g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 1-59 balgacha baholanishi mumkin:
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;
fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;
fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
fanni bilmasa.
Fan o‘qituvchisi to‘g‘risida ma’lumot
Muallif:
|
Pedagogika fanlari doktori, professor Raximov Zokir Toshtemirovich, Milinorov Xusniddin Xushmatovich, Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
|
E-mail:
|
husniddin2018@mail.ru
|
Tashkilot:
|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti, “Pedagogika” kafedrasi
|
Taqrizchilar:
|
Pedagogika fanlari doktori ( DSc) professor P. Jalolova
Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim“ kafedra mudiri p,f,n dost Sh. Hamrayev
|
TARQATMA MATERIALLAR
Pedagogik faoliyat, uning o‘ziga xos
xususiyatlari va ijtimoiy ahamiyati
Pedagogik faoliyatning asosiy yo‘nalishlar
Pedagogik bilim va pedagogik tafakkur
Zamonaviy sharoitda pedagogik bilimlar pedagogika
yo‘nalishida faoliyat yuritadigan o‘rta maxsus va oliy
ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar tomonidan bo‘lajak mutaxassis – pedagog sifatida
o‘zlashtiriladi. Qolaversa, har bir shaxs oilada o‘z
farzandlarini to‘g‘ri tarbiyalash uchun pedagogik bilimlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj sezadi. Bunda pedagogik bilimlar kattalarning namunasi, hayotiy tajriba va pedagogika oid adabiyotlarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali o‘zlashtiriladi
Pedagogik ma’lumot (axborot)lar mohiyatini anglash
“Pedagogik mahorat” fanining vazifalari:
talabalarni pedagogik mahoratning tarkibiy qismlariga
doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish;
ularda pedagogik faoliyatni oqilona tashkil etish,
pedagogik jarayonni samarali yo‘lga qo‘yish ko‘nikma
va malakalarini rivojlantirish;
talabalarning pedagogik hamkorlikni qaror toptirish texnologiyasiga oid bilimlarni egallashlarini ta’minlash;
ularda pedagogik odob va madaniyat sifatlarini tarkib
toptirish, pedagogik qobiliyatni shakllantirish;
talabalar tomonidan pedagogik muloqot, pedagogik nazorat
(takt), texnika va pedagogik ta’sir ko‘rsatish ko‘nikma,
malakalarini yetarli darajada o‘zlashtirilishini ta’minlash;
bo‘lajak mutaxassis sifatida talabalarda
pedagogik madaniyatni shakllantirish
“Pedagogik mahorat” tushunchasining mohiyati
“Pedagogik mahorat” tushunchasi “Pedagogika”,
“Pedagogik texnologiya” hamda “Pedagogik mahorat” kabi
fanlarga xos muhim kategoriya bo‘lib, u kategoriya
sifatida o‘tgan asrning 80-90-yillarida
ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan
“Pedagogik mahorat”ning asosiy kategoriyalari
Dostları ilə paylaş: |