Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi instituti,,umumiy fizika


Ta’lim robototexnikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə12/16
tarix16.06.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#131180
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Mavzu Rabototexnika elementlari. Yasashga doir masallar (1)

Ta’lim robototexnikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. O‘quvchilarda injenerlik madaniyati haqida tayanch tasavvurlarni shakllantirishda;

  2. O‘quvchilarda tabiiy va aniq fanlarga qiziqishini rivojlantirishda.

  3. Nostandart fikrlashni rivojlantirishda, amaliy masalalarni echish ko‘nikmasini hosil qilishda.

  4. Konstruksiyalash va dasturlash jarayonida yoshlarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga olib keladi.

Davlat ta’lim standartlarining yangi avlodlariga zamonaviy o‘qish jarayonini tashkil qilishning yangi shakli ta’lim robototexnikasini o‘quv jarayonining turli sohalariga kiritishdir:

  1. Dars formasi (o‘quv loyihalarini bajarish, namoyish tajribalari tayyorlash, laboratoriya ishlari uchun qurilmalarni va maktab fizik praktikumi uchun asboblar yasash);

  2. Darsdan tashqari formasi (o‘quvchilarni loyiha – konstruktorlik ishlari, tanlov va ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashish);

  3. Qo‘shimcha ta’lim tizimida ishlash (klub va to‘garak).


Robototexnikani dars faoliyatiga qo‘llash ijobiy natijalar berishga qaramasdan, juda ko‘p predmet o‘qituvchilar tajribasi ko‘rsatmoqdaki, ta’lim robototexnikasi hozircha klub va to‘garak darajasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu Shu bilan tushuntiriladiki, robototexnika o‘quv jarayoniga qo‘llashnining uslubi yaratilmaganligi, o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanmasi va o‘qituvchilar uchun metodik tavsiyalarning yo‘qligidir.
Shu bilan birga aytish kerakki, chet el mualliflarning rabototexnikani fizikada, kimyoda va biologiyada qo‘llash bo‘yicha juda ko‘p sondagi ishlari mavjud.
Robototexnikani o‘quv predmetlarga (fizika) qo‘llash uslubini ishlab chiqishda, eng avvalo uni qo‘llash maqsadini aniqlash kerak:

    1. Robototexnikaning ilmiy – texnik progressning eng muhim yo‘nalishi ekanligini namoyish qilish;

    2. Fizikani zamonaviy texnikada qo‘llashni namoyish qilish;

    3. Ta’limning sifatini oshirish faoliyatini:

  • Predmet bo‘yicha bilimi chuqurlashtirish va kengaytirish

  • Tajribaviy ko‘nikma va malakani rivojlantirish

  • Amaliy fizika sohasida bilimlarni takomillashtirish

  • Texnik loyihalash, modellashtirish va konstruksiyalashtirish bo‘yicha ko‘nikma va malakani shakllantirish.

    1. O‘quvchilarda predmetni o‘rganish bo‘yicha motivatsiyani rivojlantirish;

    2. O‘quvchilarning kasb bo‘yicha tayyorlashga qiziqishini kuchaytirish, ularni injener-texnik kasbiga yo‘naltirish.

Perm (Rossiya) 135 – umumiy ta’lim maktabida robototexnik qurilmalardan (LEGO Mintstrak) fizikani o‘qitishga qo‘llash bo‘yicha ijobiy tajriba to‘plangan.
To‘plangan tajribalarning tahlili va uni umumlashtirish robotlarni fizikani o‘qitishda qo‘llashning quyidagi yo‘nalishlarini ko‘rsatishga imkon beradi:

  1. Robot o‘rgatish ob’ekti ekanligi datchiklar, dvigatellar va boshqa sistemalarning fizik prinsipini o‘rganish.

  2. Robotning fizik tajribada o‘lchash vositasi ekanligi.

  3. Fizik tajribani qo‘yishda robotning vosita ekanligi (robotlashgan tajriba). Dvigatellar, xabar beruvchi sistemalar, datchiklarda robototexnik qurilmalardan namoyish va laboratoriya tajribasida kompleks qo‘llash;

  4. Robotning o‘quv modellashtirish va konstruksiyalash vositasi ekanligi. Undan o‘quvchilarning loyiha tadqiqot va konstruktivlik ishida qo‘llash;

    1. Mavjud robotlarni boshqa sistemalarda qo‘llash;

    2. YAngi robot yasash;

    3. Robotni modernizatsiyalash (yangi datchiklar va uning boshqa sistemalar bilan yangi sharoitda ishlaydigan turlarini yaratish va h.z.).

