Shakllanishi



Yüklə 51,02 Kb.
səhifə1/2
tarix23.01.2023
ölçüsü51,02 Kb.
#80245
  1   2
Театр режа


O‘ZBЕKISTONDA TЕATR SAN’ATI TARIXI VA UNING IJTIMOIY-MADANIY TARAQQIYOTDA TUTGAN O‘RNI

KIRISH
bob. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI -XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA TЕATR SAN’ATINING SHAKLLANISHI.



§ 1.1. Teatr san’atining shakllanish omillari va tarixiy shart-sharoit.
§ 1.2. Teatr san’ati – Turkiston ijtimoiy va madaniy hayotining ko‘zgusi sifatida.

II bob. SOVЕT TUZUMI DAVRIDA TЕATR SAN’ATI TARAQQIYOTI

§ 2.1. Sovet davri teatr san’ati taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari.
§ 2.2. Sovet davrida teatrning tashviqotchilik rolini oshirish yo‘lidagi harakatlar.

III bob. MUSTAQILLIK YILLARIDA TЕATR SAN’ATINING 
RIVOJLANISHI.

§ 3.1. Mustaqillik yillarida teatr san’ati taraqqiyoti.


§ 3.2. Ijtimoiy va madaniy rivojlanish muammolari yechimida teatr san’atining ahamiyati.

XULOSA
FOYDALANILGAN 
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ILOVALAR



bob. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA TЕATR SAN’ATINING SHAKLLANISHI
§ 
1.1. Teatr san’atining shakllanish omillari va tarixiy shart-sharoit

Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni madaniyat va san'at sohasida katta ahamiyat kasb etdi. Madaniyat va san'atning hamma sohalarini qamrab olgan bu me'yoriy hujjatda respublikamizda faoliyat yuritayotgan teatrlarni yanada rivojlantirish borasidagi dolzarb islohotlar belgilanganligi birorta ham teatrshunos mutaxassislarni befarq qoldirmadi.


