Metodning maqsadi: Mazkur metod ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o’zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metoddan mahruza mashg’ulotlarida, mustahkamlashda, o’tilgan mavzuni so’rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg’ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
qatnashchilarga mavzuga oid bo’lgan yakuniy xulosa yoki g’oya taklif etiladi;
har bir ishtirokchiga FSMU metodining bosqichlari yozilgan qog’ozlarni tarqatiladi:
ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga asos bo’ladi.
Namuna. Fikr: “Maktabgacha pedagogika”
Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.
6-Mavzu: O`quvchi va o`qituvchi o`rtasidagi muloqot. Reja: 1. Darsda va darsdan tashqari vaqtda o'qituvchining muloqoti.
2. O’qituvchiniig o'quvchi bilan bo'lgan muloqotida ishontirish va ta'sir etish usullaridan foydalanish.
3. O'qituvchining boshqarish usullari.
4. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda berilgan muloqot turlari.
O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilish lozim. So'zlashishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim.
Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlatuvidir.
O’qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchi etarli darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
Nimaga o'rgatish: a) lm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; b)malaka, ko'nikma va qobiliyatni shakllantirish; v)o'quv predmetlari o'rtasidagi bog’liqlikni amalga oshirish; g)o'quv mazmunini tushunarli tizim asosida ko’rish.
Kimni o'rgatish: a)o'quvchilarning ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutq, fikrlash) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash; b)o'quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o'tishidagi qiyinchiliklarni oldindan aniqlash; v) o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalariiig dalillari, fikrlarini hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o'z pedagogik mehnatini tashkil etish; d)iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish.
Qanday o’rgatish: a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hksobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta'sir ko’rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab – tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lish yo'li bilan yoki bu xatti-harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. U pedagogik ta'sir ko'rsatishning boshlang’ich usuli bo'lib, tarbiyalanuvchilarda o'ziga nisbatan mas'uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.