bir uchun Moskvaga borib taqalgan. Sudlangan 9 kishining barchasi
otishga hukm qilingan.
- 1936-yil 13-noyabr. SSSR NKVDsi quyi tashkilotlarga
“yashirin sotsial inqilobchilami” aniqlash va yo‘q qilish haqida
farmoyish yuborgan. Joylarda ozodlikda bo'lgan va badarg'a
qilingan sobiq eserchilarni qamoqqa olish boshlangan.
- 1936-yil 13-noyabr. NKVDning “Temiryo‘1
transportidagi
xalokatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi buyrug'i
chiqarilgan. Uningmazmunigakorahar birhalokatga qo'poruvchilik
natijasi sifatida qarash kerak bo'lgan.
- 1936-yil 29-noyabr. SSSR Prokurori oldingi yillarda
nihoyasiga yetkazilgan yong'inlar, avariyalar, sifatsiz mahsulotlar
ishlab chiqarish va shunga o'xshashlar bilan bog'liq jinoiy ishlarni
“aksilinqilobiy zarakunandalik alomatlarini aniqlash va aybdorlami
yanada qattiqroq javobgarlikka tortish maqsadida”
qaytadan
tekshirish tog'risida topshiriq bergan.
- 1936-yil 4- va 7-dekabr. VKP(b) M K Plenumi bo'lib o'tgan.
Unda Yejovning fosh etilgan trotskiychi guruhlar, ular tomonidan
uyushtirilgan qo'poruvchihklar, “trotskiychilar ishi” bo'yicha
qamalganlarning soni (bir necha ming kishi) haqidagi hisoboti
tinglangan. Yejov bo‘lajak sud
jarayoni aybdorlari Pyatakov, Radek
va boshqalar nomini ma’lum qilgan hamda Buxarin va Rikovlarga
nisbatan yangi ayblar bildirgan,
shuningdek, “sovetlarga qarshi
o‘ng markaz” borligini e'lon qilgan. Yejovning m am zasi bo'yicha
Buxarin va Rikovning “trotskiychilar jinoyatlari”ga va terrorchilikka
aloqadorligi muhokama qilingan. Bu borada qabul qilingan qarorda
xususan bunday deyilgan: “O'rtoq Stalinning Rikov va Buxarin
haqidagi masalaning hal bo'lmaganligi tognsidagi taklifi qabul
qilinsin. Keyingi tekshimvlar davom ettirilsin...”
- 1936-yil 17-dekabr. SSSR Xalq
Komissarlari sovetining
“Aksilinqilobchi unsurlami Ozarboyjondan Eron va SSSRning ayrim
hududlariga kochirish to‘g‘risida”gi Qarori chiqqan. Bundan maqsad
chegara yaqinidagi hududlami ishonchsiz unsurlardan tozalash edi.
Dostları ilə paylaş: