Shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi pedagogik mahorat



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə154/154
tarix11.09.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#142669
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154
Pedagogik mahorat-Majmua-2023 (2)

FAN BO‘YICHA ZARUR MA’LUMOTLAR

Qobiliyat – shaxsning alohida namoyon bo‘ladigan xususiyati bo‘lib, u yoki bu faoliyat turlari bo‘yicha alohida layoqatga egalikni ifodalab, faoliyatning oson, hech bir qiyinchiliksiz amalga oshishini, amaliy ko‘nikma, malakalarning takomillashishini va qiyin, murakkab vaziyatlarda ham tegishli vazifalarni samarali bajarilishini ta’minlaydi.


Qobiliyat turlari – shaxsga xos qobiliyatlarning muayyan ko‘rinishlari bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: 1) umumiy xarakterga ega qobiliyat (bu kabi qobiliyatlar bir shaxsda bir necha faoliyat turlari bo‘yicha, m: jismoniy va aqliy qobiliyat tarzida namoyon bo‘ladi); 2) maxsus (aynan bir faoliyat turi bo‘yicha namoyon bo‘ladigan) qobiliyatlar. Bu kabi qobiliyatlar quydiagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
1) texnik (murakkab texnik operatsiyalarni osonlik bilan bajarish);
2) pedagogik;
3) boshqaruv;
4) musiqiy;
5) badiiy;
6) matematik;
7) fizik;
8) ijodiy.

Pedagogik qobiliyat – pedagogga xos bo‘lib, pedagogik faoliyatni oqilona tashkillashtirish, olib borilishiga imkon beradigan, amaliy vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlar.


Empatiya (yunoncha empathiea – hamdard bo‘lish, qayg‘udosh bo‘lish) – shaxsga xos individual xususiyat bo‘lib, u o‘zgalarning ichki-kechinmalarini, his-tuyg‘ularini anglash orqali ularni tushuna olishni, ularni bezovta qilayotgan hodisalardan xabardor bo‘lishni, muammoni hal etishning real yo‘llarini birgalikda izlashni anglatadi.


Intuitsiya – mantiqiy bog‘lanmagan yoki mantiqiy xulosaga kelish uchun yetarli bo‘lmaganda qidiruv yo‘nalishlari asosida masalani yechishning tarkibi bo‘lgan evrestik (unumli ijodiy fikrlash) jarayoni.


Intuitsiya uchun xos bo‘lgan belgilar: tezkorlik, ba’zan lahzada shaklladigan faraz va masalaning yechimi; faraz va masala yechimining yetarli darajada mantiqiy asoslanmasligi; “ijobiy” intuitsiya qaror qabul qilishda namoyon bo‘ladi; “salbiy” intuitsiya esa qaror qabul qilingandan keyin namoyon bo‘ladi.


Pedagogik qobiliyat turlari – shaxsga xos qobiliyatlarning muayyan ko‘rinishlari bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:



1) didaktik qobiliyat;
2) akademik qobiliyat;
3) perseptiv qobiliyat;
4) nutq qobiliyati;
5) tashkilotchilik qobiliyati;
6) avtoritar qobiliyat;
7) kommunikativ qobiliyat;
8) pedagogik xayol;
9) diqqatni taqsimlay olish qobiliyati;
10) ijodiy qobiliyat;
11) tadqiqotchilik qobiliyati;
12) texnik-texnologik qobiliyat


Didaktik qobiliyat (o‘qituvchiga xos) – o‘quv materiallarini aniq, oson tushuntirish, o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni uyg‘otish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi qobiliyat. O‘qituvchining didaktik qobiliyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: o‘quv materialini maqsadga muvofiq tanlay bilish; ta’lim maqsadini aniq belgilay olish; ta’limiy vazifalarni oqilona belgilash; o‘quv materiallarini aniq, oson tushuntirish; o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni uyg‘ota olish; o‘quvchilarda o‘quv faolligini kuchaytira bilish; o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantira olish.


Akademik qobiliyat (o‘qituvchiga xos) – matematika, fizika, biologiya, kimyo, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirishga imkon beradigan qobiliyat.


Perseptiv qobiliyat (o‘qituvchiga xos) – shaxsning ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchining psixik holatlarining nozik jihatlarini tushuna olish qobiliyati bo‘lib, uni shakllantirishda o‘qituvchining his-tuyg‘uga, hissiyotga boyligi, ta’sirchanligi, tolerantligi asosiy o‘rin tutadi. O‘qituvchiga xos perseptiv qobiliyat uch turda namoyon bo‘ladi. Ular: pedagogik ziyraklik, pedagogik empatiya, pedagogik intuitsiya.


Pedagogik ziyraklik (o‘qituvchiga xos) – o‘quvchilar ruhiy holatlarini, dars, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga bo‘lgan ishtiyoqlarini to‘g‘ri baholash, ularning o‘zaro yoki pedagoglar bilan ziddiyatlarini anglash, o‘quvchi va guruhga ta’sir ko‘rsatishda qulay vaziyatini tanlay bilish.


Pedagogik empatiya (perseptiv qobiliyat turi sifatida) – o‘quvchilarning ichki holatini, o‘y-fikrlarini va his-tuyg‘ularini tushuna olish; boshqalarning boshiga tushgan kulfat, falokatlardan qayg‘urish; rollarni qabul qilish – og‘ir vaziyatda bo‘lgan kishilarning o‘rniga o‘zini tasavvur, mushohada yordamida qo‘yib ko‘rgan holda ulardagi ijobiy his-tuyg‘ularini qayta tiklashga ko‘maklashish; o‘zgalarning qayg‘u-alamlaridan, kulfatlaridan qayg‘urish, ko‘ngilni ko‘taruvchi, taskin beruvchi so‘zlar bilan og‘ir vaziyatda qolgan o‘quvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatish.

Pedagogik intuitsiya (lotincha “intueri” – sinchiklab, diqqat bilan qarash) – pedagog tomonidan pedagogik voqea-hodisaning mohiyatini, o‘quvchi xatti-harakatlari mazmunini tasavvur, empatiya va orttirilgan tajriba asosida his-tuyg‘u, sezgi yordamida, ziyraklik bilan mantiqiy dalillarsiz bevosita anglash.


nutq qobiliyati (o‘qituvchiga xos) – shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini nutq, shuningdek, mimika, pantomimika yordamida aniq va ravshan ifodalab berish qobiliyati. o‘qituvchining nutq qobiliyatiga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: nutqning ifodaviyligi; nutqning mantiqiyligi; nutqning to‘g‘riligi; nutqning aniqligi; nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin qo‘llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) so‘zlardan holi bo‘lishi); nutqning ravonligi; nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish).


Tashkilotchilik qobiliyati (o‘qituvchiga xos) – o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilish, jamoani jipslashtira olish, pedagog faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirish qobiliyati. O‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: pedagog faoliyatini to‘g‘ri tashkillashtirish; o‘quvchilar jamoasini samarali boshqarish; jamoani mustahkam jipslashtira olish; o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish; o‘quvchilarda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish ko‘nikma, malakalarini shakllantira bilish; dars jarayonida vaqtni to‘g‘ri, oqilona taqsimlash va rejani samarali, to‘laqonli bajarish; o‘quvchilar bilan individual ishlarni izchil tashkil etish; guruh jamoasi bilan doimiy ravishda jamoaviy yoki guruhli ishlarni olib borish; o‘quvchilarni ta’lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya etishga odatlantirish; o‘quvchilarga ularning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘quv, ijtimoiy topshiriqlarni berish; o‘quvchilarning diqqatini muvaffaqiyatli boshqarish; o‘quvchilar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozarani tashkillashtirish, uni samarali boshqarish; darslarda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, bunda barcha o‘quvchilarning birdek faol ishtirok etishlariga erishish; o‘quvchilarning o‘quv faolliklarini samarali oshirish, ularning mustaqilligini ta’minlash; o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda tarbiyaviy ishlar ro‘yxatini ishlab chiqish.


Avtoritar qobiliyat (o‘qituvchiga xos) – o‘quvchilarga hissiy-irodaviy ta’sir etish orqali ular o‘rtasida obro‘ qozonish imkonini beruvchi qobiliyat.


Pedagogik xayol – pedagogning o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy jihatdan loyihalashtirishda o‘z xatti-harakatlari natijalarini oldindan ko‘ra olishni ta’minlovchi qobiliyat.


Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati (o‘qituvchiga xos) – pedagogning bir vaqtda o‘z diqqatini bir qancha jarayonga qarata olishini tavsiflovchi qobiliyat. O‘qituvchining diqqatni taqsimlay olish qobiliyatiga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: diqqatni sinf xonasi (auditoriya) bo‘yicha teng taqsimlash; bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilar faoliyatini nazorat qila olish; bir o‘quvchining javobini eshitayotganda qolgan o‘quvchilar faoliyati, xatti-harakatlarini nazardan qochirmaslik; yozuv taxtasi bilan ishlayotganda ham o‘quvchilar faoliyatini nazorat qila olish va boshqalar.


Konstruktiv qobiliyat (loyihalash qobiliyati – o‘qituvchiga xos) – mutaxassis sifatida o‘qituvchilarda namoyon bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlari yoki tarbiyaviy tadbirlarni metodik jihatdan to‘g‘ri tashkillashtirish, yakuniy natijalarni qo‘lga kiritishga imkon beruvchi samarali yo‘l va vositalarni topishga imkon beradigan individual psixologik xususiyat. O‘qituvchining konstruktiv qobiliyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: alohida-alohida ma’lumotlardan foydalangan holda yaxlit o‘quv va tarbiyaviy xarakterdagi materialni shakllantirish; o‘quv materialini turli rasm, surat, jadval, diagramma, model va boshqalar bilan boyitish; o‘ziga xos, orginal o‘quv materialini tayyorlash; mustaqil ravishda yangi metodni asoslash; o‘quv mashg‘uloti (dars) va tarbiya tadbir uchun ko‘rsatmali qurollar to‘plamini yaratish; dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik pasporti, xaritasini yaratish; dars yoki tarbiyaviy tadbirda foydalanish uchun multimediya materiallarini yaratish; o‘quv materialining taqdimot variantini tayyorlash; turli mavzulardagi tarbiyaviy tadbirlar uchun o‘quvchilarning faol ishtirokida video roliklar yaratish; dars konspektini tayyorlash; turli shakl va metodlarga asoslangan sinov topshiriqlari (savol, topshiriq, masala, misol, mashq, test), baholash mezonlarini ishlab chiqish; nazorat ishlarini tashkil etishga ijodiy yondashish, dars yoki tarbiyaviy tadbirlarning loyihalarini yaratish; dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik xaritasini yaratish; dars yoki tarbiyaviy tadbir mohiyatini bosqichma-bosqich yoritish; ta’limiy yoki tarbiyaviy faoliyat maqsadini aniq belgilash; maqsadga mos keladigan vazifalarni aniqlash; o‘quv materialining didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini bayon etish; o‘quv yoki tarbiyaviy xarakterdagi material mazmunini shakllantirish; o‘quv yoki tarbiyaviy material mazmunini ochib beradigan bir qancha ma’lumotlar o‘rtasidagi o‘zaro izchillikni ta’minlash; o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga rag‘batlantiruvchi savollar tizimini ishlab chiqish; dars yoki tarbiyaviy tadbirning metodik tuzilishini asoslash; dars yoki tarbiyaviy tadbir jarayonida bajariladigan pedagogik topshiriqlar tizimini aniqlash; yangi materialni bayon etishda turli zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash; muayyan izchillikka ega test topshiriqlarini ishlab chiqish; o‘quvchilarning bilim darajasini tashxislash jarayonini asoslash; o‘quvchilar jamoasi hamda alohida o‘quvchining tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholash mexanizmini yaratish.

