“Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ISSN 2181-1784 350
w www.oriens.uz 2021 December o‘rganildi. Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarida shaxs so‘rovnomalari bilan
ishlash bo‘yicha nazariy bilim, ko‘nikma va malakalari umumiy psixodiagnostika
fanidagi nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida shakllantiriladi. Mazkur muammo
yuzasidan mahaliy olimlar tomonidan bir qator izlanishlar olib borilgan [9, 11]. Bu
esa psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining jahon psixologiyasida mavjud bo‘lgan
shaxs so‘rovnomalari bilan tanishish hamda ulardan xabardaor bo‘lish imkoniyatini
beradi. Shaxs so‘rovnomalarini tatbiq etish xususiyatlari bo‘yicha nazariy
ma’ulmotlar “Shaxsning psixodiagnostik baholash” va “Ko‘p omilli shaxs
so‘rovnomalari” mavzusidagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlari davomida amalga
oshiriladi. Kursning nazariy mashg‘ulotida jahon psixologiyasidagi klassik
so‘rovnomalari, klassifikatsiyasi va qo‘llash xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar
taqdim qilinadi. Amaliy mashg‘ulotda esa so‘rovnomalarning tatbiq etish, natijalarni
qayta ishlash va shkalalari bo‘yicha talqin etish ko‘nikmalarini shakllantirildi.
Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining mazkur kurs doirasidagi o‘quv
mashg‘ulotlaridan so‘ngra talabalarning shaxs so‘rovnmalarini tatbiq etish
xususiyatlari yuzasidan empirik tadqiqot tashkil etildi. Natijalar tahlili quyida
keltiriladi. Psixodiagnostik metod va metodikalarning nazariy va amaliy jihatdan
tahlil
qilishga bag‘ishlangan tajriba–sinovga tadqiqotimizda shaxs
so‘rovnomalarining tasniflash bo‘yicha (O‘zbekiston Milliy universiteti 5210203-
Psixologiya (amaliy psixologiya) (62 nafar), 521204-Psixologiya (oila psixologiyasi)
(50 nafar), 5210205-Psixologiya (yoshlar psixologiyasi) (56 nafar) ta’lim
yo‘nalishlari talabalaridan iborat sinaluvchilar jalb etildi. Ushbu tajriba sinovda shaxs
so‘rovnomalarini tatbiq qilish holatlari haqidagi empirik ko‘rsatkichlar qo‘lga
kiritildi.
Tajriba sinovda shaxs so‘rovnomalarini tasniflash, ularni faoliyatda qo‘llash
xususiyatlariga mansub topshiriqlar alohida-alohida taqdim qilindi. Agar respondent
tajribaning birinchi bandi bo‘yicha hech qanday mulohaza bildirmasa yoki bildirib
bo‘lgandan so‘ngra, ikkinchi band baholash mezonlari taqdim qilindi.
Tajribaning birinchi bandiga ko‘ra, respondentlarning so‘rovnomalarni
tasniflashlarida tizimli yondashuv kuzatilmadi. Ular baholash jarayonida
so‘rovnomalarning qanday turlari mavjudligidan ko‘ra, aksincha, amaliyotga
qo‘llagan va mashg‘ulotlarda foydalanilgan so‘rovnomlarning nomlarini sanash bilan
cheklandilar. Ushbu holatni inobatga olgan holda ikkinchi band bo‘yicha ularning
munosabatlari o‘rganildi. Oqibatda, tajriba respondentlarning shaxs so‘rovnomalarini
tasnifiga asoslanib, kasbiy tayyorgarlik bosqichlariga ko‘ra ulardan xabardorlik va
qo‘llash darajalarini yoritish imkonini berdi. (1-jadval).