Darhaqiqat, bugun teatr san'atini rivojlantirish va ijodkorlar uchun qulayliklar yaratish borasida e'tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo shunga qaramay, teatrlarimizda adabiy tilga bo‘lgan e'tibor susayib borayotganday nazarimda. Aktyorlarning nutqida sheva alomatlari hanuz mavjudligi, nutq texnikasidagi kamchiliklar, sahnada partnyorlarning bir-birini eshitmasligi, quruq emotsional nutqdan nariga o‘tolmayotgani kishini ranjitadi. Teatrlardagi bunday holatlarga barham berish uchun nima qilishimiz kerak? Farg‘ona viloyat musiqali drama teatri Bosh rejissyori Mahmud G‘ulomov bilan ayni muhim jarayondagi muammolar borasida suhbatlashdik.
Millatning madaniyatini ko‘rsatib beruvchi san’atning bir turi – Teatr hisoblanadi. San’at sohasida tahsil olgan talabalarning ko‘p qismi o‘z ish faoliyatini teatrlardan boshlaydi. Teatrda asosan aktyorlar, musiqa ijrochilari, grim ustalari va yana bir qancha soha vakillari professional ish olib borishadi. Teatrlar shunisi bilan qiziqki, bu yerda voqealar jonli, ko‘z o‘ngingizda ijro qilinadi.
Teatr so‘zi – yunonchadan olingan bo‘lib, theatron - tomoshaxona, tomosha qilish joyi ma’nosini anglatadi. Teatr o‘zida adabiyot, musiqa, raqs, qo‘shiq, tasviriy san’at turlarini mujassam etuvchi san’atning omuxta turi bo‘lib, turli voqea va hodisalar aktyorlar ijrosida namoyish etiladi. Asosiy maqsaddan kelib chiqib, teatrning opera, balet, dramatik, satira, qo‘g‘irchoq, pantamimo teatrlari, qo‘shiq teatrlar va boshqa turlari mavjud. Ilk teatrlarda dehqonchilik, ov, turli marosimlar va odamlarning yana bir qancha kundalik mashg‘ulotlari aks ettirilgan. Sahna ko‘rinishlari soda bo‘lib, hamma rol ijro qilgan, hamma tomosha qilgan, mahsus qurilgan sahna bo‘lmagan. Haqiqiy tetarlar qadimgi Rim va Gretsiyada paydo bo‘lib, tomoshalar asosan diniy mavzuda bo‘lgan. U zamonda ikki xil teatr: tragediya va komediya teatrlari bo‘lgan. Rollarni faqat erkaklar niqobda ijro qilganlar. O‘sha zamon dramaturglaridan: Esxil, Safokl, Evrpidlar – “Grek tragediyasi”ning asoschilari ya’ni otasi, Aristofan esa “Komediya” janrining asoschisi hisoblangan. O‘rta asrlarda teatr cherkov nazoratida bo‘lib, tomoshalar ham diniy mavzuda bo‘lgan.
G‘arbda XVIII-XIX asrlar teatr gullab yashnagan davr hisoblangan. Sharqda asosan qo‘g‘irchoq teatri ommalashgan. Keyinchalik musiqiy tomoshalar keng tarqalgan. To‘y va hashamlarda qo‘g‘irchoqbozlar, dorbozlar, polvonlar turli tomoshalar ko‘rsatganlar. Tomoshalarda ayollar ishtirok etmagan, qo‘shiq kuylashmagan va raqsga tushmagan. Bu vazifalarni faqat erkaklar o‘zlari bajarishgan1.
O‘zbek teatrining tarixi 1914-yili 15-yanvarda Samarqandda Abdulla Avloniy rahbarlik qilgan “TURON” teatr truppasi jamoasi ijrosidagi Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” spektakli namoyishi bilan boshlangan. 1918-yilda truppa “Davlat teatri” maqomini olgan va o‘sha yildan Mannon Uyg‘ur badiiy rahbar va rejissor lavozimiga tayinlangan. Teatr jamoasiga Abror Hidoyatov, Yetim Bobojonovdan tashqari o‘sha davrda ayol aktyorlar ham kelib qo‘shilgan. Dramaturgiya ham kuchaygan. Fitrat, Cho‘lpon, Xurshid, Hamzalar zamon talabiga mos pyesalar yaratishgan. Shulardan “Boy ila hizmatchi”, “Zaharli hayot”, “Abulfayzxon”, “Yorqinoy”, “Hujum”, “Farxod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi spektakllar dovrug‘ qozongan2.
