Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari www.pedagoglar.uz 20-to’plam iyul 2023 342 O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Sharof Rashidov
haqida quyidagi so’zlarni aytib o’tgan: «bu murakkab shaxs, bir tarafdan, milliy
manfaatlarni o‘ylashga, ikkinchi tarafdan, Markazdan kelgan, tub manfaatlarga zid
buyruqlarni hayotga tatbiq etishga majbur bo‘lganini unutmasligimiz zarur. Uning umri
sandon bilan bolg‘a o‘rtasiga qo‘yilgan edi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi» [ Islom
Karimov. 15 b.].
Sharof Rashidov davrida 1966-yilda Toshkentda zil-zila bo’lishi va undagi
vayronagarchiliklarni bartaraf etish yo’lidagi harakatlati, Toshkent metorpolteni qurilishi
ham aynan ushbu shaxs nomi bilan bog’liq holda, taqsinga sazovordir. Toshkent
metropolitenining dastlabki 9 bekati ishga tushishi 1977-yilda amalga oshiriligan.
Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov
nomi
korrupsiya
va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh
timsoliga
aylanib
qoldi.
Leonid
Brejnev
hukumati
yillari
Oʻzbekistonga
paxta
topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi.
Bunga javoban oʻzbek hukumati „qoʻshib yozish“ (
Sovet Ittifoqida
raqamlarning sunʼiy
oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili
haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Oʻsha „qoʻshib yozishlar“ 500
mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga
markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon
berardi.
Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos „oʻzbek ishi“
degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga
Telman Gdlyan
va
Nikolay
Ivanov
boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston
hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga
tushishdi. Gdlyanning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir
vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. „Oʻzbek ishi“
natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta
qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi [Shamsutdinov R. Karimov Sh. 452-453].