Kommunikativ qobiliyat (o‘qituvchiga xos) – ta’lim jarayonining ishtirokchilari – o‘quvchilar, ota-onalar, hamkasblar va ta’lim muassasasining rahbarlari bilan oson muloqotga kirishish, ular bilan munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan individual psixologik xususiyat bo‘lib, o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lish, ularga to‘g‘ri yondashish, birgalikda muayyan maqsad asosida o‘zaro pedagogik aloqa bog‘lovchi pedagogik taktning mavjudligini ifodalaydi. O‘qituvchining konstruktiv qobiliyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: o‘quvchilar, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbariyati, hamkasblar bilan muloqotda turli shakl, metodlardan foydalanish; pedagogik amaliyotning barcha ishtirokchilari bilan amaliy, ishchanlik yoki shaxsiy munosabat o‘rnatish; o‘quvchilarga ma’lumotlarni yetkazishning samarali yo‘l va vositalarini topish; topshiriqlar yuzasidan o‘quvchining javobi yoki shaxsiy fikrlarini tinglay bilish; pedagogik jarayonlarda yuzaga keladigan nizolarning oldini olish, bartaraf etish yoki rivojlantirish; jamoa va turli bosqichdagi o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash; jamoada sog‘lom raqobatga asoslangan muhitni qaror toptirish; o‘quvchilarning faoliyatlarini rag‘batlantirish; o‘quvchi javobidagi xato yoki xatti-harakatidagi kamchiliklarga munosabat bildirish; o‘quvchilar bilan ta’limiy hamkorlikka erishish.


Bilish qobiliyati (o‘qituvchiga xos) – mutaxassis sifatida o‘qituvchilarda namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining ishtirokchilari – o‘quvchilar, ota-onalar, hamkasblar va ta’lim muassasasining rahbarlari bilan oson muloqotga kirishish, ular bilan munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradigan individual psixologik xususiyat. O‘qituvchining bilish qobiliyatiga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, jamoaning ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligini inobatga olgan holda o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni aniq belgilash; zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqqan holda o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik, psixologik va metodik jihatdan rejalashtirish va tahlil qilish; ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod, vositalarni asosli ravishda tanlay olish; o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda materiallarni o‘zlashtirganlik natijalarini, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish; o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini rivojlantirish bo‘yicha turli ko‘rinishdagi ishlarni olib borish; darsda, darsdan tashqari sharoitlarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda, to‘garak, klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish; o‘quvchilar, ularning ota-onalari bilan individual ishlarni amalga oshirish; o‘quvchilarda sog‘lom turmush kechirishga bo‘lgan ehtiyojni shaxsiy va umumiy gigiyenaga amal qilish ko‘nikmalarini, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalarini shakllantirish; ta’lim jarayonida turli ko‘rsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar, axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan samarali foydalanish; didaktik material va ko‘rsatmali qurollarni ishlab chiqish; ota-onalarni pedagogik bilimlar asoslari, bolalarning asosiy yosh xususiyatlari, psixologik o‘ziga xosliklari, turli yosh bosqichlarida farzandlar bilan ota-onalar o‘rtasida kechadigan munosabatlar mohiyatidan xabardor qilish; o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish.


Anglash qobiliyati (o‘qituvchiga xos) – mutaxassis sifatida o‘qituvchilarda namoyon bo‘lib, ta’lim va tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari, o‘quvchilarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, ta’lim ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat mazmuni, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish shartlari hamda kutiladigan natijalarni anglashga imkon beradigan individual psixologik xususiyat. O‘qituvchining anglash qobiliyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ta’lim va tarbiya jarayonining mohiyati tushunish; ularning o‘ziga xos jihatlaridan xabardor bo‘lish; pedagogik faoliyatda ta’limiy va tarbiya jarayonlari qonuniyatlariga tayanish ish ko‘rish; har bir o‘quvchini shaxs sifatida tushuna olish; o‘quvchilarning yosh, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini ko‘ra bilish va oqilona baholay olish; o‘quvchilar bilan munosabat va muloqotni tashkil etish shartlaridan xabardor bo‘lish; ta’lim ishtirokchilari o‘rtasidagi nizolarni ularning mohiyatiga ko‘ra baholash; ijobiy nizolarni rivojlantira bilish; salbiy nizolarni o‘z vaqtida anglash va ularni bartaraf etish yo‘llaridan xabardor bo‘lish; rag‘batlantirish va jazolashning o‘quvchilarga ta’sirini munosib baholash; o‘quvchilar faoliyatini haqqoniy baholashning pedagogik ta’sirini bashoratlay olish; pedagogik faoliyatning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyati to‘g‘ri baholash; o‘z faoliyatidan qoniqish uchun asoslarni topa bilish.


Pedagogik empatiya (pedagogik hamdardlik) – bu pedagog tomonidan ta’lim jarayonining ishtirokchilari: o‘quvchilar, talabalar, tarbiyalanuvchilar, ota-onalar va hamkasblarining xatti-harakatlari, hissiyotlari, hayotiy intilishlari, tabiatlarini tushunish, boshqalar nuqtai nazarini ma’qullash asosida jamoadagi munosabatlarni meyorda tashkil etilishini ta’minlash bo‘lib, bunda pedagog o‘quvchi shaxsi, uning istaklarini tushunish va shu orqali o‘quvchilarga samarali ta’sir etish zarurligini anglaydi


Ijodiy qobiliyat (o‘qituvchiga xos) – o‘qituvchining moddiy va ma’naviy mahsulotlarni ishlab chiqish layoqati, salohiyatini ifodalovchi xususiyati. O‘qituvchiga xos ijodiy qobiliyat quyidagilarda namoyon bo‘ladi: alohida-alohida ma’lumotlardan foydalangan holda yaxlit o‘quv va tarbiyaviy xarakterdagi materialni shakllantirish; o‘quv materialini turli rasm, surat, jadval, diagramma, model va boshqalar bilan boyitish; o‘ziga xos, orginal o‘quv materialini tayyorlash; mustaqil ravishda yangi metodni asoslash; o‘quv mashg‘uloti (dars) va tarbiya tadbir uchun ko‘rsatmali qurollar to‘plamini yaratish; dars yoki tarbiyaviy tadbirning texnologik pasporti, xaritasini yaratish; dars yoki tarbiyaviy tadbirda foydalanish uchun multimediya materiallarini yaratish; o‘quv materialining taqdimot variantini tayyorlash; turli mavzulardagi tarbiyaviy tadbirlar uchun o‘quvchilarning faol ishtirokida video roliklar yaratish; dars konspektini tayyorlash; turli shakl va metodlarga asoslangan sinov topshiriqlari (savol, topshiriq, masala, misol, mashq, test), baholash mezonlarini ishlab chiqish; nazorat ishlarini tashkil etishga ijodiy yondashish.


Tadqiqotchilik qobiliyati (o‘qituvchiga xos) – o‘qituvchining kasbiy faoliyatga ijodiy yondashishi asosida pedagogik muammolarni tadqiq etish, ularning ijobiy yechimlarini topishga oid layoqat, salohiyatlarini ifodalovchi xususiyati. O‘qituvchining tadqiqotchilik qobiliyatiga egaligi quyidagilarda aks etadi: ilmiy izlanish olib borish metod va vositalarini tanlash; manbalar bilan ishlash (nazariy tahlil, muhim ma’lumotni topish, tezis, konspekt, referat, kartoteka bilan ishlash, adabiyotlar ro‘yxatini tuzish); nashr manbalari va axborot texnologiyalari (Internet) materiallari bilan tanishish; anketa so‘rovini tashkil etish; zamonaviy pedagogik muammolarni aniqlash, dolzarbligini asoslash; mavjud manbalar asosida muammoning ishlanganlik darajasini o‘rganish; pedagogik tajriba olib borish metodikasini ishlab chiqish; uch (yoki to‘rt) bosqichli pedagogik tajribani ilmiy-metodik tashkil etish; ilmiy maqola, axborot va hisobot tayyorlash; ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlash; pedagogik tajriba natijalarini umumlashtirish va tahlil qilish; tahlil natijalarini matematik-statistik tahlil qilish; statistik tahlil natijalariga ko‘ra xulosa chiqarish va ilmiy-tavsiyalarni ilgari surish; pedagogik tajriba natijalarini muhokama qilish (savollar qo‘yish, shaxsiy fikrni bildirish, tanqidiy fikrlarni ayta olish, amaliy takliflar berish).


Texnik-texnologik qobiliyat (o‘qituvchiga xos) – o‘qituvchining kasbiy faoliyatni texnik-texnologik jihatdan samarali uyushtirishini ta’minlaydigan layoqati, salohiyatini ifodalovchi xususiyati. O‘qituvchining texnik-texnologik qobiliyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: ta’lim jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini tatbiq etish; dars jarayoni mazmunini texnologik pasport va texnologiya xarita yordamida yoritish; o‘quv materiali mazmunini yorituvchi slaydlarni tayyorlash; o‘quv mashg‘ulotlarini axborot texnologiyalari, interfaol metodlar yordamida tashkil etish; ixtisoslik fani xususiyatidan kelib chiqqan holda turli texnik vositalardan foydalanish; darslarda proyektorni qo‘llay olish; o‘quv materiallarini audio va video yozuvlari, taqdimot asosida bayon qilish; o‘quvchilarda o‘quv materialini mustahkamlash va o‘quv topshiriqlarini berishda axborot texnologiyalarini qo‘llash; kompyuter imkoniyatlaridan foydalanishga doir o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish; o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashni kompyuter asosida tashkil etish; o‘quvchilarning bilim olganlik va tarbiyalanganlik darajalarini tashxis qilishda kompyuter yordamiga tayanish va b.sh.


Noyob qobiliyatlar – shaxsga xos individual psixologik xususiyatning shunday turi bo‘lib, u juda kam sonli shaxslardagina kuzatiladi va ko‘p uchraydigan psixologik hodisa sanalmaydi. Mahoratli o‘qituvchilarda ham quyidagi noyob qobiliyatlar ham ko‘zga tashlanadi: bir vaqtning o‘zida bir necha faoliyatni bajara olish (masalan, eshitish, ko‘rish, o‘qish, yozish, fikr yuritish, muloqot qilish va boshqalar); atrofida kechayotgan ikki yoki bir necha voqelikni birdek qabul qilish (jumladan, bir o‘quvchining ma’ruzasini eshitgani holda, sinfdagi boshqa o‘quvchilarning faoliyatlarini kuzata olish); o‘ta qiziquvchanlik (tabiat va jamiyatda kechayotgan har bir voqea-hodisa (garchi ular eng ahamiyatsiz, e’tiborga tashlanmaydigan bo‘lsa-da) mohiyatini bilishga intilish, haddan ziyod ko‘p savollarga javob topishga intilish); miya faoliyatining biokimyoviy va elektrik faolligi (miya deyarli to‘xtovsiz faoliyat ko‘rsatib, nihoyatda kam vaqt “dam oladi”, bilish jarayonida noaniqliklar ko‘zga tashlansa, ular tezda bartaraf etiladi; uyquchanlik qobiliyatli pedagoglarga xos xususiyat emas); nutqi va fantaziyasining boyligi (qobiliyatli o‘qituvchilarning aksariyati nihoyatda boy nutqqa ega, shuningdek, ularda fantaziya (tasavvur qilish) qobiliyati beqiyos darajada kuchli); kuchli xotira (yirik hajmdagi matnni, jumladan, dostonlarni bir marta o‘qish bilan to‘laligiga yodlab olib, uni so‘zma-so‘z qayta hikoya qilib berish qobiliyati)ga egalik kabilar alohida o‘rin tutadi.


Pedagogik qobiliyatni rivojlantirish – mutaxassis sifatida faqat pedagog (o‘qituvchi)largagina xos bo‘lgan qobiliyatlarni yanada boyitish va takomillashtirish uchun zarur shart-sharoitni yaratish. Pedagogik qobiliyatni rivojlantirish yo‘llari quyidagilardan iborat:




Axloq (lot. “moralis” – xulq-atvor) – ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui.


Axloqiy sifatlar – ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida jamiyat tomonidan tan olingan o‘zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalariga, mezonlariga og‘ishmay amal qilinishini ifodalovchi sifatlar. Axloqiy sifatlar sirasiga quyidagilar kiradi: axloqlilik, odoblilik, xushmuomalalilik, xushfe’lliligi, to‘g‘riso‘zlik, intizomlilik, mas’uliyatlilik, jamoa bilan bo‘lish, e’tiqodlilik, iymonlilik, bilimlilik, kamtarlik, mehnatsevarlik, kirishimlilik, adolatparvarlik, vijdonlilik va boshqalar.


O‘qituvchining axloqiy sifatlari – o‘qituvchining ijtimoiy-pedagogik munosabatlarni tashkil etish jarayonida jamiyat tomonidan tan olingan o‘zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalariga, mezonlariga og‘ishmay amal qilinishini ifodalovchi sifatlari bo‘lib, ular ham umumiy axloqiy sifatlar tarzida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zining axloqliligi, odobliligi, xushfe’lliligi, xushmuomalaliligi, to‘g‘riso‘zligi, intizomliligi, mas’uliyatliligi, jamoa bilan birga bo‘la olishi, e’tiqodliligi, iymonliligi, bilimliligi, kamtarligi, mehnatsevarligi, kirishimliligi, adolatparvarligi, vijdonliligi va hokazo sifatlari bilan namuna bo‘la olishi lozim.


Iroda – shaxsning aniq maqsad sari ongli ravishda olg‘a intilishi, zo‘r berib harakat qilishi.


Irodaviy sifatlar – shaxsning aniq maqsad sari ongli ravishda olg‘a intilishi, zo‘r berib harakat qilishini ta’minlovchi sifatlar bo‘lib, ular sirasiga quyidagilar kiradi: kuch, chaqqonlik, dadillik, jur’atlilik, qat’iyatlilik, maqsaddan og‘ishmaslik, ahdidan qaytmaslik, chidam bilan olg‘a intilish, qiyinchiliklardan cho‘chimaslik, muvaffaqiyatsizliklardan “o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik”, eng og‘ir vaziyatlarda ham “o‘zini qo‘lga ola bilish”, tushkunlikka tushmaslik, atrofdagilarni olg‘a intilishga rag‘batlantira bilish, ularga dalda bera olish va boshqalar.


O‘qituvchiga xos irodaviy sifatlar – o‘quvchining aniq pedagogik maqsad sari ongli ravishda olg‘a intilishi, zo‘r berib harakat qilishini ta’minlovchi sifatlar bo‘lib, ular sirasiga quyidagilar kiradi: pedagogik jarayonlardagi dadillik, jur’atlilik, qat’iyatlilik, pedagogik maqsaddan og‘ishmaslik, pedagogik majburiyatlarni bajarishda jismonan va ruhan charchoq yuzaga kelganda ham ularni tezda bartaraf eta olish, chidam bilan pedagogik vazifalarni ado etish, qiyinchiliklardan cho‘chimaslik, pedagogik muvaffaqiyatsizliklardan “o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik”, eng og‘ir vaziyatlarda jarayonlarda yuzaga keladigan nizolardan cho‘chimaslik, ularni oqilona baholay olish, tushkunlikka tushmaslik, o‘quvchilarni olg‘a intilishga rag‘batlantira bilish, ularga dalda bera olish va boshqalar.


Hissiyot (lotincha emovere – to‘lqinlanish, bezovtalanish, xavotirga tushish) – ruhiy holat va jarayonlarning o‘ziga xos sohasi; qayg‘u, qoniqish, quvonch, g‘am-alam, istirob, umidsizlik, ko‘ngil qolish, achinish, nafrat, anduh, g‘amginlik, siqilish, qo‘msash, ayb, uyat, sarosima, jirkanish, ajablanish, qiziqish, ikkilanish, yumor tuyg‘usi kabi ichki kechinmalar.