1930-yilda poytaxt Toshkentga ko‘chishi munosabati bilan, teatr ham Toshkentga ko‘chirilib “Hamza teatri” deb atala boshlagan. Ko‘p yilllar davomida sof drama yo‘nalishida faoliyat yuritgan Hamza teatri 1993-yil “O‘zbek davlat akademik teatri” maqomi bilan taqdirlangan. 2001-yil teatr binosi mukammal ta’mirlanib “O‘zbek milliy akademik teatri” maqomiga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonda bugungi kunda qirqqa yaqin professional teatrlar faoliyat yuritib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida teatrlar mavjud bo‘lib, ularning bir qanchasida rus aktyorlar ham faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Bu teatrlarda har yili 200ga yaqin turli mavzulardagi asarlar sahnalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, teatrlar faoliyatini targ‘ib etish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, “Seni kuylayman zamondosh”, “Debyut”, “Sahnada zamon qahramoni” ko‘rik-tanlovlari, “Teatr.uz”, “Toshkent bahori”, “Humo” singari festivallarning muntazam o‘tkazib kelinishi teatr ijodkorlari ayniqsa, yosh iqtidor egalarining ijodiy izlanishlarini munosib baholash, ular yaratgan sahna asarlarini targ‘ib qilish, milliy teatr san’atimizning dunyo jamoatchiligiga keng namoyish etishda xizmat qilmoqda.
Teatr - bu ibratxona. Ha, bejizga teatr bu ibratxona de'ya tarif berilmagan. Teatrda inson tarbiyalanadi, yangilanadi, o‘rganadi, hayotga boshqacha nazar bilan qaray boshlaydi, o‘zidagi mujassam bo‘lgan kamchiliklarni aynan o‘sha teatr sahnasida ko‘rgan inson o‘sha kamchiliklardan qutilishni payiga tushadi, teatr shunday bir dargohdir. Insonni har tomonlama fikrlash doirasini va asablarini me'yoriga keltirib qo‘ya oladi. Shuning uchun ham teatr - bu ibratxonadir.
O‘zbekistonda juda ham ko‘plab teatrlar mavjud va hozir bir nechta teatrlarning tarixi haqida so‘z yuritamiz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri Oʻzbekistonda yangi sahna sanʼatini shakllanishi va rivojlanishiga karvonboshilik qilgan teatr jamoasi, eng keksa va yirik teatrlardan. 1913-yil Toshkentda tashkil topib, 1914-yilning 14-fevralida M.Behbudiyning "Padarkush" asari bilan ochilgan (jadidlarning "Turon" nomli teatr truppasi spektakli). Truppaning badiiy rahbari Abdulla Avloniy, maʼnaviy va moddiy homiylari Munavvarqori Abdurashidxonov singari Toshkentning moʻʼtabar kishilari tashkil etgan. Ijrochi kuchlar Abdulla Avloniy, Nizomiddin Xoʻjayev, Badriddin Aʼlamov, Shokirjon Rahimiy, Muhammadjonqori Poshshaxoʻjayev, Fuzail Jonboyev, Hasanqori, Sameʼqori Ziyoboyev, Qudratilla Yunusiy singari 24 kishidan iborat boʻlgan. Truppada "Toʻy" (N.Qudratilla), "Baxtsiz kuyov" (A.Qodiriy), "Advokatlik osonmi?" (A.Avloniy), "Mazluma xotin" (H.Muin), "Pinak", "Oʻliklar" (M.Qulizoda) singari asarlar sahnalashtirilgan. 1918-yil "Turon" truppasi davlat ixtiyoriga olinib, unga "davlat teatri" maqomi berildi. Badiiy rahbari va rejissori etib Mannon Uygʻur tayinlandi3.
1918-1921 yillar Uygʻur, Gʻulom Zafariy, Badriddin Aʼlamovlar boshchiligidagi Abror Hidoyatov, Abdurahmon Akbarov, Fatxulla Umarov, Karim Yoqubov, Shokir Najmiddinov, Muzaffar Muhamedov, Mahsuma Qoriyeva, Yatim Bobojonov, Obid Jalilov, Sayfi Olimov, Bosit Qoriyev singari teatr kelajagiga yoʻl ochgan aktyorlar repertuarini taʼminlagan Abdurauf Fitrat, Gʻozi Yunus, Choʻlpon, Xurshid va boshqalar dramaturglarning xizmatlari katta. "Fanniy uy" (Uygʻur), "Zaharli hayot", "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi", "Iffat qurbonlari" (Hamza), "Yomon oʻgʻil", "Erk bolalari" (Gʻ.Zafariy), "Zaxokki maron" (Gʻ.Yunus), "Chin sevish", "Hind ixtilochilari" (Fitrat), "Yorqinoy", "Xalil farang" (Choʻlpon) va boshqalar teatr repertuaridan oʻrin oldi.
Teatr sahnasida drama, musiqali drama, bolalar teatri yoʻnalishlari vujudga keladi. Bu jarayon 1929-yil teatrdan drama, musiqali drama, yosh tomoshabinlar davlat teatrlari ajralib chiqishi bilan yakunlandi. Muqimiy teatri Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939-yil 30-noyabrda komik aktyor M. Miroqilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini "Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi" (Hamza) spektakli (rej. M. Miroqilov) bilan boshlagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat boʻlib, Mirshohid Miroqilov— badiiy rahbar, F. Umarov, B.Xoʻjayev— rej.lar; M. Kuznetsova, S. Xoʻjayev, A. Bakirov, M. Yoqubova, M. Xolmuhamedov, A. Boltayev, O. Fayozova, A. Yusupov, U. Abdullayev, M. Gʻofurov, M. Mirtolipov, Z. Shermatova singari aktyorlar tashkil etdi. "Oʻjar xonim" (Lope de Vega), "Oshiklar" (B. Xalil), "Qozixona" (Gʻ. Gʻafurov) kabi spektakllar teatrning dastlabki spektakllari boʻldi. Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri 1940-yil teatr musiqali drama va komediya teatri nomi bilan qayta tashkil boʻldi4. T. Jalilov — badiiy rahbar, A. Azimov — bosh rej. etib tayinlandi. Teatrning birinchi katta ishi "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla; T. Jalilov, 1941) musiqali dramasi boʻldi. Xalq badiiy anʼanalariga yaqinligi bilan ajralib turgan bu spektaklning yutugʻi milliy musiqa merosi namunalarida va T. Jalilovning oʻziga xos original kuylarida namoyon boʻldi. Ikkinchi jahon urushi davrida teatr oʻzbek xalqining front orqasidagi mardonavor mehnati va jasorati xaqida hikoya qiluvchi "Qurbon Umarov" (S. Abdulla, Chustiy; T. Jalilov), "Qasos" (Sh. Tuygʻun, A. Umariy; Yu. Rajabiy, B. Nadejdin), "Oftobxon" (K. Yashin; X. Toʻxtasinov) kabi spektakllar bilan oʻz repertuarini boyitdi. Oʻsha yillar saxnalashtirilgan "Nurxon" (K. Yashin; T. Jalilov) oʻzbek musiqali drama janrining yuksak namunasiga aylandi. Namangan teatri Alisher Navoiy nomidagi davlat musiqali drama teatri — dastlabki teatrlardan biri. 1931-yil 15-iyunda "Intilish" (A. Sultonov) spektakli bilan ochilgan. Professional teatr jamoasining asosini mahalliy maktab va texnikumlarning oʻqituvchilari, havaskorlik drama toʻgaragi qatnashchilari tashkil etgan. Truppaning badi-iy raxbari va teatr tashkilotchisi Razzoq Hamroyev (N. Roziqiy bilan) boʻlgan. S. Otaxonov, B. Eminov, A. Toshboyev, A. Toʻraxonov, X. Sharipov, N. Isho-qov, keyinroq M. Azizova, T. Jaʼfarova, S. Rahmonov, M. Dadaboyev, T. So-diqov va boshqa teatrning dastlabki ijodkorlaridir. 30-yillar teatr uchun sahna sanʼatini egallash yoʻlidagi oʻziga xos maktab yillari boʻldi. Bu davrda sahnalashtirilgan "Hujum" (V. Yan, Choʻlpon), "Malikai Turandot" (K. Gotssi), "Halima" (Gʻ. Zafariy) kabi spektakllar badiiy yoʻnalishiga koʻra koʻproq tashviqot harak-terida edi. 30-yillarning oʻrtalarida jamoaning ijodiy faoliyatida maʼlum burilish yasaldi. A. Turdiyev, R. Hamroyevning aktyorlar bilan ijodiy hamkorligi samarali natija berdi va "Gulsara", "Nomus va muhabbat" (K. Yashin), "Rustam" (U. Ismoilov), "Otsiz" (A. Majidiy), "Makr va muhabbat" (F. Shiller), "Boy ila xizmatchi" (Hamza) kabi spektakllar yaratildi. Aktyorlar obraz yaratishda qolip va bir xillikni bartaraf etib, asta-sekin qahramonlar ichki dunyosini ochish sanʼati, inson xususiyatlarini tasvirlash mahoratini egallab bordilar. 1936-yil teatr ilk bor Toshkentga gastrolga keladi, "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Rustam", "Arshin mol olon" kabi spektakllari poytaxt tomoshabinlari tomonidan ijobiy baholandi.
Yoʻldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri – toʻngʻich oʻzbek professional teatrlaridan. 1919-yil noyabr–dekabrida Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligida "Yagona truppa" nomi bilan rasman ish boshlagan. Truppaning tashkiliy, ijodiy takomilida T. Jalilov, A. Azimov (Otash), B. Fayziyev, Orifjon Toshmatov (Orif Garmon), M. Najmiddinov, Ishoqqori Karimov kabi sozanda, bastakor va hofizlar, shuningdek S. Ziyoev, M. Karimov, B. Mashrabiy, A. Isroilov, F. Boybekov singari ijodkorlar munosib hissa qoʻshganlar. 1924-yil teatr "Umid" truppasi nomi bilan Andijon maorif boʻlimi ixtiyoriga olinadi. Truppaga A. Ismatov, Q. Oxunov, Hoji Zunnun kabi aktyorlar qoʻshiladi.
Dastlab repertuar asosini ma’rifiy ruhdagi hajman katta boʻlmagan asarlar tashkil ettan. Truppa safida sozanda va ovozli aktyorlarning borligi jamoaga sof drama qatori musiqali drama spektakllarini yaratish imkonini berdi. "Hind ixtilochilari" (A. Fitrat), "Padarkush" (M. Behbudiy), "Yorqinoy" (Choʻlpon), "Fidoiy muhabbat" (Sh. Rasulzoda), "Erk bolalari", "Yetim va yetima" (Gʻ. Zafariy), "Lolaxon" (K. Yashin) kabi spektakllar musiqaviy ifodaga, xalq qoʻshiqlariga 506boyligi bilan tomoshabin e’tiborini qozondi. Hamzaning "Zaharli hayot", Uygʻurning "Turkiston tabibi" kabi asarlari ham oʻrin oldi. Teatrga tajribali rejissyorlardan M. Tojizoda, Ali Ardobus, X. Qoriyev – Oʻgʻizlar taklif etidsi. 1920-yillar repertuaridan rus bosqinchiligiga qarshi ohang bilan sugʻorilgan ba’zi pesalarning uchrashi alohida e’tiborga loyiq. K. Ramziyning "Vatan qahramoni", zanjirband etilgan ona timsolida "olami Turon" obrazini ifoda etuvchi "Ona Vatan", Behbudiyning "Padarkush" kabi asarlari shular jumlasidandir. 1927-yilda teatr Andijon shahri davlat truppasi nomi bilan qayta tuziladi.
Hamza nomidagi Qoʻqon shahar musiqali drama teatri - Oʻzbekistondagi koʻhna teatrlardan biri. 1919-yil Hamza Xakimzoda Niyoziy tashabbusi bilan tashkil topgan. 1920-yil okrug teatriga, 1924-yildan davlat teatriga aylantirilgan. Repertuari, asosan, Hamza asarlari: "Boy ila xizmatchi", "Tuhmatchilar jazosi", "Kim toʻgʻri", "Zaharli hayot" hamda M.Uygʻurning "Turkiston tabibi", N.Gogolning "Uylanish'asarlaridan iborat boʻlgan. 1929-yil teatrga Hamza nomi berilgan. 1931- yildan teatr qayta tashkil qilinib, drama va musiqali spektakllar qoʻya boshlagan. "Zafar" (U.Nosir), "Shohi soʻzana", "Ogʻriq tishlar" (A.Qahhor), "Revizor" (N.Go-gol), "Ikki boyga bir malay" (K.Goldoni), "Momaqaldiroq" (A.Ostrovskiy) kabi dramatik, "Layli va Majnun" (Xurshid; T.Sodiqov, N.Mironov musiqasi), "Farhod va Shirin" (Xurshid; V.Uspenskiy, G.Mushel), "Nurxon" (K.Yashin; T.Jalilov, G.Sobitov) singari musiqali asarlar bilan repertuari boyitilgan. 1961-yildan drama teatri deb yuritila boshlagan. 1978-yildan hozirgi nomda. L.Sarimsoqova, M.Ahmedov, S. Ahmedov, S. Karimova, 3. Mirzatov, M.Qoʻldoshev, O. Hasanovlar shu teatr saxnasida ijod qilganlar. Teatr jamoasi 1987-yil yangi zamonaviy binoga koʻchib oʻtgan5.
Teatr tomoshabin talabiga mos, turfa mavzularni oʻz ichiga olgan spektakllar yaratishda izlandi. "Tohir va Zuhra" (S.Abdulla, T.Ja-lilov), "Ravshan va Zulxumor" (K.Yashin, T.Islomov), "Jonli tuzoq" (G.Mdivani), "Ufq (S. Ahmad), "Muhabbat qasri", "Qoʻqonning oʻn ikki darvozasi", "Bashar allomasi" (N.Abdullayev), "Uvaysiy" (H.Abduhakimova), "Hasan Kayfiy" (Gʻ.Gʻulom asari asosida M.Joʻrayev), "Bogʻ" (N.Abbosxon), "Berk koʻcha" (J.Mahmudov) va boshqa asarlar 1987-1997-yillar davomida yaratilgan eng yaxshi spektakllardir. Hammasini sanaydigan bo‘lsak, shonli o‘tmishi va nurli kelajagi bo‘lgan teatrlarimiz bir talay, deyarli hammasi shunday. Ishonib ayta olamizki teatrlarimizning ertasi ham xuddi kechasi singari nurli va shonli bo‘ladi. Buning uchun bugun, bugungi kunning yoshlari harakatdan to‘xtamasligi lozim.



Yüklə 51,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin