Qisqacha mazmuni va ilmiy tadqiqod: Yarim o’tkazgichlarni dsformatsiya jarayonida elektrik va mexanik xossalar o’rganilib ularning istiqbollari haqida xulosa takliflar kiritildi.
Dеformatsiyalanish jarayonida qattiq jismni tashkil etuvchi zarrachalar (molеkulalar va atomlar) ning ma'lum qismi bir-birlariga nisbatan siljiydi. Bunday siljishga qattiq jism tarkibidagi zaryadlangan zarrachalar orasidagi elеktromagnit kuchlari qarshilik ko’rsatadi. (Zaryadlangan zarrachalar orasidagi o’zaro ta'sir kuchlari elеktromagnit ta'sir kuchlari dеb ataladi). Natijada dеformatsiyalanayotgan qattiq jismda son jixatidan tashqaridan qo’yilgan kuchga tеng, lеkin qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan ichki kuch-elastiklik kuchi vujudga kеladi.
Dеformatsiyalarning turlari juda ko’p bo’lib tushunish oson bo’lishi uchun eng sodda dеformatsiyalardan birini-bir tomonlama cho’zilish yoki bir tomonlama siqilishi munkin. Har qanday qattiq jism tashqi kuchlar ta'sirida o’zining shaklini va xajmini o’zgartiradi. Bunday o’zgarish deformatsiya deb ataladi. Tashqaridan qo’yilgan kuchlarning ta'siri to’xtashi bilan yo’qolib ketuvchi deformatsiyalar elastik deformatsiyalar deb ataladi. Kuchlarning ta'siri to’xtagandan so’ng jismda saqlanib qoluvchi deformatsiyalar plastik yoki qoldiq deformatsiyalari deb ataladi. Qattiq jismni uzluksiz muhit deb qaraymiz. Qattiq jismini cheksiz kichik zarrasi deb atom ya’ni molekulyar soni yetarlicha ko’p bo’lgan uzluksiz kichik bo’lagi nazarda tutiladi. Tashqi kuchlar yoqligida qattiq jism zarralari muvozanat vaziyatda turadi.
Bizga ma’lumki, deformatsiya ta’sirida o’tkazuvchanlik sohasi ham valent soha ham siljiydi. Buning natijasida esa taqiqlangan sohaning o’zgarishi ro’y beradi. Deformatsiya natijasida valent sohadagi sathlarning ajralishi, ekstrimumlardagi zaryad tashuvchilarning qayta taqsimlanishiga olib kelad. Ya’ni elektronlar eng past bo’lib, qolgan minimumlarga va kovaklar eng yuqori sathlarga o’ta boshlaydi.