Hissiy sifatlar – qayg‘u, qoniqish, quvonch, g‘am-alam, istirob, umidsizlik, ko‘ngil qolish, achinish, nafrat, anduh, g‘amginlik, siqilish, qo‘msash, ayb, uyat, sarosima, jirkanish, ajablanish, qiziqish, ikkilanish, yumor tuyg‘usiga egalikni ifodalovchi sifatlar.


O‘qituvchining hissiy sifatlari – o‘qituvchiga o‘quvchining qayg‘usi, quvonchi, g‘am-alami, istirobi, umidsizligi, nafrati, anduhi, g‘amginligi, siqilishi, sarosimasi, jirkanishi, ajablanishi, qiziqishi, ikkilanishi, qo‘msashini tushunish, aybini tan olganligini va uyatni his qilganligini anglash, yumor tuyg‘usiga egaligini his eta olishga yordam beradigan sifatlar. O‘qituvchining hissiy sifatlari ta’lim, tarbiya jarayonida o‘quvchi bilan o‘quv muassasasi, ko‘cha-kuy va oila muhitida tashkil etiladigan o‘zaro muloqot, munosabat jarayonida aks etadi. O‘quvchilar tomonidan o‘quv fanlari asoslarini puxta o‘zlashtirilishi, ta’lim muassasasida o‘rnatilgan tartib-intizom qoidalariga rioya qilinishida, shuningdek, ularda zarur axloqiy sifatlarning hosil bo‘lishida o‘qituvchining hissiy sifatlarga egaligi ham muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘qituvchining hissiy sifatlarga egaligi o‘quvchi bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, hamjihatlikka erishish, yagona maqsad sari harakatlanishga yordam beradi.



11 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000. – 97-bet.

1 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, O‘qituvchi, 1992.

2 Filosofskaya ensiklopediya. – M.: Sovetskaya ensiklopediya. 1967. – 4-t. 499 b.

3 O‘sha yerda.

4 Sovremennaya filosofiya. Slovar i xrestomatiya. – Rostov – don. Feniks. 1996. – 67 b.

5 Kratkiy psixologicheskiy slovar. / Red. – sost. L.A.Karienko.1998. – 318 b.

6 Refleksiyalash – ongni o‘z –o‘ziga qaratish, o‘zining psixik holati haqida fikrlash. Qarang: Filosofskiy slovar. /pod red. I.T.Frolova. !986. 410 b.

7 Kratkiy psixologicheskiy slovar. / Red. – sost. L.A.Karienko.1998. – 318 b.

8


9 Qarang: Kratkiy psixologicheskiy slovar /Red – sost. L.A.Karpenko; Pod obщ.red. A.V.Petrovskogo, M.G.Yaroshevskogo. _ Rostov –na – Donu.1998, -106, 137, 257. J.Piaje. Izbrannыe psixologicheskie trudы. Psixologiya intellekta. Genezis chisla u rebenka. Logika i psixologiya. –M.1969; A.A.Leontev. Deyatelnost.Soznanie. Lichnost. –M. 1975.

10 Beris R.V.Razvitie Ya – konsepsii i vospitanie. –M., 1986

11 Kratkiy psixologicheskiy slovar / Red. –sost. L.A.Karpenko; Pod obщ. Red. A.V.Petrovskogo, 1998. – 117.

12 Kratkiy psixologicheskiy slovar. /Red. – sost. L.A.Karpenko; Pod obщ. red. A.V.Petrovskogo, M.G.Yaroshevskogo. -Rostov- na –Don. 1998.-286 b.

13 Ojegov S.I. Slovar russkogo yazыka/Pod red. N.Yu.Shvedinoy. –M. , 1980.- 167.

14 Yaxlitlik – ob’ekt, jarayonning ichki birligi. Karang: Filosofskiy slovar. /Pod red. I.T.Frolova. – M.:Politizdat. 1986. 533 b.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin