VOLUME 1 ISSUE 2
https://academicsresearch.com/index.php/AR/index
115
Chingizxonga har yili mol jo’natib turadi, Chingizxon Movarounnahrga bostirib
kelganida ular qo’shinlari bilan kelib yordam berganlar. Uyg’urlarda turkiy tilni
bilgan o’qimishli kishilar ko’p edilar. Chingizxoning nabiralari zamonida
Movarounnahr, Xuroson va Iroqda daftardor va devonlar barchasi uyg’ur edi”
3
.
Bu xalqlar ham juda katta qabila ekanligini ham ko’rishimiz mumkin, ular
o’zlarining ichida ham guruxlar mavjudli o’n uyg’ur, to’qqiz uyg’ur shular
jumlasidan. Ularda savodli qatlam qabilarlar orasida birinchi ekanligini aytiladi va
ular mo’g’illarning harbiy yurishlariga yordam begani, har yili mol bilan o’lpon
to’laganlari haqida aytilganini bilishimiz mumkin. Shuningdek, qirg’izlar haqida
ham to’xtab o’tilgan, jumladan: “O’g’uzxoning Qirg’iz otli nabirasi bor edi, uning
avlodlaridir. Ammo bu vaqtda qizg’iz xalqi oz sonli edi. U vaqtlarda ularning to’rasi
Aynal degani erdi. Chingizxon ularga Bura daganni elchi qilib yuboradi, Aynal
elchini yaxshi siylaydi va taklifiga rozi bo’ladi” bundan ko’rishimiz mumkinki
qirg’izlar O’g’uzxoning avlodi ekanligini aytishi haqiqatga moyilmasligini
ko’rishimiz mumkin, asarda qirg’izlarga ko’p to’xtalavermagan
4
.
Shuni aytib o’tish lozimki bu xalqlar mo’g’ullar bosqini arafasidagi davr tarixi
haqida ko’proq to’xtalgan.
Asar qisqacha muqaddima, to’qqiz bobdan iborat, birinchi bobi Odam-Atodan
to turklarning qadimgi xonlaridan Mo’g’ulxongacha kechgan xodisalar zikri va
oxirgi to’qqizinchi bobi Shoybon avlodlaridan Xorazmda podsholik qilganlarni
zikri. “Shajarayi turk” asarida tarixning turli masalalariga oid e’tiborli
ma’lumotlarga boy, jumladan: tarixiy malumotlar, etnografik ma’lumotlar,
toponimik ma’lumotlar, o’lkaning ijtimoiy-iqdisodiy ahvoliga oid ma’lumotlar
uchraydi. Asar O’rta osiyo tarix uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Asar barcha
turkiy xalqlarga tushunarli bo’lishi uchun muallif turkiy tilda yozganini takidlaydi
va quydagilarni yozadi: “Bu tarixni yaxshi va yomon barchalari bilsin deb turkiy til
birla aytdim, turkiyni ham andoq aytibmanki, besh yashar o’g’lon ham tushunar. Bir
3
Абулғози Баходирхон. Шажарайи Турк. – Т.: Чўлпон, 1992. – Б.33.
4
Абулғози Баходирхон. Шажарайи Турк. – Т.: Чўлпон, 1992. – Б.34.
||ACADEMIC RESEARCH JORNAL
July 2022
VOLUME 1 ISSUE 2
https://academicsresearch.com/index.php/AR/index
116
kalima chig’atoy turkisindin, forsiydin, arabiydin qo’shmayman, ravshan bo’lsin
deb”
5
.
Tabiiy sodda va samimiy tilda yozishi bilan Bobur an’analarini davom
ettirgan Abulg’oziy Bohodirxon asarda muallifning elshunoslik va tilshunoslik
fikrlarini uyg’un ifodalaydi.
5
Sariyev Sh. Adabiyot. – T.: “Sharq, 2016 . – B. 220.
Dostları ilə paylaş: |