VOLUME 1 ISSUE 2 https://academicsresearch.com/index.php/AR/index 113
o’z rivojini davom ettirdi. Zamondan orqada bo’lsada ilm-fan yo’lida to’xtalmadi.
Jumladan, Xiva xonligi (XVI – XX asr) ham ma’naviy rivojlanishdan bir nafas ham
to’xtamadi, urushlar, ichki nizolar bunga ta’sir ko’rsatgan bo’lsada: adabiyot, fiqh,
tarix, mantiq, musiqa, riyoziyod, jug’rofiya, xattotlik kabi fanlar rivojlanishda
davom etdi. Xiva xonligining ulug’ nomayondasi va davlat arbobi, mamlakat
hukmdori Abulg’ozi Bahodirxon (1603 – 1664) tarix fani rivojiga munosib hissa
qo’shgan davlat arbobidir.
Abulg’ozi Bahodirxon shoir, xon, tarixnavis olim, nafis san’at bilimdonidir.
Xiva xoni Arab Muhammadning (1602 – 1621) yetti o’g’lidan biri bo’lgan
Bahodirxon sarkarda sifatida toblanish yillarida, Turkiston, Samarqand va Buxoroda
bo’ldi, Eroning Isfaxonida o’n yil hayot kechirdi, fors-tojik, arab, mo’g’ul tillarini
o’zlashtirdi.
Bahodirxon dastlab otasining nomi bilan atalgan Arabmuhammad madrasasida
ta’lim oladi. Xiva xonligida taxt uchun kurashlar kuchayib, Abulg’oziyning og’alari
Habash sulton va Elbars sulton otalari Arab Muhammadga qarshi bosh ko’tarib, uni
Qum qal’asiga qamab qo’yadilar. Otasining tarafdori bo’lgan katta o’g’li
Asfandiyorxon Eronga, Bahodirxon Buxoroga qochadi.
Keyinchalik, toju-taxt uchun kurashlarda g’alaba qozongan Asfandiyorxon
1623-yilda Xiva taxtini egallaydi. Abulg’oziy Bohodirxon Urganchga hokim etib
tayinlanadi, biroq keyinchalik Asfandiyorxon uni Eronga garov tariqasida jo’natib
yuboradi. Abulg’oziy Bohodirxon o’n yildan so’ng, 1643-yilda Asfandiyorxoning
vafotidan so’ng Xiva taxtiga o’tiradi.
Abulg’oziy Bahodirxon ilm-fan va ma’daniyatni rivojlantirdi. Tarix tibbiyot,
adabiyot, fiqh, xatotlik, me’morchilik, musiqa va boshqa fanlarni rivojiga hissa
qo’shadi va tarixnavislik maktabiga asos soladi.
Xorazmning o’tmish madaniyati Abulg’oziy Bahodirxonda katta ishtiyoq va
qiziqish uyg’otdi. U “Shajarayi tarokima” (1661), “Shajarayi turk” (1664) va
tabobatga oid “Manofe’-ul inson” (1664) kabi nodir asarlar yozgan. Uning eng
mashhur “Shajarayi turk” asarida Chingizxon va uning avlodlari, xususan,
Shayboniyxonlar xususida gap boradi. Abulg’ozi bu asarni 1663-yilda yoza