Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 20-to’plam iyul 2023 341 [Q.Usmonov., M.Sodiqov 235-236 b.]. 1950-yillardan boshlab Sh. Rashidov faoliyatida
yanada mas’uliyatli davr boshlandi. U 1950-yilda O‘zbekiston Oliy Kengashi
Rayosatining Raisi etib saylandi. Sh. Rashidov 1959-yildan e’tiboran to umrining
oxirigacha respublikaning birinchi rahbari sifatida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Qo‘mitasini boshqardi. U qariyb chorak asr davomida respublikaga yetakchilik qildi. Sh.
Rashidov faoliyatiga nazar solar ekanmiz, avvalambor, o‘sha davrning o‘ta
murakkabligini, ziddiyatliligini inobatga olish lozim bo‘ladi.
Eng og‘ir sharoitlarda ham Sh. Rashidov xalqiga farzandlik burchini ado etdi.
Markazdan kelgan buyruqlarni yumshatishga, Markaziy hokimiyatdan yurt obodonligi,
farovonligi uchun butun choralar bilan foydalanishga harakat etardi. O‘zbekistonda 60—
80-yillarda bunyod etilgan ko‘plab sanoat korxonalari, yirik inshootlar Sh. Rashidov
nomi bilan bog‘liqdir. Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, Yozyovon, Surxon—Sherobod
cho‘llarining o‘zlashtirilishida uning xizmatlari katta. Kechagi cho‘l-u biyobonlar bog‘-
rog‘larga aylantirildi, yuz minglab yurtdoshlarimiz u yerlarda o‘zlarining rizq-ro‘zlarini
topdilar.
Sh. Rashidov rahbarligi davrida O‘zbekistonda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq,
Yangiyer va Guliston kabi yirik shaharlar, o‘nlab boshqa shahar va tumanlar barpo etildi.
Sh. Rashidovning davlat va jamoat arbobi sifatida o‘zbek xalqini dunyoga tanitishdagi
xizmatlari beqiyosdir.
Jahonda «Toshkent ruhi» sifatida 1966-yilda vujudga kelgan mashhur tushuncha
Sh. Rashidov nomi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu Toshkentda tuzilgan xalqaro harakatdir.
Sh. Rashidov Osiyo va Afrika yozuvchilari hamkorligi harakatining, Osiyo, Afrika va
Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro kinofestivalining, Hindiston va Pokiston o‘rtasida
tinchlik sulhi imzolanishining tashabbuskoridir. U o‘zbek nomini ulug‘lash uchun uning
eng yuksak fazilatlarini namoyon qilishga jonini fido etgan insondir. Shu tufayli ham bu
hurmatli inson xalqimiz yuragidan munosib joy olgan va uning mehriga sazovor bo‘lgan
edi[Q.Usmonov., M.Sodiqov 236 b.].