Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


Afrosiyob devoriy freskasidan lavha



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix12.05.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#112483
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kurs ishi.Saydamova Dilfuza

Afrosiyob devoriy freskasidan lavha. 
Filning ustiga maxsus mo’ljallangan yopchiqdagi tasvirlar kishini beixtiyor 
o’ziga jalb qiladi. Bu tasvirlarda qizg’ish, sarg’ish, jigarrang, ayniqsa hovorang 
ko’proq ishlatilgan. Filning bosh qismi birmuncha, orqa tanasi esa to’laligicha 
tasvirda saqlanib qolgan. Ayoqlari aniq ko’rinib turibdi. Filning ustida bezatilgan 
jul bo’lib unda qanotli sher tasvirini ham ko’ramiz, bunday tashqari bir qancha 
bezaklar aks ettirilgan. Umumiy bo’yoqlar majmuasi esa to’q havorang bilan qamrab 
olingan. Afrosiyob devoriy tasvirlarining ko’pgina qismi saqlanib qolmaganligi 
qadimshunoslar va san’atshunoslarni yanada izlanishga jalb qiladi. Filning ustida 
taxtiravon, taxtiravonda oqsuyak ayol o’tirganligi tasvirlangan bo’lishi kerak, degan 
taxminlar hambor.Tasvirda saqlanib qolgan, filning ustidagi taxtiravonni bitta 
ustunchasi aniq ko’rinib turibdi. Ana shu ustunchani ayol kishining barmoqlari 


19 
ushlab turganligi ham saqlanib qolgan. Orqadagi tasvirlar ham filning ustidagi 
taxtiravonda ayol kishining borligini tasdiqlaydi. Orqada otga minib kelayot uch 
nafar ayolning suratlari aks ettirilgan. Birinchisining to’liq ko’rinishi deyarli yaxshi 
saqlanib qolgan. 
Rasimdagi obrazining eng harakterli tomoni sharq xaqlariga xos nafis va 
latofatlgi go’zallikka ega bo’lgan ayol qiyofasining gavdalantirilishidadir. Ayolning 
butun qomatida, liboslaridagi rang va shakillarning harakterlari hatto soch 
turmaklarida ham sharqona xususiyatlar yaqqol ko’rinib toribdi. Umuman, bu 
devoriy tasvirlarda bo’yoqlarning ishlatilishi uslublaridan keng ko’lamli va o’ziga 
xos foydalanilgan. 
Otlardagi uch nafar ayolning tasvirlari bir -biriga o’xshab ketsada ular mingan 
otlar rang jihatidan bir-birdan farq qilib turganligi aniq ko’rinadi. Birinchisi, to’q 
ko’k otda, ikinchisi sariq, ot mingan uchinchi ayol esa qizil ot mingan bo’lib, 
uchinchi ayolning tasviri deyarli saqlanmagan. Ulardan keyingi soqchilar, tuya 
mingan arkaklar aks ettirikgan. “ Qorachadan qelgan birinchi erkak katta yoshda 
bo’lib, soqoli va mo’yloviga oq tushganligi yaqqol sezilib turibdi. Uning o’siq quyuq 
qoshlari ham oq. Qoramtir yuzida qovoqlari botiq, ko’k ko’zlari yorqin ko’rinadi. 
Sochlari oq bog’ich bilan bog’langan. Chap qo’log’ida zirak bor. U o’ng qo’lining 
ikki barmog’i bilan kal’ani ko’rsatayapti. Chap qo’lida uchiga hayvon boshi 
ishlangan chuqmor. Ustiga qizil chakmon kiygan yelkasiga tashlangan sariq rangsiz 
kiyim shamolda hilpiraydi.”
Ikkinchi arkak yosh, rangpar yuzli, qora soqqoli va ingnichka mo’ylovlidir. Qora 
sochlari qizil bog’ich bilan tortilgan. Birinchi erkak kishi singari uning yuz tuzilishi 
ham ovro’poliklarnikigina o’xshaydi. Katta qirg’iy burunli og’zi kichik bu kishining
o’ng ko’ziga sariq (oltin) chuqmor bor. Ikkala erkak ham o’zun qilich bilan 
qurollangan. Qilich kamarining chap tomonida osilib turibdi. Ularning belbog’lariga 
kalta hanjar ilingan. Dastalarida yovvoyi qushlar boshining tasviri solingan.


20 
Tuyalar jigarrang, birinchisining ustida fillarning surati solingan kunguralar bilan 
bezatilgan doirasimon jul bor. Aynan bu tasvirlar topilgan paytida arxeologlar
o’rganib, yuqoridagidek ta’riflar berishgan. Umuman Afrosiyob devoriy 
rasmlarining bir necha nusxalari, O’zbekiston tasviriy san’at muzeyi, adabiyot va 
tarix muzeylarida ham mavjud. Bu suratlarni kuzatar ekanmiz, rassom devoriy 
rasmda keng manzarani qamrab olishga intilganini ilg’aymiz. Teparoqda joylashgan 
manzaradagi oq qushlar tasviri esa devoriy suratga yanada badiiy mazmun kiritgan. 
Tasvirda oq qushlarning harakati bir- biriga uyg’unlashib ketganki bu manzarada 
o’ziga xos musiqiy ohang jaranglab turgandek. Kompozisiyaning rangga boy qilib 
tasvirlanganligidan Afrosiyob tasviriy san’ati nihoyat darajada badiiy yutuqlarga 
ega ekanligini ko’ramiz. Deroriy suratlarning juda ko’p qismi turli sabablarga ko’ra 
o’chib ketgan. Lekin, shunga qaramasdan, bu suratlar mazmunini tushunib olish 
mumkin.Masalan, beligacha saqlanib qolgan erkak kishining tasviridagi salobatlilik 
alohida ahamiyat kasb etgan. Musavvir obrazga urg’u berish bilan birga uning 
martabali kishi ekanligini ko’rsatmoqchi bo’lgan ko’rinadi. G’arbiy devorga 
ishlangan suratlar, ayniqsa, uch kishini qimmatbaho kiyimlarda aks ettirilishi oddiy 
tomoshabinni hayratga solibgina qolmasdan, har qanday san’at ustasini ham o’ziga 
jalb qila olishi tabiiydir. Mato va liboslardagi bu tasvirlarda humo qushi, qanotli ot, 
echki, tovus kabi turli qush va hayvonlar anatomik tuzilishiga mos aks ettirilgan. Bu 
esa musavvir mahoratidan darak beradi.
Ko’plab obrazlar, boy va sermazmun xarakterga ega bo’lgan. Afrosiyob devoriy 
rasmlari nafaqat tasviriy san’atimiz merosini, balki butun sharq xalqlari tarixini 
o’rganishda ham juda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin