kafedra mudirlari hamda Marketing va talablar amaliyoti boʻlimi (N.Qudratov) Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (T.Xudoyqulovga)
№ 3/5.1. Institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning oʻquv qoʻllanmalarini Oliy, oʻrta maxsus va professional ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etish toʻgʻrisida
“Institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning darslik va oʻquv qoʻllanmalarini Oliy, oʻrta maxsus va professional ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etish toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor T.Xudoyqulovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Quyidagi professor-oʻqituvchilarning:
Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori v.b. T.Xudoyqulov va QarDU Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professori B.Eshovlarning hammualliflikdagi 70220301 – Tarix (yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha) yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan “Oʻzbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik” nomli darsligi;
Maktabgacha ta’lim kafedrasi dots.v.b M.P.Imomovning 5111800 – Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun tayyorlangan “Maktabgacha ta’limni boshqarishning me’yoriy asoslari” nomli oʻquv qoʻllanmasi;
Maktabgacha ta’lim kafedrasi dots.v.b M.P.Imomov, oʻqituvchi M.U.Raxmatova, magistr Y.Q.Abdullayevalarning 60110200 – Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun tayyorlangan “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash” nomli oʻquv qoʻllanmasi;
Matematika-informatika kafedrasi oʻqituvchisi M.Oʻktamovning 60110600 – Matematika va informatika yoʻnalishi talabalari uchun tayyorlangan “Dasturlash tillari 1” nomli oʻquv qoʻllanmasi;
San’atshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi M.Abdullayevning 60111300– Musiqa ta’limi yoʻnalishi talabalari uchun “Maktabgacha ta’limda musiqa oʻqitish metodikasi” fanidan oʻquv qoʻllanmasi;
San’atshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi H.I.Tursunov va M.S. Esonovalarning 60111300– Musiqa ta’limi yoʻnalishi talabalari uchun tayyorlangan “Cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha)” nomli oʻquv qoʻllanmasi;
Pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Z.T.Raximov tomonidan tayyorlangan 60110100 – Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan “Kreativ pedagogika” nomli, 60110100 – Pedagogika yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan “Pedagogik mahorat” nomli oʻquv qoʻllanmalari Oliy, oʻrta maxsus va professional ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etilsin.
Pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Z.T.Raximov va oʻqituvchi X.X.Milinorovlar tomonidan tayyorlangan “Pedagogik mahorat” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanma nashrga tavsiya etilsin.
Ushbu tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalarni Oliy, oʻrta maxsus va professional ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashga (adabiyot.edu.uz sayti orqali) taqdim etilishini nazorat qilish Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (T.Xudoyqulov)ga yuklatilsin.