937-38-yillardagi otishga hukm 
qilish huquqiga ega bo'lgan sud tizimida bo'lmagan birinchi organ 
hisoblanadi.
Qatagon tegirmoni toxtovsiz insonlar hayotiga zomin bo‘la 
bordi. 1937-yilning ikkinchi yarmida stalincha qatagon yanada 
kuchaydi. Buni juda koplab direktivalar e'lon qilinganligidan ham 
ko'rish mumkin.
- 1937-yil 2-iyul. Siyosiy byuro “Sovetlarga qarshi unsurlar 
tog'risida” qaror qabul qildi. Unda, jumladan, quyidagilaryozilgan: 
“V K P(b) M K barcha o'lka va oblast tashkilotlarining kotiblari va 
NKVDning barcha oblast, o'lka va respublikalardagi vakillariga 
o‘z yurtiga qaytgan hamma quloqlar va jinoyatchilarni ro'yxatga 
olishni taklif qiladi. Ulardan eng adovatlilari zudlik bilan qamoqqa 
olinib otib tashlansin. Jinoy ishlar “uchlik”lar orqali o'tkazilsin, 
dushmanhk kayfiyati kamroq bo'lgan unsurlarni qayta ro'yxatga 
ohb, NKVD ko'rsatmasiga ko'ra, hududlarga badarga qihnsin. 
V KP(b) M K besh kun muhlat ichida M Kga otishga va surgunga 
hukm qilinadiganlar sonini taqdim qilishni taklif qiladi”. Bu hujjat 
asosida “quloqlar operatsiyasi” boshlangan.
- 1937-yil3-iyul. SSSRNKVDning266/15545-sonlidirekti-vasi 
chiqarilgan. Unda NKVD barcha boshqarmalari rahbarlariga o‘z 
viloyatlaridagi jazoni o'tab qaytgan, surgun va lagerlardan qochgan 
barcha quloqlar va jinoyatchilami ro'yxatga ohsh topshirilgan. Shu 
bilan birga “ro'yxatdagilami ikki toifaga: 1) ishlari “uchliklar” orqah 
mamuriy yo‘l bilan o'tkazihb, qamoqqa olish va otishga hukm 
qilinadigan o‘ta tajovuzkor unsurlar; 2) SSSRN KVD sikorsatm asiga 
ko‘ra, turli hududlarga badarga qilinadigan, nisbatan faol bo'lmagan, 
lekin dushmanhk kayfiyatida bo‘lganlar”ga bo'hsh buyurilgan.
- 1937-yil 5-iyul. Siyosiy byuroning “Jazoga tortilgan xalq 
dushmanlarining turmush ortoqlari to‘g‘risida”gi Qarori chiqarilgan. 
Unga ko'ra “barcha fosh qilingan so‘l-trotskiychi josus xalq 
dushmanlarining turmush ortoqlari kamida 5-8 yil muddatga 
lagerlarga qamalishi”, bolalari esa bolalar uyiga joylashtirihshi kerak 
edi.
- 1937-yil 7-iyul. SSSR Prokuraturasi “bezorilik harakatlarini 
yoki oshkora shovinistik va aksilinqilobiy xurujlar”ni R SFSR J K
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


58-10-moddasi (sovetlarga qarshi tashviqot) yoki S9-7-moddasi 
(milhy yoki diniy adovatni targ'ib qilish) bilan tasniflash to‘g‘risida 
farmoyish bergan.
- 1937-yil 9-iyul. I.V.Stalin va V.M.Molotovning A.I.Ikromovga 
“uchhk” 
tarkibini 
o'zgartirish 
togrisidagi 
906/sh-sonli 
shifrtelegrammasi yuborilgan. Unda O'zbekiston M K kotibi Akmal 
Ikromovga “uchhk”ka Karimovdan boshqa odamni kirgizish 
taklif qilingan. Karimovning Fayzulla Ho'jaevning sovetlarga 
qarshi guruhi bo'yicha shubhali ekanligi bayon etilgan. Mazkur 
shifrtelegrammada “Ne Karimov i Baltabaev, a Tyurabekov” 
( “Karimov va Boltaboev emas, balki To'rabekov”), degan qayd 
mavjud.
- 1937-yil 11-iyul. Siyosiy byuro O zbekiston SSR bo'yicha 
sovetlarga qarshi unsurlarni tekshirish yuzasidan “uchlik”ni 
tasdiqlagan. Bu “uchlik” Akmal Ikromov, Sodiqjon Boltaev va 
Zagvozdinlardan tashkil topgan. Shu qaror bilan O'zbekiston 
SSR bo'yicha 1489 kishini otish va 3962 kishini surgun qihsh 
tasdiqlangan.
- 1937-yil 14-iyul. Mahbuslar kuchi bilan qurilgan Moskva- 
Volga kanalining ochilish marosimi bo'lgan. Qurihsh jarayonida bir 
necha yuz mahbuslar va yollangan quruvchilar qamoqqa olingan. 
Shulardan 218 tasi kanal ochihshi marosimida Stalin va Yejovga 
suiqasd qilishni tashkillashtirishda ayblanib, otib tashlangan.
- 1937-yil 15-iyul. A.I.Ikromov I.V.Stalinga Toshkentdan 
1263/sh-sonli shifir telegramma yo'llagan. Unda barcha o'zbek 
rahbar xodimlari tekshirib chiqilgani, O 'zSSR Xalq Komissarlari 
Soveti raisi bo'hshi mumkin bo'lgan ikki nomzod tanlab olingani, 
ular partiyaga, stalincha Markaziy Komitetga sossiz sadoqatli ekani 
aytilgan.
- 1937-yil 16-20-iyul. NKVDning markaziy va hududiy 
bo'limlari rahbarlarining “quloqlar operatsiyasi'ni rejalashtirish va 
amalga oshirishga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tgan.
- 1937-yil 20-iyul. Stalinning topshirig'i bilan V K P(b) M K 
Siyosiy byurosi ichki ishlar xalq komissari Yejovga mudofaa sanoati 
zavodlarida ishlayotgan barcha nemislarni qamoqqa olish to‘g‘risida 
topshiriq bergan.
-1 9 3 7 -yil 20-iyul. NKVDning “temiryo‘1 transportida ishlaydigan 
polyaklar, Polshadan qochib o'tganlar, siyosiy muhojirlar va siyosiy
15
www.ziyouz.com kutubxonasi


ayriboshlanganlarni, polyak armiyasi harbiy asirlarini, sobiq polyak 
legionerlarini, polyak aksilshoroviy partiyalarining sobiq azolari 
va boshqalarni, ular obrosini to'kadigan materiallar bor-yoqligiga 
qaramasdan, batafsil ro'yxatga olishga kirishilsin” mazmunida 
topshirig'i chiqarildi.
- 1937-yil 24-iyul. Bakteriologik qo'poruvchilikning oldini 
olish chora-tadbirlari tog'risidagi NKVD Direktivasi e’lon 
qilingan Unda suv ta'minoti va bakteriologik stansiyalarda, ilmiy- 
tadqiqot institutlari va laboratoriyalarda faoliyat korsatayotgan, 
mikrobiologiya bilan shug'ullanayotgan “xorijiy fuqarolar, sovet 
fuqaroligini qabul qilgan sobiq chet elliklar, chet mamlakatlar bilan 
bog'liq bo'lgan shaxslarni” qamoqqa olish buyurilgan.
- 1937-yil 25-iyul. SSSR NKVDsining “Transport sohasi 
hamda mudofaa zavodlarida ishlayotgan va josuslikda shubha 
qilinayotgan germaniyalik fuqarolarni qatag on qilish operatsiyasi 
to g‘risida”gi 00439-sonli buyrug'i chiqarilgan. “Nemis operatsiyasi” 
bo'yicha 1937-1938-yillarda 55005 kishi jazolangan, shulardan 
41898 kishi otib tashlangan.
1937-yil 
27-iyul. 
NKVD 
Davlat xavfsizligi 
Bosh 
boshqarmasining razvedkadagi harbiy fitna ishtirokchilarini 
qamoqqa olish to‘g ‘risidagi farmoyishi chiqarilgan.
- 1937-yil 29-iyul. NKVD ishchi-dehqon militsiyasi Bosh 
boshqarmasining temiryo‘llarni “ijtimoiy buzg'unchi unsurlar”dan 
tozalash haqidagi buyrug'i chiqqan.
- 1937-yil 30-iyul. NKVDning favqulodda “uchhk”lari “xalq 
dushmanlari”ga o'lim jazosini tayinlash huquqini oldilar.
- 1937-yil 30-iyul. SSSR Ichki ishlar xalq komissari, Davlat 
xavfsizligi Bosh komissari Yejov tomonidan 
imzolangan 
SSSR NKVDsining “Sobiq quloq qilinganlar, jinoyatchilar va 
boshqa sovetlarga qarshi unsurlarni qatag'on qiiish operatsiyasi 
haqida”gi Ne00447-sonli tezkor buyrug'i chiqarilgan. Qatag'onga 
qishloqlardagi va shaharga o'rnashib olgan sobiq quloqlar, 
sotsialistik partiyalarning sobiq azolari, ruhoniylar, sobiq “oq 
gvardiyachilar” hamda turli jinoiy moddalar bo'yicha sudlanganlar 
tortildi. Buyruqda birinchi (otuv) va ikkinchi (lagerlarga qamash) 
kategoriyalar bo'yicha SSSRning har bir hududi bo'yicha qatagon 
qilinadiganlar soni belgilab berilgan edi. Hukm chiqaruvchi 
“uchlik”lar tarkibi ham qayd qilingan edi. Buyruqda O'zbekiston
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


SSRdan 750 kishi otuvga va 4000 kishi qamoq hamda surgunga 
hukm qihnishi belgilab berilgan. Mazkur operatsiyani o'tkazish 
muddati bir necha bor uzaytirilib, regionlarga yangi “limit”lar 
berilgan. 1938-yilning bahor-yoziga kelib nihoyasiga yetgan “quloq 
operatsiyasi”da jami 818 ming kishi jazoga tortilgan, shulardan 436 
mingtasi otib tashlangan.
- 1937-yil 31-iyul. “Katta qirg‘in”ning avj nuqtasi: V K P(b) M K
Siyosiy byurosi Yejov tomonidan taqdim qilingan “Sobiq quloq 
qilinganlar, jinoyatchilar va boshqa sovetlarga qarshi unsurlarni 
qatagon qilish operatsiyasi haqida”gi Ns00447-sonh buyruqni 
tasdiqladi. Bir vaqtning o'zida “quloqlar operatsiyasi” muddatlari, 
amalga oshirihsh ta'minoti tasdiqlangan, shuningdek, ushbu 
operatsiya jarayonida jazoga tortilganlarni joylashtirish uchun 
oltita yangi yogoch tayyorlash mehnat-tuzatuvlageri tashkil qihsh 
to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
- 1937-yil 1-avgust. SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 
Ns 1244-289-ss-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorda NKVD 
tomonidan quloq qilinganlar, jinoyatchilar va boshqa sovetlarga 
qarshi unsurlarni zudlik bilan qatag‘on qihsh operatsiyasi loyihasi 
tasdiqlangan. Operatsiyani ittifoqning barcha oblastlarida 1937-yil 
5-avgustdan, Turkmaniston, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston 
respublikalarida 
esa 
10-avgustdan 
boshlash 
topshirilgan. 
Operatsiyani to'laligicha 4 oy muddatda tamomlash ko'zda tutilgan.
- 1937-yil 1-avgust. V K P(b) MKning g'alla tayyorlashdagi 
zararkunandaliklarga qarshi kurashish to'g'risida qarori chiqarilgan.
- 1937-yil 2-avgust. I.V.Stalinning O'zbekiston K P(b) M Kga 
rahbar xodimlar tarkibiga o'zgartirishlar kiritish haqidagi 
1167/sh-sonli shifrtelegrammasi kelgan. Unda xususan quyidagi 
jumlalar mavjud: “... VKP(b) M K Karimovni boshqa nomzod bilan 
almashtirishni talab qiladi. Boltaboevni X K S raisi lavozimiga nom- 
zod sifatida korsatish mumkin emas, chunki hibsga olingan Risqulov, 
Xo'janov, Atabaev, Fayzulla Xo'jaevlar unga qarshi ko'rsatma 
bermoqda. X K S raisi etib To'rabekovni ko'rsatishga harakat qiling. 
Bizning nazarimizda, O'zbekistonda sovetlarga qarshi unsurlarga 
qarshi kurash olib borilayotgani yo‘q, Ikromov esa shunday unsurlar 
orasida qolganki, ularni ko'rmayapti va e'tibor qilmayapti”
- 1937-yil 3-avgust. V K P(b) 
M Kning 
vilnvatlar ho'vicha 
rayonlarda qishloq xo'jaligi sohasidagi |zararkunar(dAllte)u4i4M>i
17
www.ziyouz.com kutubxonasi


2-3 tadan ochiq sud jarayonlarini o'tkazish togrisidagi Direktivasi 
chiqarilgan.
- 1937-yil S-avgust. “Quloqlar operatsiyasi” bo'yicha ommaviy 
qamoqqa olishlar boshlangan.
- 1937-yil S-avgust. NKVDning 00447-sonli buyrug'i asosida 
“quloqlar 
operatsiyasi”ni 
G U LA G da 
o'tkazish 
tog'risida 
direktivasi chiqarilgan. Lagerlar uchun 1-kategoriya (otuvga hukm 
qilinadiganlar) soni belgilab berilgan. Hukm “uchlik”lar tomonidan 
lager mamuriyatining ma'lumotnomasi asosida chiqarilgan.
- 1937-yil 7-avgust. Vishinskiy respublikalar, o'lkalar, oblastlar 
prokurorlariga 00447-sonli buyruq ijrosi jarayonida prokurorning 
oldindan sanksiyasi talab etilmasligi to grisid a topshiriq bergan.
- 1937-yil 10-avgust. SSSR Ichki ishlar xalq komissarligi 
(NKVD)ning 1937- yildagi 00447-sonli qarori asosida O'zSSR 
NKVDsi “uchligi” 1-son bayonnoma bilan 64 kishini otuvga va 4 
kishini 10 yil muddatga mehnat-tuzatuv lageriga jonatish hukmini 
chiqargan.
- 1937-yil 11-avgust. SSSR NKVDsining 00485-sonli “Polyak 
qoporuvchi-josuslik guruhlarini yo‘q qilish va polyak harbiy 
tashkilotini tuzish to‘g‘risida”gi buyrug'i chiqarilgan. Polyak 
armiyasining sobiq harbiy asirlari, Polshadan qochib o'tganlar, 
Polshadan kelgan siyosiy muhojirlar, Polsha sotsialistik partiyasi 
va boshqa polyak siyosiy partiyalari sobiq azolarining qatagon 
qilinishi fco'zda tutilgan. Harbiy-strategik sohalar (transport, aloqa, 
mudofaa sanoati, armiya, havfsizlik organlari)da faoliyat ko'rsatib 
kelayotgan polyak diasporasi vakillari, shuningdek polyak madaniy 
jamoalari shafqatsiz qatagon qilingan. Shu buyruq asosida NKVD 
vakih hamda SSSR Prokuroridan iborat “ikkilik”lar tuzildi. “Polyak 
operatsiyasi” bo'yicha 1937-1938-yillarda 139815 kishi sudlangan, 
shulardan 111071 kishi otishga hukm qilingan.
- 1937-yil 15-avgust. SSSR NKVDsining “Xalq dushmanlari 
ayollari”ni qatag'on qilish to‘g‘risida”gi 00486-sonli buyrug'i 
chiqarilgan. NKVD huzuridagi 0 ‘ta maxfiy bo'limning “vatan 
xoinlarining oila a’zolari”ni qamoqqa olish va 5-8 yilga hukm qilish 
hamda farzandlarini bolalar uyi, yashlarga joylashtirish tartibi joriy 
qilingan. Dastlabki malumotlarga qaraganda mazkur operatsiya 
jarayonida 18 ming ayol qamoqqa olingan, 25 mingdan ziyod 
bolalar o‘z oilalaridan ajratilgan.
18
www.ziyouz.com kutubxonasi


- 1937-yil 16-avgust. NKVD G ULAG tizimida Ivdel, Kargopol, 
Kuloy, Lokchim, Tayshet, Tomsko-Asin va Ustvim mehnat-tuzatuv 
lagerlari tashkil etilgan.
- 1937-yil 17-avgust. “Polyak josusligi” togrisidagi buyruqni 
Moldova ASSRdagi "rumin josuslari”ga nisbatan qo'llash to‘g‘risida 
NKVD direktivasi chiqarilgan. Birinchi navbatda Ruminiyadan 
qochib o'tganlar va muhojirlar qamoqqa olinganlar. Tez orada “rumin 
operatsiyasi” butun Ukraina hududida, keyinchalik SSSR miqyosida 
amalga oshirilgan. Operatsiya jarayonida 8292 kishi sudlangan, 
shulardan 5439 kishi otib tashlangan.
- 1937-yil 20-avgust. O'zbekiston SSR NKVDsi “uchligi” 
yig'ilishi 2516-sonli ishni ko'rib, 9 kishini otuvga hukm qilgan
- 1937-yil 21-avgust. V K P(b) M K va SSSR XKSning “Uzoq 
Sharq o'lkasi chegara rayonlaridagi koreys aholisini kochirish 
to'g‘risida”gi qarori chiqarilgan. 1937-yilda birinchilardan bo'lib 
Uzoq Sharqdagi koreyslar ommaviy deportatsiyaga uchragan. 
Mazkur qarorning chiqishi bilan 1937-yilning oktabr-noyabr 
oylarida respublikaga 74500 koreyslar (16307 oila) kochirib 
keltirilgan.
- 1937-yil 29-avgust. SSSR NKVDsining 1937-yildagi 
00447-sonli qarori asosida 0 ‘zSSR NKVDsi “uchligi”ning 
yig'ilishida 66 kishi ustidan hukm chiqarilgan, shundan 36 kishi 
1-toifa bo'yicha otuvga hukm etilgan.
- 1937-yil 29-avgust. SSSR NKVDsi Davlat havfsizligi Bosh 
boshqarmasining “Ishchi-dehqonlar Qizil armiyasi qismlaridagi 
zaharlanish va bakteriologik qo'poruvchiliklarga qarshi tezkor 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi sirkulyari e'lon qilingan.
- 1937-yil 1-sentabr. StalinV KP(b) Uzoq Sharq o'lkasi 1-kotibi 
Vareykisga, Uzoq Sharq maxsus Qizil bayroqli Armiya qo'mondoni 
Blyuxerga va Uzoq Sharq o'lkasi NKVD boshqarmasi boshlig'i 
Lyushkovga quyidagi mazmunda shifftelegramma yo'llagan: 
“Koreyslarni ko'chirish - yetarli darajada pishgan ish, biz bu borada 
bir oz kechikkan bo'lishimiz ham mumkin... ko'chirishni tezlikbilan 
amalga oshirish darkor”.
- 1937-yil 4-sentabr. “Quloqlar operatsiyasi”ning ikkinchi 
bosqichi boshlangan. Ikkinchi kategoriya bo'yicha qamoqqa olina 
boshlangan.
- 1937-yil 5-sentabr. Siyosiy byuro Polshadan qochib
19
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'tganlarni, Polyak sotsialistik partiyasi azolari va boshqalarni 10 
yilga qamoq jazosiga hukm qilishga ruxsat bergan.
- 1937-yil 8-sentabr. 
Stalin nomiga yozilgan maxsus
ma'lumotnomada ichki ishlar xalq komissari N.Ejov qatagon 
bo'yicha maxsus operatsiyaning dastlabki natijalari to grisid a 
quyidagicha 
axborotni bergan: 
“Joriy yil 
(l937-yil)ning 
1-sentabrigacha 146225 kishi qamoqqa olingan... Qamoqqa 
olinganlarning “uchliklar” tomonidan 31530 tasi otishga hukm 
etildi... Operatsiyaning birlamchi natijalari zarbaning to'g'ri 
berilganligini korsatmoqda... Amalga oshirilayotgan qamoqqa 
olishlar ko'pchilik aksilinqilobiy guruhlarni fosh qilish imkonini 
bermoqda... qishloq xo'jaligida, sanoatda va transportda”.
- 1937-yil 8-sentabr. 
SSSR NKVDsining 1937-yildagi
00447-sonli qarori asosida O 'zSSR NKVDsi “uchligi” jami 125 
kishi ustidan hukm chiqargan. Shulardan 84 nafari otuvga hukm 
qilingan.
- 1937-yil 10-sentabr. SSSR X K S va V K P(b) MKning “har bir 
viloyat va o'lkada don-dunni saqlashda zarakunandalik qilganlar 
ustidan 2-3 korgazmali sudlarni o'tkazish, aybdorlarni otib tashlash 
va shu haqda mahalliy matbuotda e'lon qilish” lozimligi haqidagi 
telegrammasi jonatilgan.
- 1937-yil 12-sentabr. SSSR NKVDsining 1937-yildagi
00447-sonli qarori asosida O 'zSSR NKVDsi “uchligi”ning yig'ili- 
shi bo'lib o'tgan. 9-sonli bayonnoma asosida 117 kishi otuvga hukm 
qilingan.
- 1937-yil 14-sentabr. Ichki ishlar xalq komissari N.Ejov maxsus 
xabarnomasida Stalinga “Polyaklar operatsiyasi” bo'yicha 1937-yil 
10-sentabriga kelib 23216 ta odam qamoqqa olinganligi haqida 
ma’lumot bergan.
- 1937-yil 14-sentabr. SSSR M IK “Ittifoqdosh respublikalar- 
ning amaldagi JPKiga o'zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori 
chiqqan. Qarorga binoan Jinoyat prosessual kodeksga quyidagi 
o'zgartirishlar kiritilgan:
1. Zararkunandalik va qoporuvchilik bilan bog'liq ishlarda 
ayblov hulosasi aybdorlarga ish sudda ko'rilishidan 1 sutka oldin 
topshirilsin;
2. Siyosiy jinoyatlar bilan bog'liq ishlarda shikoyat arizalariga 
yo‘l qo'yilmasin;
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. 
Otuv hukmi ijrosi bo'yicha avf qilish haqidagi so'rovlar rad 
etilsin.
- 1937-yil 17-sentabr. SSSR NKVDsi sobiq jazolanganlaming 
rejimli hududlarda yashashlariga bo'lgan taqiqlarni kuchaytirish 
to'g‘risida Sirkulyar qabul qilingan.
- 1937-yil 20-sentabr. NKVDning “Xitoy-Sharq temir yo'lida 
ishlovchi sobiq “xarbinchilar”dan iborat yapon agenturasi 
va Manchjoudan qaytgan muhojirlarning terrorchilik va 
josuslik faoliyati munosabati bilan chora-tadbirlar haqida”gi 
00593-sonli buyrug'i chiqqan. “Xarbinchilar hniyasi bo'yicha 
1937-1938-yillarda 46317 kishi jazoga tortilgan, shulardan 30992 
kishi otuvga hukm etilgan.
- 1937-yil 28-sentabr. SSSR XKSning “Uzoq Sharq o'lkasiga 
yapon josuslarining kirib kelishi oldini olish” maqsadidagi 
“Koreyslarni Uzoq Sharq o'lkasidan badarg'a qilish to'g‘risi”dagi 
qarori chiqqan. Mazkur qarorda SSSRning boshqa hududlarida 
yashovchi koreyslarning ham deportatsiya qilinishi nazarda tutilgan 
edi. 1937-yilning oktabr oyi oxiriga kelib, Uzoq Sharq o'lkasidan 
O'rta Osiyo va Qozog'istonga 1717781 kishidan iborat jami 36442 
oila deportatsiya qihngan. Shular bilan birga ushbu o'lkadan yana 
10 mingga yaqin xitoy, polyak, nemis va boshqa millat vakillari 
badarga qilingan.
- 1937-yil 2-oktabr. SSSR XKSning josuslik, buzg'unchilik va 
qo'poruvchilik bilan bog'liq jinoiy ishlar bo'yicha jazoni kuchayti- 
rib, ilgarigi 10 yil qam oq muddati o'rniga 25 yilgacha qam oq jazosini 
joriy qilish to'grisidagi qarori chiqarilgan.
- 1937-yil 2-oktabr. VKP(b) M K Siyosiy byurosi azosi A.A.Andre- 
ev Stalinga quyidagi mazmundagi shifrotelegramma yo'llagan: 
“Tojikistondagi holat bilan tanishib chiqdim. Dushmanlar bu yerda 
puxta ish olib borganlari va ozlarini juda erkin his qilganliklari konnib 
turibdi. XKS raisi va o‘rinbosarlari, M IK raisi va kotibi, deyarli barcha 
xalq komissarlari, 15 rayon komissari qamoqqa olindilar va ulaming 
o'miga hali hech kim tayinlanmadi. Yana ishdan bo'shatish va qamoqqa 
olishga to‘g‘ri kelmoqda...”
- 1937-yil 2-oktabr. V K P(b) M K va SSSR XKSning 
“Chorvachilikdagi buzqunchiliklarga qarshi kurashish chora- 
tadbirlari to‘g ‘risida”gi qarori chiqarilgan. Unda “har bir respublika, 
o'lka va viloyatlarda 3-6 ochiq ko'rgazmali sud jarayonlarini tashkil
21
www.ziyouz.com kutubxonasi


etish, buzg'unchiligi fosh etilganlarni otuvga hukm qilish” taklif 
etilgan.
- 1937-yiI 4-oktabr. NKVD Davlat xavfsizligi Bosh 
boshqarmasining o‘z-o‘zini o'ldirish holatlarining oldini olish 
maqsadida qamoqxonalardagi mahbuslar ustidan nazoratni 
kuchaytirish haqidagi sirkulyari e’lon qilingan. Shu darajaga 
borilganki, hatto tashqaridan olinadigan dori-darmonlarning ham 
bo'lishi taqiqlangan.
- 1937-yil 8-oktabr. SSSR Prokurorining “mish-mishlar” uchun 
jazoni kuchaytirish tog'risidagi buyrug'i chiqqan.
- 1937-yil 11-oktabr. SSSR NKVDsining chegara oldi 
Ozarboyjon va Qozog'istondan kurdlarni hamda qatagonga 
uchraganlaming oila azolarini ko'chirish tog'risidagi Direktivasi 
chiqarilgan.
- 1937-yil 23-oktabr. SSSR NKVDsining “SSSR davlat 
chegaralarini buzganlar - chegaradan qochib o'tganlarni (SSSR
hududiga o'tganligining sabahlaridan qat’i nazar) qatag on qilish 
operatsiyasi va ulami qamoqxona va lagerlarga qamash to‘g risida”gi 
00693-sonli buyrug'i chiqarilgan.
- 1937-yil 28-oktabr. SSSR NKVDsining “Germaniya, Yaponiya, 
Italiya, Polsha elchixonalari va vakolatxonalari xodimlari tomonidan 
josuslik, terrorchilik hamda qo'poruvchilik faoliyadariga barham 
berish to‘g‘risida”gi 00698-sonh buyrug'i chiqarilgan. Xorijiy 
vakolatxonalar va elchixonalar bilan aloqasi bo'lgan fuqarolami 
qamoqqa olish ko'zda tutilgan.
- 1937-yil l-oktabr-5n oyabr.N K V D ning“SSSR01iySovetiga 
saylovlar munosabati bilan cherkov va sektalardagi qo'poruvchilik 
ishlarini olib borishga harakat qilayotgan aksilinqilobiy faollarning 
yo‘q qilinishini taminlash” haqidagi Direktivasi chiqarilgan.
- 1937-yil3-noyabr. SSSRNKVDsiningommaviyoperatsiyalami 
(“quloqlar”, “millatchilar” vatan xoinlari oila a'zolariga qarshi) 
jadallashtirishbilan bog'hq Direktivasi chiqarilgan.
- 1937-yil 4-noyabr. NKVD Davlat xavfsizligi Bosh 
boshqarmasining 
“Ishchi-dehqon 
Qizil 
armiyasi 
harbiy 
omborlaridagi qo'poruvchilik bilan kurashish to‘g‘risida”gi 
sirkulyari e’lon qilingan.
- 1937-yil 13-noyabr. SSSR NKVDsining 1937-yiIdagi 
00447-sonli qarori asosida 0 ‘zSSR NKVDsi “uchligi'ning yig'ili-
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


shi bo'lib o'tgan. Yig'ilishning 33-bayonnomasiga kora 242 ta 
jinoiy ish ko'rilgan. Jam i 331 ayblanuvchi ustidan hukm chiqarilgan. 
Shulardan 70 nafari otuvga hukm qilingan. 34-bayonnoma 
bo'ykha 
esa 164 ta jinoiy ish ko''rihb, 273 kishi jazolangan, shulardan 87 kishi 
otilgan.
- 1937-yil 17-noyabr. 
SSSR NKVDsining 1937-yildagi
00447-sonli qarori asosida O z S S R NKVDsi “uchligi”ning yig'ili- 
shi bo'hb o'tgan. Mazkur yig'ilishda 14S ta jinoiy ish korilgan. 
269 nafar ayblanuvchi ustidan hukm chiqarilgan, 53 nafari otuvga 
mahkum etilgan.
- 1937-yil 21-noyabr. 
SSSR NKVDsining 1937-yildagi
00447-sonli qarori asosida O'zSSR NKVDsi “uchligi”ning yig'ilishi 
bo'lib o'tgan. 36-bayonnomaga ko'ra 133 ta jinoiy ish yuzasidan 
177 kishi jazolangan, 21 nafari otuvga hukm qilingani qayd etilgan. 
37-bayonnomaga ko‘ra esa 243 ta jinoiy ish kiritilgan. 365 kishi 
jazolangan, 27 nafari otib tashlangan.
- 1937-yil 22-noyabr. SSSR NKVDsi Davlat xavfsizligi Bosh 
boshqarmasining energetika xo'jaligida germaniyalik josus- 
qoporuvchilar guruhini aniqlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish 
tog'risidagi Direktiva chiqargan.
- 1937-yil 28-noyabr. 
SSSR NKVDsining 1937-yildagi
00447-son liqaroriasosidaO zSSR N K V D si“uchligi”ning yig'ilishi 
bo‘hb o'tgan. Yig'ilishda 111 ta jinoiy ish ko‘rilgan. 159 ayblanuvchi 
ustidan hukm chiqarilgan. 20 nafari otuvga hukm qilingan.
- 1937-yil 30-noyabr. SSSR NKVDsining “Latviya josuslari”ga
qarshi qatagon operatsiyasi to‘g‘risda Direktivasi 
chiqarilgan.
Siyosiy muhojirlar va Latviyadan qochib o'tganlar, latish klublari 
va jamiyatlarining faollari, jumladan “Latish oqchilari” klubi 
azolari vaboshqalar qatag'on qilingan. “Latishlar liniyasi” bo'yicha 
1937-1938-yillarda 21300 kishi sudlangan, shulardan 16575 kishi 
otib tashlangan.
- 1937-yil 1-dekabr. SSSR NKVDsining 1937-yildagi 
00447-sonli qarori asosida 0 ‘zSSR NKVDsi “uchligi”ning yig'ihshi 
bo'lib o'tgan. Yig'ilishning 44-bayonnomasi asosida jami 123 jinoiy 
ish korilib, 145 nafar mahbus ustidan hukm chiqarilgan. Shulardan 
14 nafari otuvga hukm etilgan. O zSSR N K V D siD av lat xavfsizligi 
boshqarmasi tomonidan taqdim qilingan jinoiy ishlar asosida 
45-sonli bayonnoma tuzihb, unda turli viloyatlardan kelgan 73 ta
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


jinoiy ish korilgan. 110 nafar mahbus ustidan hukm chiqarilgan. 
Shulardan 29 nafari otib tashlangan. 46-sonli bayonnoma bo'yicha 
O 'zSSR NKVDsining Fargona va Buxoro sektorlari tomonidan 
taqdim etilgan 109 jinoiy ish bo'yicha 172 shaxs ustidan hukm 
chiqarilgan. 63 nafari otuvga hukm qilingan. 47-bayonnoma asosida 
O 'zSSR NKVDsining Chinoz rayon bo'limi, Toshkent stansiyasi 
temiryo‘1 militsiyasi, Qurama rayon bolim i, Oltiariq rayoni bo'limi, 
Andijon sektori tomonidan taqdim etilgan jami 122 jinoiy ish 
ko‘rilib, 147 ta odam ustidan hukm chiqarilgan, shulardan 50 nafari 
otib tashlangan.
- 1937-yiI 2-dekabr. SSSR NKVDsining 1937-yildagi 
00447-sonli qarori asosida O 'zSSR NKVDsi “uchligi”ning yig'ili- 
shi bo'lib o'tgan. Yig'ilishning 48-bayonnomasi asosida O 'zSSR 
NKVDsi Buxoro sektori, Davlat xavfsizligi Boshqarmasining 
4-bo‘Iimi, Qoraqalpog'iston A SSR NKVDsi tomonidan taqdim 
etilgan jami 73 ta jinoiy ish ko'rilib, 109 ta odam ustidan hukm 
chiqarilgan. 14 nafari otuvga hukm qilingan. 49-sonli bayonnomada 
NKVD Davlat xavfsizligi Bosh boqarmasi Toshkent temiryo'llari 
bo'limi, 0 ‘zSSR NKVDsi Namangan shahar bo'limlari tomonidan 
taqdim etilgan ishlar xususida chiqarilgan hukmlar qayd etilgan. 
Jam i 110 ta jinoiy ish ko'rilib, 114 ta odam ustidan hukm chiqarilgan. 
Shulardan 20 nafari otilgan.
-
1937-yil 4-dekabr. SSSR NKVDsining 
1937-yildagi 
00447-sonli qarori asosida O 'zSSR N KV D si “uchligi”ning yig‘ili-shi 
bo'lib o'tgan. Yig'ilishning 50-sonli bayonnomasida qayd etilishicha, 
0 ‘zSSR NKVDsi Andijon sektori tomonidan taqdim etilgan 103 ta 
jinoiy ish korilgan. 130 kishi jazolangan, shulardan 14 kishi otuvga 
hukm qilingan. Shu kuni yig'ilishda tuzilgan 51-sonli bayonnoma 
bo'yicha 0 ‘zSSR NKVDsi Q oqon shahar bo'limi taqdim etgan 74 
ta jinoiy ish qayd etilgan. 102 ta odam ustidan hukm chiqarilgan, 16 
nafari otilgan. 52-sonli bayonnomada 73 ta jinoiy ish ko'rilgan. 93 
odam jazolangan, shulardan 35 nafari otuvga hukm qilingan. Otuvga 
hukm qilinganlar orasida taniqli tilshunos, adabiyotshunos va 
jumalist Ashurali Zohiriy, dramaturg G'ulom Zafariy ham bo'lgan. 
Bir qator adabiy va publisistik asarlar muallifi G ozi Yunus 10 yilga 
mehnat-tuzatuv lageriga hukm etilgan. U 1942-yilda Vologda 
shahridagi lagerda vafot etgan. 1957-yilda oqlangan.
- 1937-yil 7-dekabr. SSSR NKVDsining 1937-yildagi
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


00447-sonli qarori asosida O 'zSSR NICVDsi “uchligi”ning 
yig'ilishi bo'lib o'tgan. Yig'ilish qarorlari 53, 54, 55, 56, 57-sonli 
bayonnomalarda 
qayd 
etilgan. 
53-bayonnomada 
185 
ta, 
54-bayonnomada 202 ta, 55-bayonnomada 217 ta, 56-bayonnoma- 
da 111 ta, 57-bayonnomada esa 143 ta jinoiy ish yuzasidan 
chiqarilgan “uchhk” hukmlaribayon etilgan. Shu kuni 919 dan ortiq 
kishi (bayonnomalardagi ayrim ishlarni o'qish imkoni bo'lmagan) 
ustidan hukm chiqarilgan. 32 nafari otilgan.
- 1937-yil 8-dekabr. SSSR NKVDsining 1937-yildagi 
00447-sonli qarori asosida 0 ‘zSSR NKVDsi “uchligi”ning 
yig'ilishi bo'lib o'tgan. Yig'ilishda 0 ‘zSSR NKVDsi Andijon 
sektori tomonidan taqdim etilgan 200 ta jinoiy ish ko'rilgan. 200 ta 
ayblanuvchidan bir kishi ozod etilgan, 2 kishi otuvga hukm etilgan, 
32 nafariga 8 yillik qamoq jazosi belgilangan. Qolganlari 10 yilga 
kesilgan.
- 1937-yil 9-dekabr. SSSR NKVDsining 1937-yildagi 
00447-sonli qarori asosida O 'zSSR NKVDsi “uchligi”ning yig'ili- 
shi bo'lib o'tgan. Yig'ilish bo'yicha tuzilgan 59-bayonnomada 204 
ta, 60-bayonnomada 212 ta, 61-bayonnomada 196 ta jinoiy ish 
korilganligi qayd etilgan. 59-bayonnoma bo'yicha 204 kishiga 
hukm chiqarilgan: 3 kishi otilgan, 4 kishiga 8 yil M T L berilgan, bir 
72 va 80 yoshli ikki maxbus ozod etilgan. 60-bayonnoma bo'yicha 
2 kishi otilgan, 53 ayiblanuvchiga 8 yil M T L jazosi belgilangan. 
61-bayonnoma bo'yicha 8 2 ,7 7 ,7 0 yoshh 4 mahbus ozod etilgan, 4 
nafari otuvga, 29 tasi 8 yilga hukm etilgan. Qolganlariga 10 yil M T L
jazosi belgilangan.
- 1937-yil 10-dekabr. SSSR NKVDsining 1937-yildagi 
00447-sonli qarori asosida O 'zSSR NKVDsi “uchligi”ning 
yig'ilishi bo'lib o'tgan. Yig'ilishning 62-bayonnomasida 205 ta, 
63-bayonnomasida 141 ta, 64-bayonnomasida 219 ta jinoiy ish 
ko'rilganligi qayd etilgan. Shu kuni jami 565 kishi ustidan hukm 
chiqarilgan. Shulardan 14 tasi ozod etilgan, 61 nafari otuvga 
hukm qilingan, 21 kishiga 8 yil, qolganlariga 10 yildan M T L jazosi 
belgilangan.
- 1937-yil 11-dekabr. SSSR NKVDsi barcha ommaviy 
operatsiyalar (“quloqlar”, “millatchilar” bilan bog'liq) muddatini
1938-yil 1-yanvargacha uzaytirish to'g'risida Direktiva qabul qildi. 
Demakki, chekistlardan yanada ko'proq qon to'kish talab qilindi.
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


- 1937-yil 11-dekabr. SSSR NKVDsi ommaviy josuslik va 
millatchilik faoliyatida ayblangan greklar orasida qatag on o'tkazish 
to grisid a Direktiva qabul qilgan. 1937-1938-yillar mobaynida 
12557 ta grek sudlangan, shulardan 10545 nafari otib tashlangan.
- 1937-yil 14-dekabr. SSSR NKVDsi “latishlar ishi” bo'yicha 
qatag'onni “qochib o'tgan finlar, estonlar, litvaliklar, bolgarlar”ga 
ham tadbiq qilish to grisid a Direktiva chiqargan. “Estonlar ishi” 
bo'yicha 1937-1938-yillarda 9735 kishi sudlangan, shulardan 7998 
nafari otib tashlangan, “finlar ishi” bo'yicha 11066 kishi jazolanib, 
shulardan 9078 nafari otuvga hukm qilingan.
- 1937-yil 17-dekabr. NKVDning lagerdan qochgan mahbuslar 
ishini ko'rib chiqish, barcha qochoqlarni otib tashlash to g risidagi 
Direktivasi chiqarilgan.
- 1937-yil 20-dekabr. Moskvada “Bolshoy teatr”da VChK- 
NKVDning 20 yilhgi sharafiga tantanali yig'ilish bo‘lib o‘tdi. 
Siyosiy byuro nomidan A.I.Mikoyan so‘zga chiqib “Bizda har bir 
mehnatkash - ichki ishlar xalq komissarligidan”, “NKVD bu davrda 
tahsinga loyiq ishladi” va shu kabi so'zlarni gapirdi.
- 1937-yil 22-dekabr. NKVDning Uzoq Sharqdagi xitoylarni 
qatagon qilish togrisidagi Direktivasi chiqarilgan. “Qo'poruvchilik 
harakadari yoki terrorchihk maqsadlarini namoyon qilgan” barcha 
xitoylarni zudlik bilan qamoqqa ohshga buyruq berilgan. Buyruq 
asosida duch kelgan odam qamoqqa ohngan.
- 1937-yil 26-dekabr. NKVD “milliy operatsiyalar”ni o'tkazish- 
da “qat'iyatlik va shafqatsizlik”ni talab qilib Direktiva chiqargan. 
NKVD operatsiyalar muddati tugaganligini e’lon qilganligiga 
qaramasdan qo'shimcha qamoqqa olishlami o'tkazish haqida 
ko'rsatma bergan.
- 1937-yil 27-dekabr. SSSR NKVDsining 1937-yildagi 
00447-sonli qarori asosida O 'zSSR NKVDsi “uchhgi”ning yig'ilishi 
bo'lib o‘tgan. 11 ta jinoiy ish bo'yicha 14 nafar ayblanuvchiga hukm 
chiqarilgan. Shulardan 11 nafari otib tashlangan.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin