Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (U.Marasulova)
№ 3/5.6. Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti F.Qanoatovaning ijodiy ta’til berish boʻyicha yozgan arizasi to‘g‘risida
“Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti F.Qanoatovaning ijodiy ta’til berish boʻyicha yozgan arizasi to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor U.Marasulovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti F.Qanoatova 07.00.01-Oʻzbekiston tarixi ixtisosligidan tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish boʻyicha ilmiy izlanish olib borayotganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi, Oʻzbekiston Markaziy Arxivi fondidan ma’lumot toʻplashi uchun unga 2 oy muddatda (01.11.2023-yildan 17.01.2024-yilga qadar) ijodiy ta’til berilsin.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri (B.Omonov) hamda Xodimlar boʻlimi boshligʻi (Sh.Ruziyev) Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti F.Qanoatovaga ilmiy faoliyati yuzasidan ijodiy ta’til berilganligini inobatga olsin.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri (B.Omonov) hamda
Xodimlar boʻlimi boshligʻi (Sh.Ruziyev)
№ 3/5.7. 2023/2024-oʻquv yilida Institut kafedralaridagi vakant (boʻsh) joylarga hujjat topshirgan dotsent, katta o‘qituvchi lavozimlariga talabgorlarni tanlovdan o‘tkazish hamda fakultet Kengashlarida tanlovdan oʻtgan pedagoglarni tasdiqlash haqida
2023/2024- -o‘quv yilida Institut kafedralaridagi vakant (bo‘sh) joylarga hujjat topshirgan dotsent, katta o‘qituvchi lavozimlariga talabgorlarni tanlovdan o‘tkazish hamda fakultet Kengashlarida tanlovdan oʻtgan pedagoglarni tasdiqlash haqida”gi masala yuzasidan Kengash kotibi D.Pulatovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Institutda dotsent, katta o‘qituvchi lavozimlariga e’lon qilingan tanlovda qatnashib, ko‘pchilik ovoz bilan saylangan pedagoglar haqidagi Sanoq komissiyasining bayonnomasi tasdiqlansin.
Institut Kengashida dotsent, katta o‘qituvchi lavozimlariga tanlovdan oʻtgan pedagoglar 1-ilovaga muvofiq, fakultet Kengashlarida oʻqituvchi (assistent) va oʻqituvchi (stajyor) lavozimlariga tanlovdan oʻtgan pedagoglar 2-ilovaga muvofiq, yetarli ovoz toʻplamaganligi sababli oʻqituvchi (assistent) va oʻqituvchi (stajyor) lavozimlariga tanlovdan oʻtmagan talabgorlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kengash qaroriga muvofiq dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi (assistent), oʻqituvchi (stajyor) lavozimlariga e’lon qilingan tanlovda qatnashib koʻpchilik ovoz bilan saylangan pedagoglarni ishga qabul qilish boʻyicha Institut rektorining buyrugʻini rasmiyrashtirish Xodimlar boʻlimi boshligʻi (Sh.Ruziyev)ga yuklatilsin.
Fakultet Kengashlarida tanlovdan oʻtmagan pedagoglar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ning 26 - bandiga muvofiq toʻxtatilishi belgilab qoʻyilsin.
Qaror ijrosini ta’minlash Xodimlar boʻlimi boshligʻi (Sh.Ruziyev)ga yuklatilsin.