Robototexnika elementlarini fizika darsda qo‘llashning quyidagi musbat (ijobiy) tomonlarini ko‘rsatish mumkin:

  1. Fizik kattaliklarni o‘lchash natijalarini qayta ishlashni dasturlash va dasturni bajarish avtomatik rejimda amalga oshiriladi;

  2. O‘lchashda odamning sezgi organlari tufayli paydo bo‘ladigan tasodifiy xatolarni bartaraf etish;

  3. Tajriba vaqtida belgilangan vaqt ichida fizik kattalik qiymatining uzluksiz monitoringini olib borish, kerak bo‘lsa uni ber necha marta takrorlash;

  4. Tajriba natijalarini ekranga son ko‘rinishda, sonli shkala, uning qiymatlarini jadval va grafik shaklda chiqaradi;

  5. Tajribada olingan grafik va uni ishlatishdagi qurollar fizik qonuniyatlarni tahlil qilishga qo‘shimcha imkoniyat beradi:

    • Grafikning istalgan nuqtasi uchun son qiymatni chiqarish;

    • Berilgan vaqt oralig‘ida o‘zgarayotgan kattalikning qiymatini chiqarish;

    • Qandaydir vaqt oralig‘ida o‘rtacha kattalikni aniqlaydi;

    • Grafikni approsimatsiya (yaqinlashtirish) qiladi;

    • Koordinata tekisligida bir necha o‘xshash tajribalarning grafiklarini chizadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan yutuqlardan tashqari robototexnika (kompleks) qurilmalardan maktab tajribasida qo‘llashda kamchiliklar ham aniqlandi. Birinchidan, robot ishlatilgan tajriba qurilmani dastlab yig‘ish va dasturlashni talab qiladi, bu esa ancha vaqtni talab qiladi. Vaqtni kamaytirish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi:

  • Qurilmani yig‘ish qadamba-qadam bajarilishi;

  • Turli xil qurilmalarda ishlash bankini yaratish, darsgacha yig‘ishni o‘rganish.

Quyidagi rasmlarda o‘quvchilar tomonidan yaratilgan loyihalar keltirilgan. Permi shahridagi №135 maktab o‘quvchilarining IV Butun Rossiya robototexnika festivalida namoyish qilingan loyihalar keltirilgan.
Robototexnik qurilmalarning o‘quv jarayonida qo‘llashning imkoniyatlari juda keng va ularni amalga oshirish uchun o‘qituvchilardan uslubiy va texnik tayyorgarlik talab qilinadi. Maktab ta’limi masalasi hozirgi zamon ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va robotlashtirishga moslashtirish uchun, ta’lim tashkilotlari, sanoat korxonalari, oliy o‘quv yurtlari, ta’limni boshqarish organlari ishini koordinatsiya qilish, o‘quvchilarning texnik tafakkurni effektiv rivojlantirish uchun ta’lim robototexnikasi quyidagilarni bajarishga imkon beradi:

  1. O‘quvchilarda muhandislik madaniyati haqida tayanch tasavvurini shakllantiradi.

  2. O‘quvchilarda tabiiy va aniq fan sohalariga qiziqishni rivojlantiradi.

  3. Nostandart fikrlashni, shuningdek amaliy masalalarni echishda ko‘nikmasini shakllantiradi.

  4. Robototexnika qoidalarini ta’limga kiritish orqali, matematika, informatika, fizika, biologiya, ekologiya, kimyo fanlarini o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantiradi, o‘qishga nisbatan motivatsiyani va muhandislik mutaxassisliklarini tanlashga undaydi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin