Shajarayi turk



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#118400
1   2   3   4
112-116

VOLUME 1 ISSUE 2
https://academicsresearch.com/index.php/AR/index
 
114 
boshlagan va uni oxiriga yetkazaolmay 1664-yilda vafot etgan. Uning o’g’li 
Anushaxon tarixchi Mahmud binni Mulla Muhammad Zamon Urganchiyga buyirib, 
“Shajarayi turk”asari oxiriga yetkazilgan
1

Abulg’ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asari yarim afsonaviy xususiyatga 
ega bo’lsada, mahalliy xalqlarning kelib chiqishi va ularning qadimiy tarixiga oid 
muhim ma’lumot beruvchi noyon yodgorlik. Shu bois ham asar XVI – XVII asrlar 
tarixni tekshirish va o’rganishda ishonchli, muhim tarixiy manba sifatida hozirgacha 
ham ilmiy ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Asarda O’rta Osiyoda istiqomat qilgan 
qabila va elatlar to’g’risida juda ko’p ma’lumotlar uchraydi. Jumladan: “Qarluqlar 
Mo’g’ilistonda ( bu yerda O’rta osiyo yerlari nazarda tutiladi) berk to’g’larda 
yashashardi. Ekin ekar edi va mollar ham bo’lardi. Bir yaxshisini poshsho qilib 
ko’tarib, u o’lsa o’rniga boshqasini tayinlashar edi. Aholisi ko’paygan payt ikki 
mingga yetardi. Chingizxon mo’g’illarga xon bo’lgach qarluqlarga Barlas Kubilay 
no’yonni elchi qilib yubordi va ularni bo’ysinishini buyuradi. Qarluqlar Kubilay 
no’yonga qo’shilib, Chingizxonga ont ichdi, to o’lginicha xizmatida bo’lishini 
aytishdi. Chingizxon qarluqlarning shohi Arslonxonga o’z jamoatidan bir qiz berdi. 
Bundan buyon qarluqlar mo’g’ullar ta’sirida demakdirlar”. Bundan ko’rinadiki 
qarluq qabilarari ko’p sonliligi va Chingizxonga jangsiz tobe bo’lishgani va 
Chingizxon qarluqlar shohini kuvov qilganini asarda qayd etadi
2

Uyg’ur xalqlari xususida asarda shunday deyiladi: “Uyg’urning ma’nosi “sut 
uyurdi” toki aytishadiki imomga uyurdi. Imom o’ltirsa o’ltirur, tursa turur. Mo’g’il 
yurtida ikki tog’ bo’lur. Tangrim bu yerning kun boshida ham bir to’g’ bunyod 
ettirur, ani Kun tog’ deyurlar. Bu aytilgan tog’lar orasida o’n soy bo’lur uyg’urlar 
shu soy bo’yida joylashurlar. Ularni o’n uyg’ur derlar va yana to’qqiz uyg’urlar ham 
ulardan. Ular yuz, yigirma urug’ edilar. Ular o’n urug’ elidan Mangutoy otliqni to’ra 
qilib sayladilar va El-elid deb atadilar, to’qqiz uyg’urdan O’zkandar kishini to’ra 
qildilar. Chingizxon zamonida ular podshosi Bavarchik degan to’ralari bo’lib u 
1
Sariyev Sh. Adabiyot. – T.: “Sharq, 2016 . – B.219. 
2
Абулғози Баходирхон. Шажарайи Турк. – Т.: Чўлпон, 1992. – Б.32. 


||ACADEMIC RESEARCH JORNAL 
July 2022 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin