Shahidlar xotirasi



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.06.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#60443
1   2   3   4   5   6   7
1937-1938-yillardagi Katta qirg\'in tarixining muhim sanalari

1936-YIL
- 1936-yil 9-mart. V K P(b) M K Siyosiy byurosining “SSSRni 
josuslar, terrorchi va qo'poruvchi unsurlarning kirib kelishidan 
himoya qiUsh chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
SSSRda “siyosiy muhojirlar ko'payib, ulaming bir qismi bevosita 
kapitalistik davlatlarning razvedka va polisiya idoralarining josuslari 
ekanligi” bahona qilinib, kommunistlarga SSSR hududiga kirish 
uchun ruxsatnoma olish jarayonlari o‘ta murakkablashtiriladi, 
siyosiy muxojirlarning barchasi qayta ro'yxatdan o'tkaziladi, M K 
qoshida N.I.Ejov raisligida “antisovet va josus unsurlardan tozalash” 
maxsus komissiyasi tuziladi.
5
www.ziyouz.com kutubxonasi


- 1936-yil 25-mart. SSSRIchki ishlarxalqkomissari G.G.Yagoda 
VKP(b) MIC Siyosiy byurosiga “badarga qilingan va faol mehnat 
bilan mashg'ul bo'lgan barcha trotskiychilarni qamash va uzoq 
lagerlarga jonatish, partiya hujjatlari so'nggi tekshiruvida VKP(b) 
safidan ochirilgan trotskiychilarni alohida ajratib olib, NKVD 
qoshidagi Maxsus kengash qarori bilan uzoq lagerlarga 5 yil 
muddatga surgun qilish hamda “terrorchilikka aloqador” deb 
topilganlarni otish” haqida taklif kiritdi.
- 1936-yil 28-aprel. SSS R X alq Komissarlari Soveti “USSRdan 
15000 polyak va nemis xo'jaliklarini kochirib, Qozog'iston 
ASSRning Qaraganda oblastida xo'jaliklar sifatida joylashtirish 
haqida”gi qarori chiqarilgan. Majburiy kochirishning sababi 
sifatida, chegaraga yaqin 
hududlarni ishonchsiz unsurlardan 
tozalash ko'rsatilgan. Jam i 69283 kishi kochirilgan.
- 1936-yil 20-may. M K Siyosiy byurosining trotskiychilami 
qatagon qilish to‘g‘risidagi qarori chiqarilgan.
- 1936-yil 9-iyun. SSSR Ichki ishlar xalq komissari G.G.Yagoda 
va SSSR Prokurori Vishinskiy V K P(b) M K Siyosiy byurosiga 
82 ta “terrorchilikka aloqasi bo'lgan aksilinqilobiy trotskiychi 
tashkilot”ning ro'yxatini taqdim qilib, ularni sud qihshni taklif 
qilgan. Ushbu ro'yxatda G.E.Zinovev, L.B.Kamenev va boshqalar 
ham bo'lgan.
- 1936-yil 29-iyul. V KP(b) MKning “Trotskiy-zinovevchi 
aksilinqilobiy blokning terrorchilik faohyati to‘g‘risida”gi maxfiy 
xati chiqarilgan. Matbuotda sobiq trotskiychilarga qarshi targ‘ibot 
kuchaytirilgan. Trotskiychilarning gestapo josuslari bilan aloqasi 
borligi xabari tarqatilgan.
- 1936-yil 19-24-avgust. Moskvada “Sovetlarga qarshi 
birlashgan trotskiychi-zinovevchilar markazi” ustidan ochiq sud 
jarayoni bo'lib o'tgan. Ayblanuvchilar G.E.Zinovev, L.B.Kamenev, 
G.E.Evdokimov, I.N.Smirnov, S.V.Mrachkovskiy va boshqalar. 
Aybnomada S.M.Kirovning o‘ldirilishi, Stalin, Voroshilov, Jdanov, 
Kaganovich, Ordjonikidzega suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik 
kabi jinoyatlar qayd etilgan. 16 ayblanuvchining hammasi “ijtimoiy 
himoya”ning oliy chorasiga hukm qilinib, 1936-yil 25-avgustda otib 
tashlangan. Mamlakatning turh hududlarida ham shunga oxshash 
sud jarayonlari bo'lib, ularda 169 dan ortiq odam jazoga tortilgan.
- 1936-yil 14-sentabr. “Parallel sovetlarga qarshi trotskiychilar
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


markazi” ishi bo'yicha 1937-yil yanvarida o'tkazilgan sudning bosh 
ayblanuvchisi Yu.L.Pyatakov, ikki kundan so'ng esa K.B.Radek 
qamoqqa olingan.
- 1936-yiI 25-sentabr. V K P(b) M KSiyosiybyurosiga Sochidan 
Stalin va Jdanov tomonidan “O rtoq Yejovni Ichki ishlar xalq 
komissari lavozimiga zudlik bilan tayinlashni mutlaqo zarur deb 
hisoblaymiz. Yagoda trotskiychi-zinovevlar blokini fosh qilish ishida 
zimmasidagi vazifani kerakli darajada bajara olmadi” mazmunida 
telegramma yo'llangan.
- 1936-yil 26-sentabr. G.G.Yagoda Ichki ishlar xalq komissari 
lavozimidan ozod qilinib, SSSR Aloqa ishlari xalq komissari etib 
tayinlangan. N.I.Ejov V K P(b) M K kotibi va V K P(b) qoshidagi 
Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin